Qadimgi Baqtriya Xorazm va Sug‘diyona davlatlari


Qadimgi Mesopotamiya aholisi


Download 57.55 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi57.55 Kb.
#1375832
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QADIMGI MESOPOTAMIYA kurs ishi

1.2.Qadimgi Mesopotamiya aholisi
Qadimda Mesopotami faunasi xilma-xil ko’rinishda edi. Daryolarda baliq ko.p bo’lgan. Qushlar, eshak, cho’chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar va to’qay va sahrolarda mo’l-ko’l bo’lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo’shlig’ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yatakchi rol o’ynagan. Ko’pgina yo’llar g’arbdan sharqqa, shimoldan janubga shu yerdan o’tgan.
Mesopatimiyada odamlai qadimdan o’rnasha boshlagan. Neolit davrida bu jarayon tezlashgan. Dastlab iqlimi qulay shimol o’zlashtirilgan qadimgi xusasan Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma’lum. Janubiy mesopatamiyada ilk manzilgohlari keyinroq, millodan avvalgi IV-mingllik va IV-mingllik ikki yarimida shumerlarga EL- Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Shumerlar janubiy mesopatimiyaga millidan avvalgi 4600-yil 6600-yil oldin ko’chib kelgan. Bu haqda S. Kramer va boshqa shumer shunos olimlar aytadilar. Shumerlarning asl vatani Oltoy bo’lganiligi to’g’risida ilmiy farazlar mavjud. Shumer tilining qaysi til oilasiga mansubligi ham noma’lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o’rnatib, ulardan bir qancha xo’jalik yutuqlari, diniy e’toqodlari va toponomik nomlarni o’zlashtirib olganlar.
Mesopatamiyaning shimolida millodan avvalgi III-mingyillikdan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ular akkad tilida so’zlashgan. Millodan avvalgi III-mingyillik oxiri g’arbiy Suriya cho’llaridan mesopatmiyaga g’arbiy semit chorvador xalqi kirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atagan (Akkadcha “Amurriy “, “Suriya” yoki “G’arbiy ‘’ Mano’sini anglatadi).
Millodan avvalgi III-minhyillikning birnchi yarmida amorriylar mesopatamiyada bir necha hukmdor sulolalarga asos solganlar. Qadimgi Shimoliy Mesopatimiya, Shimoliy Suriya v Arman tog’larida xurrit qabillari yashagan. Shumerlar va Akkadlar xurritlarni va ularning mamlakatini Subari deb atashgan.
Millodan avvalgi III-mingyillikdan Shimoliy-sharqiy mesopatamiyada Diyaliy daryosidan Urmiya ko’ligacha bo’lgan hududda yarim ko’chmanchi qutiy (gutiy) qabillari yashagan. Kassiklar Shimoliy -g’arbiy Eron, Elamlardan Shimolda hayot kechirgan. Kassitlar millodan avvalgi XVI asrda Bobilni bosib olib o’z sulolalariga asos soladilar .Kassitlar ikki daryo oralig’ining asriy madaniyati, tilini qabul qilib, mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar.
Millodan avvalgi II-ming yillikning II yarimida Shimoliy Armaniston va Suriya cho’lidan Shimoliy Mesopotamiya hudulariga G’arbiy semit guruhiga mansub Kassit qabilalari kirib kelgan .Ular Millodan avvalgi XII asr oxirida shimoliy Surya va Janubiy- g’arbiy Mesopatamiyada kichik davlatlar barpo qiladilar. Ular millodan avvalgi I ming yillik boshlarida xurrit va amorriy aholisi bilan qo’shilib ketadilar . Oromiy tili bu yerda keng tarqaladi.
Millodan avvalgi X asrda Janubiy Mesopotamiyada oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o’rnashgan. Bu etnik guruhlarning qadimgi Messopotamiyaga migratsiyasi natijasida ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlar yuz bergan.
Mesopotamiya hududida millodan avvalgi IV ming yilliikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi jaroyoni boradi. Shumerlarning millodan avvalgi IV ming yillik boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlangan.
Millodan avvalgi III ming yillikdan boshlab mamlakatning janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-davlatlari paydo bo’lgan. Millodan avvalgi III ming yillik ilk sulola davri dab ataladi. Bu davrda shahar-davlatlar paydo bo’lgan. Ayniqsa, janubda shumerlarning Eredu, Ur, Lagash, Larsa, uruk, Umma, Shuruppak, Isin, Nippur, va Kish kabi shahar-davlatlari paydo bo’ladi. Millodan avvalgi III ming yillikning oxiri kuchli Mutlaq monarxiyalar tashkil toppish davri hisoblanadi. Millodan avvalgi XXIII-XXI asrlar siyosiy markaz Mesopotaniyaning markaziga ko’chib, bu yerda Akkad davlati tashkil topadi. Akkad davlati tarkibiga Shummerlarning janubi va Shimoliy Mesopotamiya kiradi. Qutiylar hujumi sababli, Akkad podshaligi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigi qo’liga otadi.
Millodan avvalgi II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig’ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtiriladi. Uning tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1.Qadimgi Bobil yoki amoriylar davri (millodan avvalgi XIX-XVI asrlar).
2. O’rta Bobil yoki kassit davri (millodan avvalgi XV-XII asrlar ).
3. Bobilning siyosiy tushkunlik davri (millodan avvalgi XII-VII asrlar).
4. Yangi Bobilning qisqa qayta uyg’onish davri (millodan avvalgi VII-VI asrlar) va Eron tomonidan mamlakatning bosib olinishi.


Download 57.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling