Qadimgi davrda qashqadaryo vohasida din otashparastlik


Download 276.5 Kb.
bet6/6
Sana14.10.2023
Hajmi276.5 Kb.
#1703769
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qashqadaryo vohasi mavzular

FOYDALANILGANADABIYOTLAR



  1. Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Sharq. Toshkent. 1998.

  2. Islom Karimov Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7-tom. T.: «O‘zbekiston», 1999.

  3. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. Ma’naviyat.

Toshkent. 2008.

  1. Islom Karimov Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T., 2010.

  2. Islom Karimov “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida

xizmat qilish – eng oliy saodatdir”. Toshkent. 2015

  1. Murodov A. Markaziy Osiyo hattotlik san’ati tarixidan. T.,1971.

  2. Mavlonov O‘., Mahkamova D. Madaniy aloqalar va savdo yo‘llari. T.: «Akademiya», 2004.

  3. Muhammad Ali Boljuvoniy. Tarixi nofeiy. T.: «Akademiya», 2001.

  4. Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. T., 2006.

  5. Nasridinov Q. Qarshi qal’asi. Qarshi, 2006.

  6. Ravshanov P. Naxshab va Kesh tarixi manbalari. Qarshi, 2005.

  7. Ravshanov P. Qarshi tarixi.T. 2006.

  8. Rajabov Q. Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash. T.,2002.

  9. Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. T.: «Fan», 1991.

  10. Hasanov A. XVI-XIX asrlarda shaharsozlik va me’morchilik (Qashqadaryo vohasi misolida). Nomzodlik dissertatsiyasi. T. 2008.

  11. Axmedov B. “ O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari”. Toshkent, 1991.



MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VOHASIDA MADANIYAT
REJA:

1.Qashqadaryo vohasida mustaqillik yillarida ta’lim tizimining ahvoli


2.Qashqadaryoda istiqlol yillarida fan va adabiyotning rivojlanishi
3.Vohada mustaqillik yillarida san’at sohasidagi erishgan muvaffaqiyatlari
Odamlar ongida mustaqillik, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyg‘otish va tiklash jamiyatni barqaror rivojlantirishdagi muhim shartidir. Mamlakatimiz bir necha bor ajnabiylar xujimiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan bo‘lsada, o‘zligini yo‘qotmadi, hamda shu o‘zining boy ma’naviy merosini avaylab saqlab va boyitib keldi. So‘ngi mustaqillik davrida ma’naviy merosga meyoriy nuqtai-nazardan yondashishi oqibatida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz progressiv va reaksion bloklarga bo‘lindi, mashhur olimlar, adiblar va san’at ustalari materialist va idealistga bo‘lindi. Reaksion deb baholangan milliy qadriyatlarimiz, odatlarimiz va an’analarimiz, idealistga ajratilgan allomalarimiz qoralandi, tanqid ostiga olindi, ko‘pgina tarixiy yodgorliklarimiz buzildi, qarovsiz qoldi, kitoblar va qo‘lyozmalarni nashr etish, o‘rgatish man etildi yoki e’tiborsiz qoldirildi.
O‘zbekiston janubiy viloyatlari azaldan xalq og‘zaki ijodi, milliy musiqa, milliy urf-odatlar yaxshi saqlangan vohalardan hisoblanadi. Barcha madaniy tadbirlarni badiiy havaskorlik jamoalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu turdagi jamoalar faoliyatini rivojlantirish uchun mustaqillik yillarida keng imkoniyatlar yaratildi. Badiiy-havaskorlik jamoalari yildan yilga o‘z mahoratlarini oshirib, repertuarlarini yangidan yangi, turli-tuman va rang-barang kuy-qo‘shiqlar bilan boyitib, o‘zbek xalq san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlarini eslash joiz: “Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir”.
Mustaqillik yillarida halq ijodi namunalarini o‘rganish, targ‘ib etish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Masalan, Qahhor baxshi Qodirov shunday hikoya qiladi: “Sovet davrida do‘mbiramizni hadik bilan chalib, qo‘rquv bilan zamonga moslab, erkin holda doston kuylash mavqeidan judo bo‘lgandik. Istiqlol tufayli ajdodlarimizdan qolgan boy merosimizni kuylash baxtiga muyassar bo‘ldik. Buni isboti sifatida mustaqillik sharofati bilan 1997 yilda AQShda bo‘lib, u yerda o‘zimizning ijrochilik mahoratimizni namoyish etdim. Terma va doston-larda ajdodlar merosidan qolgan buyuk meros bilan birga zamonaviy mavzular ham o‘rin olgan. Bugungi kunda repertuarimda 40 dan ortiq doston bo‘lib, shundan 15 tasini o‘zim kashf etdim2”. Bu masalaga davlat miqyosida ham e’tibor kuchaytirilib, mazkur ishlarni yanada yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan bir qator tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 yanvardagi “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligi to‘g‘risidagi Qarori3, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 14 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvonini belgilash to‘g‘risida”gi Farmoni4, “Boysun bahori” xalqaro ochiq folklor festivali hamda Kitob tumanining Qaynar qishlog‘ida o‘tkazilgan “Asrlar sadosi” xalqaro folklor festivali xalq og‘zaki ijodini yanada rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Natijada, baxshi-shoirlar, xalq hunarmandlarining turli ko‘rik-tanlovlari respublika miqyosida o‘tkazilishi an’anaga aylandi.
An’anaviy xalq ijodini rivojlantirishda havaskorlik to‘garaklarining alohida o‘rni bor. Havaskorlik uyushmalarining 60 foizdan ortig‘ini maktab o‘quvchilari, madaniy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarining esa 70 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil qildi. Bolalar va o‘smirlar uyushmalari soni keyingi yillarda ko‘payib bordi. Masalan, 1989 yili 55684 nafar bolani birlashtirgan 3716 ta uyushma ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 1992 yili uyushmalar soni 4666 taga, a’zolari soni esa 76107 nafarga ko‘paydi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham badiiy-havaskorlik jamoalari soni yildan yilga ko‘payishi kuzatildi. Masalan, Surxondaryo viloyatida 2004 yil 595 ta badiiy-havaskorlik jamoalari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2008 yil ular soni 608 taga yetdi. Qashqadaryo viloyatida ular soni 328 tadan 352 taga ko‘paydi.
Qishloqlarda badiiy-havaskorlik jamoalari bilan birga xalq ashula va raqs dastalari tuzilishida keng imkoniyatlar yaratildi. Masalan, 1992 yil Surxondaryo viloyatida mavjud 9 ta ashula va raqs dastasidan 7 tasi qishloq joylarda faoliyat olib bordi “Navro‘z” (SHo‘rchi tumani), “Parvoz” (Qiziriq tumani), “Bobotog‘ gullari” (Qumqo‘rg‘on tumani), “Dilnavoz” (Jarqo‘rg‘on tumani) kabi ashula va raqs dastalari shular jumlasidandir. Ushbu yilda viloyatda faqat bitta xalq an’anaviy sirk san’ati (dorbozlar) jamoasi ro‘yxatga olinib, bu jamoa SHerobod tumani “SHerobod” davlat xo‘jaligida B.Pardayev rahbarligida faoliyat olib bordi.
Mustaqillik yillarida folklor-etnografik ijodiy jamoalari faoliyati keng targ‘ib etila boshlandi. Bunday jamoalar asosan qishloqlarda tashkil etildi. 1992 yil Surxondaryo viloyatida jami 14 ta folklor-etnografik dastasi faoliyat olib borib, ularning 13 tasi qishloq joylarda tashkil etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekistonda yashaydigan har bir fuqaro, qanday millatga mansubligidan qat’iy nazar, teng xuquqli ekanligi qayd etilgan bo‘lib, har bir millat vakillari o‘z madaniyat markazlarini tashkil etish huquqiga ega ekanliklari belgilab qo‘yilgan. 1992 yili Qashqadaryo viloyatida rus, tatar, turkman, koreys, arab va tojik milliy madaniyat markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular o‘z o‘rnida shu millat vakillarining badiiy-havaskorlik dastalarini ham tuzdilar. Masalan, Dehqonobod tumanida “Tojik”, Bahoriston tumanida “Turkman” badiiy- havaskorlik dastalar ish olib bordi. “Turkman” madaniyat markazi Turkmaniston Respublikasi bilan madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.
Mustaqillik yillarida xalq ijodiyoti vakillarining turli ko‘rik- tanlovlarini o‘tkazish an’anaga aylandi. Masalan, askiyachi va qiziqchilarning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha dastlabki ko‘rik-tanlovi 1992 yil 4 iyulda Yakkabog‘ tuman madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda I o‘rinni G‘uzor tumanidan Husan Qurbonov egalladi. Shuningdek, 1992 yil 25-26 dekabrda Narpayning Oqtosh shahrida Islom shoir Nazarmat o‘g‘li tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan baxshi-shoirlar respublika ko‘rigida Chiroqchi tumanidan Shomurod baxshi Tog‘ay o‘g‘li ishtirok etib, faxrli III o‘rinni egalladi

Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan aholi daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o‘zgarmoqda. Maosh bilan o‘lchangan ish haqidan tashqari tadbirkorlik daromadi, aksiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo‘ldi.


Aholi daromadlarini bozorga bog‘liq manbalarining yildan-yilga o‘sib borishi munosabati bilan ish haqining salmog‘i pasayib bormoqda. Masalan, 1992 yili ish haqi aholi daromadining 57% ni tashkil qilsa, 1995 yilda esa 44,2%ni tashkil qildi. 1997 yili aholi barcha daromadlarining qariyib chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi shakllantirildi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash davlat siyosatining asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslari to‘la yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi... Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda belgilangan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega” deyilgan.
O‘zbekistonda 1993 yil 3 sentabrda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi ijtimoiy himoya tizimi ishini rivojlantirishda juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qonunning 1-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan pensiya bilan ta’minlanishi huquqiga egadirlar” deb ta’kidlangan.
Mustaqillikning dastlabki qiyinchilik yillarida aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida davlat yo‘li bilan boshqarishning yangi usullaridan foydalanib, ish haqi, pensiyalar, stipendiya, turli nafaqalar berilishida imtiyozlar joriy qilindi va 1991-1996 yillar mobaynida eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo‘ldi. O‘zbekistonda 1991 yil ijtimoiy muhofaza uchun sarflangan mablag‘ 2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida ijtimoiy muhofaza xarajatlari uchun budjetning 3,1 qismi ajratildi1.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi so‘zlarini ta’kidlash o‘rinli: “...ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi...”.
Davlat siyosatida ayniqsa, qishloq aholisini ijtimoiy himoyalash ishi alohida o‘rin tutdi. Qishloq aholisiga ijtimoiy yordam berishda davlat tabaqalashgan holda yondashishga, moddiy yordamga ehtiyojmand aholi qatlamlarini aniq hisobga olishi muhim ekanligiga e’tibor berdi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlat tomonidan qishloq aholisini ijtimoiy himoyalashning o‘ziga xos omillari mavjud. “Davlat tomonidan yordam berilmasa, qishloqning oyoqqa turishi amri mahol”3, - deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
O‘zbekiston aholisining 63,7 foizi qishloq joylarda yashaydi. Respublikaning janubiy viloyatlarida bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, Qashqadaryo viloyatida 74,5 foiz, Surxondaryo viloyatida 80,5 foiz aholi qishloq joylarda istiqomat qiladi. Umuman, O‘zbekiston janubiy viloyatlarida 2000 dan ziyod qishloqlar mavjud edi. Qashqadaryo viloyatida 150, Surxondaryo viloyatida 1144 qishloq fuqarolar yig‘ini faoliyat olib boradi. So‘nggi yillarda respublika aholi soni ko‘payish sur’atining pasayishi, ammo qishloq aholisining shaharliklarga nisbatan yuqori o‘sish jarayoni kuzatiladi. Masalan, 1989-2005 yillarda jami aholi o‘rtacha bir yilda 1,75 foizga ko‘payishi kuzatilgani holda, qishloq aholisi 2,20 foizga ortib bordi. Bunda eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatiladi. Ushbu holat mazkur viloyatlarning qishloqlarida ijtimoiy-iqtisodiy sohaga jiddiy e’tibor qilishni talab etadi.
Respublika qishloq aholisining o‘sish ko‘rsatkichi 1993-1994 yillarda yuqori bo‘lib, 2002-2004 yillarda esa qishloq joylar demografik rivojlanishi birmuncha barqaror tus oldi. Surxondaryo viloyati qishloq aholisi o‘sish koeffitsiyenti 1991-1992, 1995-1996 va 1998 yillarda respublikada eng yuqori darajaga chiqdi. Masalan, 1992 yil mazkur viloyat qishloq aholisining o‘sishi 1119,2 ming, 1998 yil 1331,7 ming bo‘ldi. Qashqadaryo viloya-tida bu ko‘rsatkichlar 1997, 1999 va 2003 yillar yuqori o‘rinda turdi. Masalan, Qashqadaryo viloyati qishloq aholisining o‘sishi 1999 yil 1576,9 ming, 2003 yil 1722,2 ming bo‘ldi.
Oilalarda boqimandalik ko‘rsatkichi yuqori bo‘ldi. Masalan, O‘zbekiston janubiy viloyatlar hududlari shaharlarida bir nafar ishlaydigan a’zoga 2,8 nafar, qishloq joylarda tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi bois 3,4 nafar ishlaydigan a’zo to‘g‘ri keldi. Birgina, Qashqadaryo viloyatida mehnat resurslari soni 0,9 mln. nafar kishini tashkil etdi. Viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi ko‘rsatkichi ham o‘sib bordi. 2000-2004 yillarda qayd etilgan o‘rtacha 3,5 foizdan 2005 yil 4,2 foizga ko‘tarildi. Har bir viloyat bir-biridan farq qiladigan ijtimoiy-iqtisodiy hududlarga ajratiladi. Xususan, Qashqadaryo viloyati 3 ta hududga bo‘lingan.
1. Yuqori. Markaziy qismi (Shahrisabz, Kitob, Qarshi). Ushbu hudud iqtisodiy rivojlanganligi bois, ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari ham yuqori. Unumdor yerlar, bog‘lar, yetarli suv manbalari, rivojlangan agrosanoatga ega.
2. Markaziy qism (Qarshi, Dehqonobod, G‘uzor, Qamashi va boshqa tumanlar) Bu hududlarda qirg‘oqchilik darajasi yuqori. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi pastroq.
3. G‘arbiy qism (Muborak tumani) Ushbu hudud aholi siyrak joylashganligi bilan ajralib tursa-da, ammo aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar, bandlik ko‘rsatkichlari, suv va gaz bilan ta’minlanganlik darajasi yuqoriligi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston janubiy viloyatlarida qishloq aholi sonining tez o‘sib borishi ijtimoiy himoyalash sohasi ishini yo‘lga qo‘yishda juda murakkab va ziddiyatli masalalarni bartaraf etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi faoliyati yaxshilanib, ish haqlari, stipendiya-lar, pensiyalar miqdori uzluksiz oshirib borildi.
1992 yil 8 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pensiyalar, stipendiyalar va noishlab chiqarish soha xodimlarining lavozim maoshlari miqdorini oshirish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot, fan, davlat muassasalari va uy-joy kommunal xo‘jaligi tarmoqlari xodimlarining ish haqi 2 barobar oshirildi. Jumladan, qarilik, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlarga to‘lanadigan nafaqalar ham ko‘paytirildi. Birgina, Qarshi tumanida 1992 yili 16385 kishi nafaqa oldi. Shulardan 9621 tasi yoshi bo‘yicha, 240 nafari ikkinchi jahon urushi nogironligi uchun, 315 nafari nogironligi uchun nafaqa oldi. Shuningdek, mazkur tumanda qishloq xo‘jaligi kasaba uyushmasi yo‘li bilan va mehnat birjasi tomonidan nafaqa pullari to‘landi. Demak, O‘zbekiston qishloq aholisiga moddiy yordamni tashkil etish ishi eng dolzarb masalalar qatoridan joy oldi va muammolarni hal etish uchun qator tashkilotlar jalb etildi.
1993 yilning birinchi choragida respublikada ijtimoiy himoya uchun 35 mlrd. so‘m sarflandi.
Shu yilning birinchi yarmida xalq ta’limi va madaniyat xodimlariga bepul xizmat ko‘rsatish uchun Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetidan 78,2 mln so‘m ajratildi. Har bir tumanda ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining maxsus dasturlari ishlab chiqildi. Dasturda nogironlar, pensionerlarning moddiy sharoitini yaxshilash, ularga bepul dori-darmonlar yetkazish uchun muayyan mablag‘lar ajratib turildi. Bundan tashqar, o‘qituvchi, shifokorlarning uylarini xususiylashtirish borasida ham davlat tomonidan imtiyozlar berildi. Masalan, 1993 yil Koson tumanida 503 oilaga ko‘p qavatli uylar shaxsiy mulk qilib berildi. 301 nafar xalq ta’limi xodimi, 107 nafar sog‘liqni saqlash xodimi ana shunday imtiyozlardan to‘liq foydalandi. Urush qatnashchilaridan 21 kishiga, 1- va 2-guruh nogironlaridan 29 kishiga, boquvchisini yo‘qotgan 8 nafar ko‘p bolali oilaga, Chernobil falokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan 2 kishiga, ko‘zi ojiz nogironlardan 5 kishiga, 18 yoshgacha va o‘ndan ortiq farzandi bo‘lgan 23 oilaga hamda afg‘on urushi ishtirokchilaridan 11 kishiga uylar shaxsiy mulk sifatida berildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekistonda aholi ijtimoiy himoyasini tashkil etishda xatoliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Fuqarolarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni soxtalashtirish, oila a’zolarga belgilangan daromadlar mezondan ortiq hollarda ham ularga nafaqalar tayinlash, ayrim hollarda nafaqa pullarini ham ish joydan, ham fuqarolar yig‘inlaridan olish, bola nafaqa olish yoshidan o‘tgan keyingi oylarda ham nafaqa to‘lashni davom ettirish, nafaqalarni tayinlash bo‘yicha komissiya a’zolarining qonunda ko‘rsatilgan tartibni bilmaganliklari tufayli xato va kamchiliklar ko‘payib bordi. Ba’zi joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar chetda qolib, muhtoj bo‘lmagan oilalar moddiy yordam ola boshladi. Shunga muvofiq, ommaviy-ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tish davr talabiga aylandi. Adolat tamoyillariga amal qilgan holda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga, haqiqatan, muhtoj bo‘lgan kishilarni aniqlash zarur edi.
Zaruriyatdan kelib chiqib, 1994 yilga kelib, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash ishi tubdan yaxshilandi. Sohada yangi, ilg‘or tizim shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1994 yil 24 avgustda “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 434-sonli Qarori qabul qilindi.
Ijtimoiy himoyaning yangi tizimida oila asosiy mavqega ega bo‘ldi. Shuningdek, farzand tug‘ilganda bir yo‘la beriladigan to‘lovlar saqlab qolinishi bilan birga, nafaqalar va imtiyozlar ko‘paytirildi. Ayniqsa, yosh bolali onalar nafaqalari ko‘paytirilib, uning muddati bir yarim yildan, ikki yilga uzaytirildi. Ijtimoiy himoya uchun belgilangan mablag‘ning katta qismi ikki yoshgacha farzandini parvarish qilayotgan onalarga ajratildi.
ADABIYOTLAR
1.Belenitskiy A.M., Bentovich I.B., Bolshakov O.G. Srednevekovy gorod Sredney Azii. - L., 1973.
2.Кунакова Л.З. Земельно водная реформа в Узбекистане (1925-1929 гг) Фрунзе “Мектеп”, 1964.
3.Nematov N. “Somoniylar davlati” Dushanba. Adib 1977 y.
4.Isfaxoniy R. Mexmonnomai Buxoro. M., Nauka. 1976 y.
5.www.history.ru
6.www.natura.com
7.www.archaelogy.ru
8.www.archaelogy.com
9. httr: www.orexca.com/rus/uzbekistan.shtml
10. httr: www.philos.msu.ru./fac/history/



1 Sayyid Olimxon. Buxoro xalqining hasrati tarixi. T.: «Fan», 1991

2 Muhammad Ali Boljuvoniy. Tarixi nofeiy. T.: «Akademiya», 2001.



3 Muhammadjonov A. R. “Shayboniyxon suv ayirg’ich ko’prigi”. Toshkent 1969

4 Vamberi X. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. T. 1990. 162-bet.

5 Nasridinov Q. Qarshi qal’asi. Qarshi, 2006.

6 Ravshanov P. Qarshi tarixi.T. 2006.



Download 276.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling