Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari


Download 0.57 Mb.
Sana18.11.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1784601
Bog'liq
ITT qadimgi dunyo iqtisodiy g\'oyalari

Qadimgi dunyo iqtisodiy g’oyalari

By Nodirbek Abduqodirov

Reja

  • Kirish
  • Qadimgi G’oyalar haqida
  • Qulchilikni asosga kelishi
  • Qo’shimcha fikrlar
  • Qisqacha xulosa

Kirish

  • Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir. Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan g`oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, deyish o`rinlidir.

Ilk g’oyalar

  • Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig`ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro`y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo`jaligida intensiv, ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tildi, shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan. Oqibatda, jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo`ldi. Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo`lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim "erkin" aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve uni tan oladi. Lekin ko`pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo`jaligida ustun bo`lgan

Qulchilikni asosga kelishi

  • Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 17 hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O`z mahsulotini sotishga mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda, klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya). Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo`lyozmada (qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o`rtasidagi munosabatlar to`g`risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to`la shakllanmagan bo`lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali, yoki oddiy aholidan bo`lishidan qat'iy nazar) kerak deyilgan

Boshqa joyda boshqa fikrlar….

  • Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo`q bo`lgan o`sha sharoitda qarzdor qulchilik xo`jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to`lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo`lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g`oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo`yicha muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to`plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.).
  • Toshga o’yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir.qonunda "kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak", degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining yerlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxo`rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo`lmasligi kerak.

Qisqacha xulosa qilganda…

  • Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo`jaligini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash bo`lgan, ya'ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. qarzni qarz hisobiga uch yildan ortiq ushlab turish mumkin bo`lmagan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan yerga ham tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko`z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan. Bu qonunlar to`plami davlatning mamlakatni iqtisodiy boshqarish sohasidagi dastlabki tajribasini ko`rsatadi. Oqibatda shu davrda mamlakat ham siyosiy jipslashdi, ham iqtisodiy ravnaq topdi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
  • A. Razzoqov, Sh. Toshmatov, N. O`rmonov, P. Xoshimov, F. Egamberdiyev
  • IQTISODIY TA'LIMOTLAR TARIXI (o’quv qo’llanma)

Shu bilan bolajonlar, ertagimiz tugadi. E’tiboringiz uchun rahmat!!!

By nodirbek abduqodirov


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling