Qadimgi Bobil va Misrda ilk falsafiy karashlarning paydo bo'lishi


Download 1.26 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1475018
Bog'liq
Qadimgi Bobil va Misrda ilk falsafiy karashlarning paydo bo\'lishi


Qadimgi Bobil va Misrda ilk falsafiy karashlarning paydo bo'lishi

Reja:
1. Qadimgi Misr, Bobil falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi.


2. Qadimgi Hindistonda falsafiy tafakkur rivoji.
3. Qadimgi O‘rta Osiyo va Xitoydagi falsafiy qarashlar.

Qadimgi SHarq mamlakatlari qatoriga Misr, Bobil va Ossuriya, Eron, O‘rta Osiyo ( Turon), Hindiston va Xitoy mamlakatlari kirib, bu mamlakatlarda eramizdan avvalgi IV minginchi yillarning oxiri va III minginchi yillarning boshlarida falsafiy fikrlar shakllana boshlagan edi.


Bu mamlakatlarda falsafiy fikrlar rivojlanishi asos e’tibori bilan ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘langandir. Gap shundaki , bu davrda falsafa ma’lum bir sistemaga, izchilrok fakrlarga asoslangan nazariya sifatida maydonga kelishi mumkin emas edi. Bu davrda jamiyat a’zolari uchun nazariy ish bilan shug‘ullanishga xali sharoit yaratilmagan edi, chunki ibtidoiy- jamoa tuzumida ishlab chiqarish kuchlari juda past darajada rivojlanganligi sababli jamiyat a’zolari °zlarining butun vaqtlarini yashash uchun zarur bo‘lgan noz ne’matlarni topishga sarf qilishga majbur edilar.
Qullarning mehnatidan foydalanish mehnat taksimotiga va savdoning rivojlanishiga keng imkoniyat tugdirdi. quldorlik tuzumi paydo bo‘lishi bilan iktisodiy va madaniy xayot markazi – shaharlar ham vujudga kela boshladi. Ta’kidlash zarurki, shaharlarning paydo bo‘lishi aqliy mexnat bilan jismoniy mehnat o‘rtasidagi ajralishning yaqqol dalolati ham edi. Quldorlik tuzumining dastlabki davrlarida yangi ishlab chiqarish usuli fanning, madaniyatning rivojlanishiga imkoniyat tug‘dirdi. Quldorlik tuzumida materializm bilan idealizm paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ma’lum ijtimoiy jarayonlarga bog‘liq.
YUqorida ta’kidlaganimizdek, miloddan oldingi taxminan IV ming yillar chamasi avval Qadimgi SHarq mamlakatlarida stixiyali ravishda falsafiy qarashlar rivoj topdi. Bu falsafiy qarashlar ishlab chiqaruvchi kuchlarning tobora rivojlanishi va tabiat fanlarning paydo b°lishi asosida ham maydonga keldi.

Tarixiy manbalarga yoki arxeologiya fani berayotgan dalillarga tayanib bemalol aytish mumkinki, miloddan taxminan IV ming yillar ilgari dastlabki Misr, Bobil mamlakatlarida falsafiy fikrlar shakllangan. Ma’lumki, Qadimgi Misr Nil daryosining doim toshib, ekin ekiladigan erlarning quvvatlarini buzib turishi va uni xar yili qaytadan tiklash zaruriyati geometriya fanini maydonga keltirdi. Piramida va katta saroylar qurilishi matematika kabi fanlar rivojiga olib keldi shu kabi sabablar okibati o‘laroq Qadimgi Misrda geometriya va matematika fanlari bilan bir qatorda, astronomiya, geografiya, botanika va x.k shu kabi fanlar rivojiga dastlabki asos solindi. Bu davrlarga tabiat fanlariga xam qiziqish paydo bo‘ldi. Misr tabiblariga turli shifobaxsh o‘simliklardan foydalanish o‘sha davrdayoq ma’lum edi. Ular hatto, kishi tanasining harorati yurak faoliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligini kishining tana faoliyatida bosh miyaning muxim rolini to‘g‘ri tushuna boshlagan edilar, Qadimgi Misrda «u dunyo» xayotiga ishonmaydigan fakatgina real xayotga ishonadigan erkin fikr tarafdorlari ham bor edilar.
Dastlabki, materialistik falsafiy qarashlar, Qadimgi Misr adabiy yodgorliklaridan biri bo‘lgan «Arfist qo‘shigi», «O‘z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati», «Xo‘jayinning o‘z quli bilan xayotining mazmuni xakida suxbati» kabi asarlarda xayotning, umrning mazmuni va bu dunyo noz ne’matlaridan foydalanish xakidagi tuygular bayon kilinadi.
Masalan, « Arfist qo‘shigi » o‘lganlardan xech kim kaytib kelgan emas, u dunyo, oxirat to‘g‘risidagi gaplar yolg‘on, u dunyo yo‘q, kishi jismi o‘lgandan keyin chirib loyga tuproqqa aylanadi, xaqiqiy hayot esa erdagi hayotdir, erdagi hayot va unda o‘z baxtini topish uchun kurashish lozim, deb ta’kidlanadi.
Qadimgi Bobilda topilgan, adabiy yodgorlikdan biri «Xo‘jayinning o‘z quli bilan xayotining mazmuni xakida suxbati» degan adabiy yodgorlikda birinchi tomondan xudolarga ishonish, iloxiy kuchlarning tabiat va jamiyatga kursatadigan ta’sirini mutloklashtirish xususiyati ustuvor bo‘lsada, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida bo‘lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy karashlar xam asta-sekin shakllana boshlagan. Bu qarashlar insoniyat falsafiy fikrlari rivojlanishidagi muxim «kadamlar» bo‘ldi.
2-savol. Falsafiy fikrlar, yaxlit yoki sistemali bir dunyoqarash sifatida keyinchalik, miloddan avvalgi II asrning oxiri va I asrning boshlarida Qadimgi Xindiston mamlakatlarida yuzaga keldi. Bu vaqtlarda Hindiston madaniy ma’naviy jixatdan nihoyatda rivojlangan mamlakat edi. Bu davrda Xindistonda qishloq xo‘jaligi tarmoklari yuksalgan b°lib, shular qatori hunarmandchilik va savdo munosabatlari ham anchagina rivojlangan edi. Qadimgi Hind jamiyati ham qullar mexnatidan foydalanish asosiga kurilgan bo‘lsa-da, birok Hindistonda o‘ziga xos patriarxal - oilaviy munosabatlar tarkib topgan edi. Hindistondagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, xususiy mulkchilik munosabatlarining va ijtimoiy qarama -qarshiliklarning kuchayishi g‘oyaviy sohada hamda falsafiy manbalarda o‘z ifodasini topgan edi. Quldorlik tuzumi yangi o‘sib kelayotgan ilg‘or tabaqalarining falsafiy qarashlari o‘sha davrlarda anchagina keng tarqalgan braxmanizm diniy mifologik aqidalarga qarshi kurashlar jarayonida toblandi va bu hol asta sekin materialistik ruhdagi turli maktablarning kelib chiqishi uchun zamin hozirladi.

Hindistonning qadimiy dini, falsafiy merosi, madaniyati ravnaki uning yozma yodgorliklarida, asosan vedalarda (bilimlar diniy gimnlar, qo‘shiqlar to‘plamida) o‘z ifodasini topgan. Vedalarning eng muhimi Rigveda b°lib, u miloddan avvalgi VI – asda yaratilgan qolganlari esa YAjurveda, Samaveda va Atxarvavedalardan iborat. Mazkur kismlar taxminan ming yil davomida kayta ishlanib borgan va ularning eng oxirgi nusxasi bizning eramizga yakin davrda yozilgan.
Ma’lumki, vedalar turli toifalar, guruxlar vakillari tomonidan tuzilgan, izoxlangan va rivojlantirilgan. Xususan braxmanlar tuzgan vedalar asosida braxmanizm dinining nazariy asoslari yaratildi. Bu okim vakillari birdan bir reallik - dunyoviy rux, ya’ni braxmandir, moddiy dunyo esa uning ijodiy maxsulidir, deydilar.
Kadimgi Xind falsafiy maktablari ikki guruxga bo‘linadi. Xindistonlik faylasuflar bu guruxlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa-astika guruxiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari “Veda”ning mukaddasligini tan olib, birdan-bir xakikat undagina ifodalangan, deyishadi. CHorvaka – lokayata, buddizm va jaynizm-nastika guruxiga kiradi.
CHorvaka – lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun “Veda”ning mukaddasligini tan olishmaydi. Ular olam iloxiy kuch tomonidan yaratilmagan, “Veda” xakikiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va jaynizm diniy – falsafiy maktablar bo‘lishiga karamay, ular xam “Veda”ning mukaddasligini tan olmagan.
Upanishadlar (miloddan avval I ming yil) ta’limoti vakillari xam vedalarni o‘ziga xoslik bilan izoxlash va talkin qilish, xatto rivojlantirish asosida vujudga kelgan edi. Upanishadlar (maxfiy ta’limot) falsafiy qarashlarning asosiy moxiyati: jon dunyoviy ruxning bir bo‘lagidir. Inson tanasi esa jon turadigan makon yoki jonning qobig‘idir. Ular fikricha, jon abadiydir, tana esa muvakkatdir. Qadimgi Xindistonda upanishadlar ta’limoti tarkalgan davrdan keyingi asrlarda, anikrog‘i, miloddan avvalgi VII asrda paydo bo‘lgan va shakllangan ta’limot – Lokoyata (loka-dunyo demakdir) ta’limotdir. Mazkur ta’limot tarafdorlari bu dunyoni, ya’ni lokani e’tirof etuvchi kishilarning karashlaridan iborat b°lib,uning asoschisi Brixaspatidir Lokoyata tarafdorlari braxmanlar va upanishadlardan farkli o‘laroq, xurfikrlilikni targ‘ib qilish, kishilar ularning fikrlar irodasi dinidan sexr va jodudan, duolardan ozod bo‘lish kerak, deb ta’kidlaydilar. Ular xatto vedalardan diniy ruxdagi fikrlarga qarshi chiqib,ularni yolgon va bir biriga zid deb xisoblaydilar. Bu o‘rinda ular real,moddiy dunyoni tan olib, narigi dunyoning mavjudligi to‘g‘risidagi xar kanday fikrlarga qarshi chiqadilar. Bu bilan ular kishilarni erda, bu yorug‘ olamda baxtli saodatli yashashga chaqiradilar. Lokoyata vakillari tomonidan ilgari surilgan dadil, keyinchalik, shu taxlitda fikr yurituvchi boshka okimlarning paydo bo‘lishiga va shakllanishiga asos soladi. CHorvaka falsafiy okimi ana shunday okimlardan biri edi.
CHorvaka okimi vakillari tomonidan yaratilgan ta’limot Qadimgi Xindistondagi barcha falsafiy okimlar orasidagi eng nufuzli ta’limot bo‘lib, u miloddan avvalgi VI asrda karor topdi. Xo‘sh, CHorvaka degan so‘z nimani anglatadi, degan savol tug‘iladi. Manbalarda aytilishicha, CHorvaka so‘zi bir necha ma’noga ega. Birinchi xil fikrlarga karaganda, CHorvaka degan so‘z shu okimning asoschisi bo‘lgan insonning nomini anglatadi. Ikkinchi xil fikrlarga karaganda, CHorvaka ikki so‘zdan iborat b°lib «chor»- to‘rt «vaka» - so‘z ma’nolarini ham berar ekan. Bizning nazarimizda, keyingi talqin ilmiyrok, ya’ni xakikatga yakindir. Darxaqiqat CHorvaka tarafdorlari dunyoning asosida to‘rt moddiy element, er, suv, xavo va olov yotadi, degan fikrni e’tirof etadilar. Ularning fikricha, dunyodagi narsa va xodisalar xilma hil bo‘lishiga qaramasdan bu narsa va xodisalar er, suv xavo va olovning muayyan tarkibidagi turlicha birlashishdan iboratdir.

CHorvaka tarafdorlari dunyoning abadiy ekanligini ham e’tirof etadilar dunyo xudo tomonidan yaratilgan, deguvchi fikrlarni esa inkor etadilar, ularning xatto kishining ongi ham ma’lum ma’noda moddiy elementlarning aloxida tuzilishi natijasida tashkil topgan narsadir.
CHorvaka tarafdorlari o‘tmishdoshlaridan farkli o‘larok dunyoni bilish masalalari xaqida ham nisbatan izchilrok fikrlarni ilgari surdilar, ya’ni ular xaqiqiy bilimning manbai tashqi dunyo tufayli sezgi a’zolarimiz orqali olingan tasavvurlardir deydilar. Xulosa qilib aytganda, CHorvaka ta’limoti Qadimgi SHark mamlakatlarida falsafiy fikrlarning rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
3-savol. Markaziy Osiyoda Buddaviylik dini ham o‘z o‘rniga ega. Buddaviylik diniy – falsafiy ta’limot sifatida Xindistonda er.avv. VI asrning oxiri va V asrning boshlarida vujudga kelgan. Bu ta’limot O‘rta Osiyoga er.avv. II-I asrlarda kirib kelgan. IX-XIV asrlarda Islom diniy O‘rta Osiyoda xukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zayiflashib ketgan.
Buddaviylikning O‘zbekiston va Xindiston xalqlari o‘rtasida o‘z davrida ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat kilgan. Xalklarimiz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari xam o‘sha davrga borib takaladi, ayniqsa xalkimiz, yoshlarimizning xind xalki, uning madaniyati va san’atiga kizikishi shu masalalar bilan xam bog‘lik.

Qadimgi SHark mamlakatlarida falsafiy meros xakida fikr yuritar ekanmiz, albatta Qadimgi Xitoy falsafiy merosiga e’tibor qilmasdan ilojimiz yuk. Biz Xitoy deb ataydigan mamlakatni xitoyliklarning o‘zlari gox CHjuna Go (O‘rta podsholik), gox CHjun kuva ( O‘rta ravnak) deb yoki biron sulola nomi bilan , masalan Sin (CHin degan so‘z xam xuddi o‘shandan) deb ataydilar.
Eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Xitoyda turli falsafiy okimlar paydo bo‘ldi. Ularning eng e’tiborlisi konfutsiychilikdir. Bu okimga asos solgan faylasuf Kun - sziy (Konfutsiy) miloddan avvalgi 551-479 – yillarda yashagan. Uning ta’limoti pariarxal tuzumni o‘rnatish va ijtimoiy negiz buzilmasligini da’vo kilishdan iboratdir. Konfutsiychilar ta’lmiotida xar kanday tub o‘zgartirishlar, ya’ni inqilob koralanadi, davlatlar urtasidagi tinch - totuvlikni kullab – kuvvatlaydi. Bu ta’limot ulug‘ zodagonlar orasida ayniksa, keng yoyilgan bo‘lib, aslzoda bo‘lmagan xolda boylik va xokimiyatga intiluvchi yangi kishilarning maydonga kelishiga tamomila karama karshi xarakterda bo‘lgan.
Kanfutsiy fikricha, olamni osmon boshkaradi. Osmon irodasi-taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon xukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat xayotidagi tartibga qattiq amal kilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy fikricha, iloxiy mazmunga ega va uning moxiyatini “Li” tushunchasi belgilaydi. Jamiyatdagi xar bir xarakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib – insoniyat jamoasining eng oliy, xayotiy kadriyatlardan biridir. Uning ta’kidlashicha, shaxs fakat o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun xam yashashi kerak. Kanfutsiy ta’limotida insonning xayotdagi ijtimoiy o‘rni nixoyatda katta, u o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani boshkalarga xam ravo ko‘rmasligi, o‘ziga ravo ko‘rgan narsani boshkalarga xam ravo ko‘rishi lozim.
Konfutsiychilik falsafiy okimi bilan boshka bir falsafiy okim – daosizm rakobat kilgan. Daosizm asos e’tibori bilan miloddan avvalgi VI asrda vujudga keldi. Bu falsafiy okimning g‘oyalari «Dao de szin» kitobida e’tirof etiladi. Bu okimning asoschisi bulgan Lao – Szi ( miloddan avvalgi 604 y.t)ning xizmatlari juda ulugdir. Bu mutafakkir va uning shogirdlari ta’kidlaydilar-ki, tuman yoki gazsimon xolatdagi boshlangich materiya- Si umumiy konun – Dao bilan birgalikda dunyoning asosini tashkil etadi.
Si tufayli 5 ta moddiy element – o‘t, suv, tuprok, yogoch va temir elementlari va ular asosida esa turli shakldagi moddiy narsalar kelib chikadi. Bu moddiy narsalar va xodisalar esa Dao orkali boshkariladi. Dao – abadiy va mutlokdir. U olam xarakatini, xayot jarayonlarini boshkaradi. Daoning moxiyati esa YAn (yaxshi, yorug) va In (yomon, korongu) singari karama - karshi kuchlar urtasidagi kurashdan iboratdir. Dunyodagi barcha uzgarishlar jarayonlar xarakatlar va ularning ko‘rinishlari ana usha moxiyatdan kelib chikadi. Ko‘rinib turibdiki, karama-karshiliklar birligi va ularning kurashini ta’kidlash Daochilar ta’limotidagi dialektikaning (albatta stixiyali), namoyon bo‘lishidir. Biroq bu dialektika tabiiyki, noizchil chegaralangan dialektika ediki, bunda rivojlanish bir doira ichida aylanish ma’nosida tushunilar edi.
Bilish nazariyasi soxasida daochilar dunyoni bilishning mumkinligini, bu borada sezgi va tafakkurning axamiyatini ta’kidlaganligidir. Biroq, ular fikricha, insonning faoliyati fakatgina Daoni bilishdangina iborat emish.Bu bilishning o‘zi esa passiv kuzatish xarakterida amalga oshishi kerak. Kimki Daoni bilishda aktivlik ko‘rsatsa va uni o‘zgartirishga xarakat kilsa,bundan odamlar albatta baxtsizlikka uchraydi. Xulosa kilib aytganda, Daochilar falsafiy ta’limoti kanchalik ratsionalistik elementlarga boy falsafiy ta’limot bo‘lishiga karamay okibat natijada Xitoydagi nufuzli sotsial guruxlarning manfaatlarini ifoda etadi xolos.
YUkorida zikr etilgan ta’limotlar bilan bir katorda miloddan avvalgi V-IV asrlarda YAn CHjou ta’limoti izchil materialistik ta’limot sifatida shakllandi va rivojlandi. Qadimgi Xitoy materialistlari yaratgan ta’limotlarning cho‘kkisi esa mashxur mutafakkir Van CHun (milodning 27-97 yillari) ning tuzgan «Tankidiy muloxazalar degan asari»dir bu asarda osmoni ongli va jonli zot, odamzotning yaratuvchisi deb bilgan konfutsiychilikka kat’iy zarba berilgan. U ta’kidlaydiki,bilish kobiliyati fakat insonlarga xosdir. Bilim esa tug‘ma bo‘lmay, u xayot davomida o‘zlashtiriladi. Bilishda bizga sezgi a’zolarimiz yordamga keladi. Tabiatning holati ongli holat emas, balki materiyaning o‘z - o‘zidan kuyuklashish va suyuklashishi natijasidir. Ongli ravishdagi faoliyat esa xakikiy ijodiy faoliyat b°lib, faqat insonlargagina xosdir. Van CHun fikricha, rux faqatgiga kishi tanasi faoliyati tufayligina yashaydi. Inson tanasida o‘lim sodir bo‘lgach rux yoki jon xam yo‘q bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, falsafiy karashlar Xitoyda( barcha qadimgi shark mamlakatlaridagi kabi) tafakkurning rivojiga samarali ta’sir etdi va tabiiyki, bu xol falsafiy karashlar Xitoyda anik fanlarning , tabiat fanlarining keyingi ravnakiga bir kadar ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
YUkorida zikr etilgan qadimgi shark mamlakatlari bilan bir katorda turuvchi, xuddi o‘sha mamlakatlar kabi o‘zining madaniy falsafiy manbalari bulgan bir diyor borki, bu mintaqa, afsuslar bo‘lsinkim, to shu bugungi kunga kadar deyarli e’tibordan chetda kolib kelmokda. Bu mintaqa esa O‘rta Osiyodir.
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling