Qadimgi Baqtriya davlatining vujudga kelishi va u haqidagi tarixiy ma’lumotlar
Download 199.69 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqqadimgi-baqtriya-davlatining-vujudga-kelishi-va-u-haqidagi-tarixiy-ma-lumotlar
Qadimgi Baqtriya davlatining vujudga kelishi va u haqidagi tarixiy ma’lumotlar Sabriddin Bahodir o’g’li Ahmadov Chirchiq davlat pedagogika instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlardan biri Qadimgi Baqtriya davlati haqida so’z boradi. Bu davlatning vujudga kelishi, rivojlanishi va qadimgi aholisining mashg’ulotlari, shuningdek, qadimgi shaharlari haqidagi qisqacha fikr-mulohazalar yuritiladi. Qadimgi tarixchilarning bu haqidagi yozma ma’lumotlari keltirilib o’tiladi. Kalit so’zlar: Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm, davlatchilik, arxeologiya, manba, lazurit, ahamoniylar. Establishment and historical information about the formation of the ancient Baktarian state Sabriddin Bahodir oglu Ahmadov Chirchik State Pedagogical Institute Abstract: This article is about the ancient state of Bactria, one of the oldest states in the territory of Uzbekistan. It gives a brief overview of the formation, developmentand occupationof the ancient inhabitants of the state, as well as its ancient cities. Ancient historians give written information about this Keywords: Ancient Bactria, Ancient Khorezm, statehood, archeology, source, lazurite, Achaemenids. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekistonning haqqoniy va xolisona tarixini yaratish masalasi ko’ndalang turardi. Chunki Sobiq Ittifoq davrida yurtimiz tarixi biryoqlama yaratilgani, tarixiy haqiqatlardan yiroqliligi tarixga nisbatan munosabatni o’zgartirishni taqazo etdi. Brinchi Prezidentimiz Islom Karimov o’zbek xalqining tarixiy o’tmishini, uning davlatchiligi tarixini o’rganishda yagona ilmiy konsepsiyaning yo’qligi xususida gapirib, tarixchi olimlarni bu sohaga diqqat-e’tiborini yanada kuchaytirishga chaqirdi. Asarda ta’kidlanishicha, “o’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur”. Tarixni yoritishda biryoqlamalikka , sub’ektiv fikrlarga yo’l qo’ymaslik zarur, “faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’l ko’rsatadi”[1]. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 135 Vatanimiz hududida ilk davlatlar paydo bo’lganidan to hozirga kungacha ko’plab buyuk davlatlar vujudga keldi va inqirozga yuz tutdi. O’zbekiston hududida qadimdan Xorazm, Choch, Farg’ona Sug’d va shu kabi bir nechta qadimiy viloyatlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti bevosita O’zbekiston davlatchiligi tarixi bilan bog’liqdir. Ushbu tarixiy jarayon yuzasidan ko’plab tarixchi olimlar tadqiqot ishlarini olib borgan va olib bormoqda. O’zbekiston tarixida bu jarayon juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning hududda qadimdan aholi yashaganligi va o’zining davlatlarini barpo etganligi haqida ko’plab tarixiy ma’lumotlar mavjud. Yurtimiz hududidagi eng qadimgi davlatlar Qadimgi Baqtriya va Qadimgi Xorazm davlatlaridir. “Turli qadimgi tillar yozma manbalaridagi Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika (hind manbalarida) yirik o’lka va davlatning nomidir. Olimlarning fikriga ko’ra, Baqtriya−bu Baxdi, Baqtra daryosi (hozirgi Balxob) nomi bilan bog’liq bo’lgan tushunchadir”[2]. Milloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida shakllana boshlagan bu davlat O’zbekiston hududidagi ilk davlatlardan biri hisoblanadi. “Ahamoniylar imperiyasi o’rnatilishiga qadar Baqtriya podshohligi bo’lgan yoki bo’lmaganligi xususidagi munozaralar tarix fanining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi”[3]. Tarixiy manbalar Qadimgi Baqtriya davlati mavjud bo’lganligini to’liq isbotlab turibdi. Jumladan, V.M.Masson Ahamoniylargacha bo’lgan O’rta Osiyoning siyosiy xaritasini quyidagicha tasavvur qiladi. “Baqtriyada yirik siyosiy birlashma (davlat) bo’lgan, uning madaniy va siyosiy doirasi Marg’iyona, mumkinki, Ariylar va So’g’diylargacha yoyilgan”[4]. Ktesiy Ossuriya podshosi Nin Baqtriya shahrini qamal qilgani va Kir II ning Baqtriyaga qilgan yurushi haqida ma’lumotlar yozib qoldirgan. Ktesiy ma’lumotlari asosida tarixiy haqiqat borligiga hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas. Chunki Baqtriya bilan Ossuriya o’rtasida tarixiy aloqalar ancha rivojlanganligini o’sha davr tarixchilarining asarlarida ko’rishimiz mumkin. Baqtriyada o’z davrida Ossuriyaga ikki o’rkachli tuyalarda lazuritlar (qora tosh) olib borganligi haqida ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin. Sargon II davrida (miloddan avvalgi VIII) oid manbalarda bu haqda aniq xabarlar beriladi. Bu xabarlarda Ossuriya ayg’oqchilari Baqtriyaning ichki tumanlariga kirib borganliklari va o’z podsholariga Baqtriya lazuriti haqida ma’lumotlar berganligi hikoya qilinadi. Jumladan, Ossuriya ayg’oqchisining xabarida quydagicha ma’lumotlar berilgan: “Podshohim, mening lazurit qidirib tog’li joylarga borganimni janobi oliyim bilmaydilar. Men lazurit olib ketayotganimdan xabar topgan mahalliy xalq menga qarshi g’alayon ko’tardi. Agar hazrati oliylari lozim topsalar, bu tomonlarga qo’shin yuborsin va lazuritni olib ketsin. Faqat men mahalliy xalqqa yaqinlashmayman va ular bilan birga suv ham ichmayman, bir dasturxon atrofida o’lturmayman ham”[5]. Ushbu ma’lumotlar ham yuqoridagi keltirilgan mulohazalarimizning isboti bola oladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 136 Yunon tarixchisi Gerodod o’zining “Tarix” asarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga olganligini uchratishimiz mumkin. Jumladan, u Kirning Midiya podshosi Krez ustidan qozongan g’alabasi haqida hikoya qilib, Kir yo’lida Vavilon, Baqtriya xalqi, saklar va misrliklar turardi deb yozgan. Milloddan avvalgi V asrda Esxilning sahnada qo’yilgan “Forslar” tragediyasida baqtriyalik jangchilarning nomi keltirilgan bo’lsa, Strabon Baqtriyani “oriylar o’lkasining javohiri” deb ta’riflagan. Bu kabi yozma ma’lumotlarning bizgacha yetib kelganligi va bu voqealar bir necha ming yil ilgari sodir bo’lganligini hisobga olsak, Qadimgi Baqtriya va uning qadimgi aholisi boshqa davlat tarixchilarining diqqat markazida turganligini bilishimiz mumkin. Baqtriyaning hududi hozirgi Afg’onistonning shimoli-sharqi, O’zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g’arbida joylashgan yerlarni o’z ichiga olgan bo’lib, O’rta Osiyoda vujudga kelgan davlatlar orasida eng yirigi bo’lgan. Bu davlat o’z-o’zidan vujudga kelib qolmagan albatta. Miloddan avvalgi IX- VIII asrlarga kelib, Baqtriya tuproqlarida harbiy ahamiyatga ega siyosiy birlashma tashkil topgan. Bu O’rta Osiyo aholisiningbir qismi ko’chmanchi ko’chmanchi chorvachilik bilan mashg’ul bo’lgan vaqtga to’g’ri keladi. “Milloddan avvalgi 700- 540-yillarda Qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri bo’lib, uning hududiy chegaralari Hindukush tizmasi, Badaxshon va Hisor tizmasiga borib taqalgan”[6]. Qadimgi Baqtriya davlati rivojlanishidan avvalgi davrda O’rta Osiyo aholisining bir qismi ko’chmanchi hayot tarzida yashagan bo’lsa, milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Baqtriya jamiyatida hududiy bo’linish shakllanib, aholining o’troqlashuv jarayoni yanada kuchaydi. Aynan shu omil ham yuqorida keltirilib o’tilgan rivojlanish jarayonini tezlashtirib bergan desak xato bo’lmaydi. Qadimgi Baqtriyada dastlabki shahalar bronza davrida vujudga kelgan. Ahamoniylar davridan avval Balo Hizor, Oltindilyor, Qiziltepa va Boytudasht tarixiy shaharlar mavjud bo’lgan. Yodgorliklarda arxeologik tadqiqotlar o’tkazilgan. Unda shaharlar mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, hunarmandchilik ancha rivoj topganligini bilishimiz mumkin. Tarixiy ma’lumotlarga tayanadigan bo’lsak, Qadimgi Baqtriyadagi hunarmandlarning ustaxonalari va xo’jalik binolari uzra bo’y cho’zib turgan salobatli minoralari bu yerga tashrif buyurgan sayyohlarning e’tiborini tortgan. Shuningdek Baqtriya o’sha davrdagi boshqa yirik davlatlar: Ossuriya ,Yangi Bobil, Midiya va Hindiston bilan aloqada bo’lgan. Qadimgi Baqtriyaning Poytaxti dastlab Zariasp keyinchalik Baqtr deb atalgan. Bu haqida yunon tarixchilari shunday yozgan:−“Zariaspa shahri keyinchalik daryo nomi bilan Baqtr deb atalgan”.[7]. Davlatni qaysi sulolalar boshqarganligi haqida aniq ma’lumotlar uchramaydi. Ahamoniylar bosqinidan so’ng Baqtriya egallanadi. Doro I davrida esa Baqtriya qat’iy ravishda ahamoniylar qo’l ostidagi mulk sifatida sanab o’tiladi. Doro I tomonidan Behistun qoyalari yozdirilgandan so’ng Qadimgi Baqtriya va uning aholisi haqida yanada kengroq ma’lumotlar uchraydi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 June 2022 / Volume 3 Issue 6 www.openscience.uz 137 Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoni Ahamoniylar davlati bosib olgunga qadar bu hududda ikkta davlat mavjud bo’lgan. Qadimgi Baqtriya davlati Qadimgi Xorazm davlati kabi O’rta Osiyo hududida hukumronlik qilgan. Bu davlatlarning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy aloqalari to’g’risidagi ma’lumotlar “Avesto” asari va yunon Muarrixlari qisqacharoq bo’lsada qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganini biz yuqorida keltirib o’tdik. Bu ma’lumotlarga tayangan holda bizning tariximizda davlatchilik masalasi bir necha ming yil ilgari boshlanganligi va o’zining yuksak madaniyatlari bilan ajralib turganligini ko’rishimiz mumkin. Download 199.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling