Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari
adimgi podsholik davrida Misr madaniyati
Download 82.4 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyoshga topinish
- Podshoni ilohiylashtirish
- Qadimgi Misr me’morchiligi
adimgi podsholik davrida Misr madaniyati. Qadimgi podsholik davrida Misr madaniyati juda katta yo‘lni bosib o‘tdi. Misrliklar qudratli ilohiy fir’avnlar va betakror buyuk donishmandlar: Imxoteb, Kagemni va Ptaxxoteblar davri Misr madaniyatining oltin asri nomini olgan. Misrliklar o‘z yurtlarini xudolar tomonidan yaratilgan deb hisoblaganlar. Manefon xronologiyasiga ko‘ra dastlab Misrda xudolar, so‘ng yarim xudolar hukmronlik qilishgan. «Memfis - xudolar traktida “Ptax”ketishidan avval hamma narsani yaratdi, u xudolarni, shaharlarni, nomlarni, ibodatxonalarni yaratdi. E’tiqodga o‘rgatdi, qurbonlik tayinladi» deyilgan.8
Quyoshga topinish Misrliklar juda qadimdan quyoshga sig‘inganlar. Quyoshga topingan eng qadimgi shaharning markazi Iunu bo‘lib, greklar uni “Quyosh shahri” - Geliopol deb ataganlar. Bu shahar qadimgi Misrning butun tarixi davomida diniy markaz sifatida saqlanib kelgan. Qadimgi podsholik davrida Misr davlatining markazlashishi bilan birga Quyoshga topinish ham markazlashgan tus oladi. Quyosh xudosi Ra oliy xudo deb e’lon qilinadi va uning nomi markaziga nuqta qo‘yilgan doirasimon shaklidagi ieroglif shaklida yoziladi. Ra xudosining nomi IV sulola fir’avnlari Xafra va Menkaura nomlarining tarkibiy qismiga kiradi. V sulola fir’avnlari Ra xudosiga atab hashamatli ibodatxonalar quradilar. Bu ibodatxonalarda quyoshga topinish marosimlari o‘tkazilgan, oliy quyosh xudosi Ra Misrning eng qadimgi davlat e’tiqodlaridan biri bo‘lgan. Podshoni ilohiylashtirish Podshoni ilohiylashtirish qadimgi podsholik davrida o‘zining aniq ifodasini topdi. Juda katta maqbaralar piramidalar qurilib, ular xudoga tenglashtirilgan fir’avnning kuch - qudratini namoyish qilgan. V — VI sulolalar davrida qurilgan piramidalarda “Piramidalar matni” saqlanib qolgan, ularda osmon xudolari xudo sifatida e’tirof etilgan fir’avnlarni xuzuriga chorlab olganlari va arshi a’loga ko‘tarilib, unda ko‘rgan rohat - farog‘atlari batafsil bayon qilinadi. Qadimgi Misr me’morchiligi Misrda me’morchilik juda erta taraqqiy etgan. Qadimgi podsholik davrida fir’avnlar va katta zodagonlar o‘zlari uchun maqbara, saroy va ibodatxonalar qurdirganlar. Ular ichida ayniqsa Misr ehromlari diqqatga sazovor. Sakkaradagi Joser maqbara ehromi ular ichida eng qadimgisi bo‘lib, u zinasimon shaklda qurilgan. III — IV sulola fir’avnlari davrida bunyod etilgan ehromlar o‘zlarining ulug‘vorligi bilan bugun ham butun dunyoni lol qoldirib kelmoqda. Ular ichida eng kattasi fir’avn Xufu qurdirgan ehrom bo‘lib, uning balandligi 150 metrga yaqin. Gizadagi yana bir me’morchilik namunasi Sfinks bo‘lib sher surati tarzida ishlangan. Misr ehromlari o‘sha davr me’morchiligining yuksak namunasi hisoblanadi. Misrda me’morchilik qadimgi davrdayoq shakllanib, o‘z mahobati, jozibasi bilan kishilarni hayratga solgan. Gerodot ma’lumotiga ko‘ra, Xufu ehromi 30 yil qurilgan bo‘lib, uning qurilishida bir vaqtning o‘zida yuz mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Antik davr mualliflarining ma’lumotlarida ham ulug‘vor ehromlarning naqadar xashamatli ekanligi ko‘rsatilgan. Misr haqida malumotlar: 1. Qadimiy Misr podsholigi olti ming yil oldin paydo bo’lgan. 2. Qadimiy Misrda kosmetikadan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham foydalangan. Ular yuzini quyosh nuri ta’siridan asrash maqsadida kosmetik mahsulotlarga murojaat etishardi. Hozir ham Misr erkaklari ayollar kosmetikasidan foydalanishadi. Download 82.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling