Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


 Hatto, pivoni ham misrliklar yaratgan ekan. 18


Download 82.4 Kb.
bet4/10
Sana28.03.2023
Hajmi82.4 Kb.
#1301691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi

17. Hatto, pivoni ham misrliklar yaratgan ekan.
18. Beton, poshnali tufli, taroq, sovun va tish pastasi ham Qadimiy Misrda o’ylab topilgan.
Misr (rasmiy nomlanishi: Misr Arab Respublikasi (arabcha: جمهورية مصر العربية‎‎)) Afrikaning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan davlatdir. Maydoni 1 million 14 ming km². Aholisi 102 million kishi. Poytaxti — Qohira shahri. Maʼmuriy jihatdan 27 viloyatgaga boʻlinadi. Isroil, Falastin, Sudan va Liviya davlatlari bilan chegaradosh. Misr shimolda Oʻrta yer dengizi, sharqida Qizil dengiz joylashgan.Misr davlati ham islom davlatlaridan biri va aholisining asosiy qismi musulmon. Misr davlati- pul birligi Misr funti. Davlat tili- arab tili. Prezidenti- Abdulfattoh as-Sisiy. Misrda yetti moʻjizadan biri yaʼni Misr piramidalari joylashgan.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]


Misr — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1971-yil 11-sentabrdagi referendumda maʼqullangan, keyinchalik unga oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1981-yildan Muhammad Husniy Muborak). Vakolat muddati — 6 yil. Cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u bosh vazir va hukumat aʼzolarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi.
Misr hududining deyarli xammasi choʻl zonasida joylashgan. Shundan faqat 3,5 % (35 ming km²) Nil daryosi deltasi va vodiysiga toʻgʻri keladi. Relyefi va geologik tuzilishi jihatidan Misr hududi shartli ravishda toʻrt zonaga boʻlinadi: 1) Liviya choʻli; 2) Arabiston choʻli; 3) Sinay yarim orol; 4) Nil daryosi vodiysi va deltasi. Relyefi, asosan, tekislik; Qizil dengizga yaqin yerlar togʻlikdir. Liviya choʻli platosining balandligi shimolda 100 m, janubda 600 m, janubi-gʻarbda 1000 m gacha boʻlib, yer yuzasi qum va toshloq. Arabiston choʻli yassitogʻligi sharqda 700 m gacha koʻtarilgan, bu yerda balandligi 2000 m gacha boʻlgan tizmalar bor. Nil vodiysiga yaqin joylarning bal. esa 100- 200 m. Yassitogʻlik kristalli jinslardan tuzilgan. Nil vodiysining kengligi (Misr chegarasida) janubda 1-3 km, deltaga yaqin joyda 20-25 km. Sinay yarim orolning U, qismini At-Tix qirlari egallagan.9 Yarim orolning janubda balandligi 2641 m gacha boʻlgan togʻlar bor. Foydali qazilmalardan: temir, marganets, mis, rux, qoʻrgʻoshin, volfram, molibden, uran va oltin, shuningdek, neft, tabiiy gaz, fosforit, osh tuzi, ohaktosh bor. Sinay yarim orolda kumir konlari mavjud.
Mamlakatning katta qismida havo quruq va kam bulutli, tropik kontinental choʻl iqlimi, yogʻin ahyon-ahyondagina yogʻadi. Haroratning sutkalik farqi katta. Masalan, choʻlda kunduzi temperatura 50° boʻlsa, kechasi 0°. Oʻrta dengiz boʻyida subtropik, yozi issiq va quruq, qishi yumshoq va seryogʻin. Eng issiq oylari (iyul—avgust)ning oʻrtacha harorati Iskandariyada 25°, Qohirada 27°, Asvonda 33°. Eng salqin oylari (yanvar— fevral)ning temperaturasi Iskandariyada 14°, Qohirada 12°, Asvonda 16°. Aprel va may oylarida 50 kungacha choʻl shamoli (xasmin) esib turadi. Oʻrtacha yillik yogʻin Iskandariyada 180 mm, Qohirada 34 mm, Asyutda 7 mm, Asvonda 3 mm. Yogʻin aksari qisqa muddatli jala boʻlib yogʻadi.
Mamlakatdan birgina Nil daryosi oʻtadi. Uning suvi toʻgʻonlar bilan tartibga solingan. Baland Asvon toʻgʻoni qurilgach, mamlakat janubda Nosir nomidagi katta suv ombori vujudga keldi. Vohalarda sizot suvlardan keng foydalaniladi. Mayda koʻl koʻp. Nil deltasida kanallardan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim kanallarda kema qatnaydi.
Janubdan shimolga tomon dastlab sariqqoʻngʻir choʻl tuprogʻi, soʻngra boʻz tuproq (arablar bodiya — „choʻl“ tuprogʻi deyishadi), taqir boʻz tuproq, shoʻrxoklar, Nilning delta qismi — botqoq tuproq. Mamlakatning gʻarbiy qismida koʻchma qumlar bor. Nil vodiysi va deltasining tuprogʻi juda unumdor.
Misr hududining katta qismi suvsiz va oʻsimliksiz choʻllardir. Kserofit va lishayniklar, qisman daraxtsimon usimliklar, Liviya choʻlining shimolda qishda efemerlar oʻsadi. Koʻproq butasimon va oʻt oʻsimliklar tarqalgan. Nil vodiysida, asosan, madaniy oʻsimliklar ekiladi. Oʻrta dengiz sohillarida chalov, choʻl piyozi, naʼmatak, yantoq va boshqa bor.
Hayvonlardan sudraluvchilar, jumladan, kaltakesak koʻp. Choʻllarda chiya-boʻri, tulki, sirtlon va boshqa hayvonlar uchraydi. Nil boʻyida gʻoz, oqqur, oʻrdak, shuningdek, yirtqich qushlar bor.
Aholisining 98 % misrlik arablar. Nubiylar, barbarlar, kopt (qibt)lar (mahalliy xristianlar) Misrning tub aholisi boʻlib, mamlakatga kelgan arablar bilan aralashib ketgan qadimgi misrliklarning avlodlaridir. Greklar, armanlar, italyanlar, inglizlar, fransuzlar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili, deyarli butun aholi shu tilda gaplashadi. Aholi, asosan, islom dinining sunniylik yoʻnalishida; xristianlar 10 % ni tashkil etadi. Aholining 43,9 % shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari: Qohira, Iskandariya, Port-Said, Ismoiliya, Tanta, Suvaysh, Al-Mansura, Damanxur, Al-Mahallat-ul-Kubro.
Misr — insoniyat tamadduni (sivilizatsiyasi)ning ilk makonlaridan biri (qarang Misr, Qadimgi Misr). 3—4-asrlarda Misr Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Rim imperiyasi yemirilgach (395), Vizantiyaning bir viloyati boʻlib qoldi. VII-asr boshlarida butun Misr aholisi Vizantiyaning rasmiy pravoslav cherkoviga qarshi boʻlgan xristianlarning monofisit mazhabini qabul qildi. Aholi kopt (qibt) tilida soʻzlashar edi. Shu davrda Misrni sosoniylar, 639—642 yillarda esa arablar bosib oldi va mamlakatda islom dini tarqala boshladi. Keyinchalik tuluniylar (868—905), abbosiylar (905—935), ixshidiylar (935—969) sulolalari hukmronlik qildi. Fotimiylar davri (969—1171)da Falastin, Shom (Suriya) va Gʻarbiy Arabiston Misrga qaram boʻlgan. 1113-yil salib yurishi qatnashchilari Misrga bostirib kirdi. Shimoliy Suriya va Iroqdagi saljuqiylar noibi Nuriddin Mahmud ibn Zangi (1146—74) salibchilarga qarshi kurashda Fotimiy xalifa Adid (1160—71) ga katta yordam berdi. Buning evaziga xalifa uni vazir qilib tayinladi (1169). 1171-yil ayyubiylar sulolasi (1171—1250)ning asoschisi Salohiddin taxtga chiqdi. 1174-yil esa u sulton nomini oldi. 1187-yilda Suriya va Misr harbiy kuchlari birlashib, salibchilarga qaqshatqich zarba berdi va Falastin bilan Suriyani ulardan ozod qildi. Misrda XIII-asr yarmigacha Ayyubiylar, XIV—XV-asrlarda mamluklar hukmronlik qildi.
1517-yilda turk sultoni Salim I Misrni egallab, uni Usmonli turk davlati tarkibiga qoʻshib oldi. XVIII-asr 2-yarmidan Usmonli turk saltanati tanazzulga uchray boshladi. Bundan foydalangan mamluk beklaridan Alibey mustaqil davlat tuzishga erishdi (1769), Alibeyning vafotidan soʻng taxt uchun kurash kuchaydi. XVIII-asr oxiri — XIX-asr boshlarida Fransiya va Angliya Misrni bosib olishga harakat qildilar. 1798-yilda Misrni Napoleon armiyasi egalladi. 1801-yilda ingliz floti fransuz floti ustidan gʻalabaga erishdi. 1805-yilda hokimnyat Muhammad Ali posho qoʻliga oʻtdi. Muhammad Ali Misrni kuchli, mustaqil davlatga aylantirish maqsadida mamluk beylariga qarshi kurash olib bordi. Mamlakat iqtisodiyotining asosi boʻlgan qishloq xoʻjaligini rivojlantirdi. Bu davrda birinchi movut, toʻqimachilik fabikalari, metallurgiya, qand, oyna zavodlari qurildi. Yevropa usulidagi maktablar ochildi, yoshlar gʻarb davlatlariga oʻqishga yuborildi. Fransuz harbiy maslahatchilari yordamida armiya qayta tuzildi. Mahalliy aholi armiyaga olina boshladi (ilgari faqat yollanma askarlar boʻlar edi). Muhammad Ali Suriya, Falastin va Arabiston yarim orolning bir kismini bosib oldi (1831—33). Turkiyaga qaramlikdan qutulish uchun 1831-yilda unga qarshi urush ochib, turk armiyasini magʻlubiyatga uchratdi. Lekin Angliyaning ikkinchi Turkiya-Misr urushi (1839—40)ga aralashuvi natijasida Misr armiyasi yengildi. Bundan tashqari, Angliya 1838-yilgi ingliz-turk savdo bitimidagi shartlarni Misrga maj-buran qabul qildirdi. Bu esa mamlakatga ingliz mollari koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochib berdi. Suvaysh kanali ishga tushirilishi (1869) bilan Angliya va Fransiya Misrda zoʻr berib oʻz hukmronligini oʻrnatishga urindi. 1882-yil inglizlar armiyasi Misrni egallab oldi va xalq qoʻzgʻolonini sha-fqatsiz bostirdi. Mamlakatda mustamlaka tartibi oʻrnatildi. Inglizlar bank va moliya ishlarini, irrigatsiya qurilishlari, aloqa yoʻllarini oʻz qoʻllariga oldi. Misr faqat paxta yetishtiradigan davlatga aylanib qoldi. 20-asr boshlarida Mustafo Komil (1874— 1908) rahbarligida milliy ozodlik harakati avj oldi. Ammo mustamlakachilar xalq harakatini bostirdilar. 1914-yilda Misrda Britaniya protektorati oʻrnatildi.
1918-yilda Zagʻlul Saʼd boshchiligida „Misr delegatsiyasi“ (keyinchalik „Vafd“) partiyasi tuzildi. Bu partiya 1919—1924-yillarda inglizlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonga boshchilik qildi. Xalqning kurashi natijasida ingliz protektorati bekor qilinib, Misr mustaqil podshoxlik deb eʼlon qilindi (1922). 1923-yil Misr konstitutsiyasi kabul etildi. Bu konstitutsiya parlament tuzishni nazarda tutdi. U ayrim erkinliklar — siyosiy tashkilotlar tuzish va matbuot erkinligini berdi, shu bilan birga, podshohga deputatlar palatasini tarqatish, parlament chaqiriklari muddatini surish, vazirlarni tayinlash va boʻshatish huquqini ham berdi. Shunday boʻlsada, Angliya Misrda oʻz mavqeini, yaʼni davlat idoralari hamda harbiy kuchlar ustidan nazoratini, mamlakatda ingliz armiyasini saqlab qoldi. Parlament saylovida „Vafd“ partiyasi gʻalabaga erishdi va Zagʻlul Saʼd boshchiligida yangi xukumat tuzildi. Biroq mamlakatda milliy ozodlik kurashi toʻxtamadi.
1936-yil Angliya bilan Misr oʻrtasida shartnoma tuzildi. Shartnomaga muvofiq, inglizlar Misrni bosib olishni toʻxtatdilar, lekin mamlakatda harbiy bazalar va armiya sakdash huquqini oldilar. Ikkinchi jahon urushi davrida Misr Italiya-Germaniya va Angliya armiyalari oʻrtasidagi jang maydoniga aylandi. Urushdan keyin Misrda milliy ozodlik harakati yanada kuchaydi. Arab-Isroil urushi davri (1948—49)da mamlakatda reaksiya avj oldi, soʻl vafdchilarni, talabalar harakati rahbarlarini qamash boshlandi. Bunga qarshi xalq harakati yanada avj oldi. Parlament 1936-yil gi Angliya-Misr shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Shundan keyin Angliya Misrga qarshi agressiya uyushtirdi. Misr xalqi mustamlakachilarga qarshi partizan urushini boshladi. 1952-yil 23-iyulda Jamol Abdul Nosir boshchiligidagi „Zubbot alahror“ („Ozod zobitlar“) uyushmasi armiyaga tayanib, davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Davlat hokimiyati Inqilobga rahbarlik kengashi ixtiyoriga oʻtdi. General Misr Najib kengash raisi va hukumat raxbari etib tay-inlandi; amalda kengashga Nosir rahbarlik qildi. Yangi hukumat agrar islohot oʻtkazib, fallohlarni yer bilan taʼminladi, mamlakatni industrlashtirish, iqtisodiy mustaqillikka erishish siyosatini olib bordi. 1953-yil 23-iyunda Misr respublika deb eʼlon qilindi. 1953-yil oʻrtalarida yangi tuzum rahbarlari orasida ikki oqim — Najib boshchiligidagi eski demokratiya va J. A. Nosir rahbarligidagi inqilobiy demokratiya tarafdorlari paydo boʻldi. Zidsiyat keskinlashib, natijada Najib hukumatdan chetlatildi, Jamol Abdul Nosir bosh vazir boʻlib qoldi (1954). Angliya — Misr shartnomasi (1954)gamuvofiq, 1956-yil 18-iyunda oxirgi ingliz askari Misrdan chiqib ketdi. Misrning siyosiy suvereniteti tiklandi.
1956-yil 23-iyunda Misr Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi va Jamol Abdul Nosir prezident etib saylandi. Prezident Suvaysh kanali kompaniyasi davlat ixtiyoriga olinganligini eʼlon qildi. Shunday qilib, iqtisodiy taraqqiyot dasturini mablagʻ bilan taʼminlashning muxim manbai qoʻlga kiritildi. Shundan keyin Misrga qarshi Angliya—Fransiya —Isroil tajovuzi boshlandi. Xalq bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻaldi. Tinchliksevar xalqlarning talabi bilan ingliz, fransuz (1956-yil dekabr) hamda Isroil (1957-yil mart) armiyasi Misrdan chiqib ketishga majbur boʻldi.
1958-yil 1-fevralda Misr va Suriya hukumatlarining oʻzaro kelishuvi natijasida yangi unitar (birlashgan) davlat — Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) tuzildi. Suriyada 1961-yil 28-sentabrda davlat toʻntarishi oʻtkazilib, Suriya BAR tarkibidan chikdi. Misr BAR nomini saqlab qoldi. 1971-yil sentabrdan BAR Misr Arab Respublikasi deb nomlandi.10
1963-yilda J.A.Nosir rahbarligida Arab Sotsialistik Ittifoqi (ASI) tuzildi. ASI 1952-yil iyul inqilobining maqsad va tamoyillarini ximoya qilish, qolokdikni tugatishni oʻzining asosiy burchi deb bildi. 1964-yil 23-martda yangi muvaqqat konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq, hamma korxonalar xalqniki deb hisoblandi. Shu bilan birga, xususiy va kooperativ mulk xdm saqlanib qoldi. J. A. Nosir prezidentligi davrida muhim ijtimoiyiqtisodiy islohotlar oʻtkazildi. Banklar, koʻpgina yirik va oʻrta savdo hamda sanoat kompaniyalari davlat ixtiyoriga olinishi, keng miqyosda yangi korxonalar qurilishi tufayli iqtisodiyotda qudratli davlat sektori barpo etildi.
1967-yil bahoridaYaqin Sharqdagi mojaro keskinlashdi. 5—10-iyun kunlari Isroil qoʻshinlari Sinay yarim orolni bosib olib, Suvaysh kanalining sharqiy sohiliga yetib keldi. Xalqaro jamoatchilik va avvalo BMT Xavfsizlik Kengashining talabi bilan urush harakatlari toʻxtatildi. Ammo urush natijasida Misrning iqtisodiyotiga katta talafot yetdi. Urush tufayli Suvaysh kanali zonasidagi iqtisodiy hayot izdan chiqdi. Kanaldagi kema qatnovi 1975-yilgacha toʻxtab qoldi.
1968-yil 30-martda J.A.Nosir Isroil tajovuzi oqibatlarini tugatish uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etish dasturini bayon qildi. 2-may umumxalq referendumi bu dasturni maʼqulladi.
1970-yil 28-sentabrda J.A.Nosir vafot etdi. Oʻsha yil 15-oktabrda A. Sadat prezident etib saylandi. Uning davrida bozor munosabatlarini rivojlantirish, iqtisodiyotning xususiy sektorini kuchaytirish va faollashtirish, mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va avvalo isteʼmol mollari hamda xizmatlar hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻlini amalga oshirishga kirishildi. Biroq 1967-yil „olti kunlik“ urushda Isroil tomonidan bosib olingan Misr yerlarini (Sinay yarim orolni) qaytarib olish muammosi hal boʻlmay qolayotgan edi. 1973-yil oktabrda Misr armiyasi Suvaysh kanalidan oʻtib, uning sharqiy sohiliga tushdi. Urush natijasida muammoni hal etishning iloji boʻlmagach, oʻt ochish toʻxtatildi va 1974-yilda qoʻshinlarni bir-biridan yiroklashtirish haqida bitim imzolandi. 1979-yilda Kemp-Devid (AQSH)da tuzilgan sulx. shartnomasi asosida Isroil uzi bosib olgan yerlarni Misrga qaytarib berdi. Bu sulhga boshqa arab davlatlari qarshi chikdi va Misrni Arab davlatlari uyushmasidan chiqardi. 1981-yil 6-oktabrda A. Sadat diniy tashkilot aʼzolari tomonidan oʻldirildi va oʻsha yil 13-oktabrda Husniy Muborak prezident etib saylandi. Yangi rahbariyat ichki siyosiy vaziyatni, xalq noroziligini yumshatish tadbirlarini koʻrdi, ijtimoiy turmushni birmuncha erkinlashtirdi, iqtisodiyotni sogʻlomlashtirish yoʻlida katta qadamlar qoʻydi. Misr tarmoqlarini jadal rivojlantirish orq-ali iqtisodiyotdagi nomutanosiblikni bartaraf etish yoʻli tutiddi. Mamlakatni zamonaviy bozor munosabatlarini shakllantirish yoʻlidan rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi. Xalqaro maydonda ogʻir-vazmin va epchil siyosat oʻtkazila boshladi. Jumladan, Qoʻshilmaslik harakati, Arab davlatlari uyushmasi, Islom konferen-siyasi tashkiloti bilan hamkorlik faollashtirildi. Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayonini davom ettirish, arab-isroil mojarosini bartaraf qilish Misr tashqi siyosatining asosiy masalasi qilib qoʻyildi. 1989-yilda Misrning Arab davlatlari uyushmasiga aʼzoligi tiklandi. Misr — 1945-yildan BMTaʼzosi. OʻzRsuverenitetini 1991-yil 26-dekabrda tan olgan va 1992-yil 23-yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23-iyul — Inqilob kuni (1952).

Download 82.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling