Qadimgi Dunyo Misr estetikasi


Download 21.12 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi21.12 Kb.
#1497006
Bog'liq
Qadimgi Dunyo misr


Qadimgi Dunyo Misr estetikasi
O’tmishda estetik qarashlar, goyalar, fikr-mulohazalar, ta’limot va nazariyalar falsafa fani bag‘rida paydo buldi. Ayni paytda falsafiy ta’limotlardagi xilma-xil yunalishlar estetik qarashlarning ham turli kurinish va yunalishlarga kuchli ta’sir utkazib keldi. Nafosat mohiyati, estetik ong va estetik faoliyat tabiati, san’atning voqelikka munosabati masalalarida turlicha qarashlar paydo buldi.
Estetik g‘oyalar dastavval qadimgi SHarq ulkalarida, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi. YAqin-yaqinlargacha «estetik g‘oyalar vatanni qadimgi YUnonistondir» degan suzlarga ishonar edik. Qadimgi SHarq estetikasining tarixiy merosi ataylab kuzdan pinhon tutilgani, hatto kam urganilganligi sababli «ovrupoxudbinlik» («evropotsentrizm») uydirma aqidalari zur berib ilgari surildi.
Qadimgi SHarq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlari (Mixxat, finikiya alifbosi), Urxun-Enisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmat-baho ma’danlardan ishlangan san’at asarlari (Misrda firavn Tutanxamon maqbarasidan topilgan asoriatiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tangalar, skiflar oltin buyumlari va boshqalar), ulug‘vor me’morchilik obidalari (Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at va haykaltaroshlik asarlari) bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraniy etganini kursatadi. Ilk estetik karash va goyalar kohinlar tomonidan bayon qilinganligini bugun biz bu mamlakatlar xalqlari qulyozma merosidan, ogzaki xalq ijodi namunalaridan bilamiz. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli urganilmagan va ilmiy sharzuganmagan.
Qadimgi YUnoniston ziyolilaridan Gerodot SHarq mamlakatlarining kuplarida bulib, ular haqida uz tarixiy asarlarida bayon qilgan qadimgi SHarq estetik qarashlarini urganib, ularni umumlashtirib, nazariy jizhatdan yanada boyitib bayon etish, boshqa hayot jabhalarida bulganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi SHarq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Ovrupo mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligini e’tirof etish vaqti keldi.
Qadimgi YUnon san’atkorlari va faylasuflari qadimgi SHarq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik goyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. SHu asosda tartibga solingan estetik nazariya uzidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablar hamda oqimlarga zamin bulib xizmat qildi.
Qadimgi yunon estetik ta’limotining ibtidosi mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (e.a. 6-5 asrlar)nomi va u yaratgan maktab bilan bog‘liq Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalarning mohiyatini raqamlar va ularning uzaro munosabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga uz hissalarini qushdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qarashlar va goyalari estetik tafakkur tarizsida muhim urin tutadi.
Qadimgi estetika tafakkurida moddiyunchilik (materialistik) yunalishni Geraklit (e.a. 540-480 yillar) boshlab bergan edi. U nafosat xossalari moddiy dunyoning uzidan kelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi deb kursatdi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surdi.
Demokrit (e.a. 460-370 yillar) guzallikni hamohanglikda, bulaklarning tug‘ri mutanosibligida, tomonlar mosligi (simmetriya)da deb bildi va uni me’yor tushunchasi bilan bog‘ladi, u san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagina vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka tazushd qilish (mimesis) da kurdi.
Suqrot (e.a. 470-399 yillar) ta’limotida guzallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga kuchirilgan bulib, guzallik va ezgulik birligi yoki hozirgi ta’bir bilan aytganda estetika va axloq birligi etakchi goya sifatida bayon qilinadi. Suzuyut estetik tasavvurlarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar urtasidagi yaqin aloqadorlik mavjudligini kursatib berdi.
Aflotun (e.a. 427-347 yillar) qarashlarida estetika ham guzallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Aflotun fikricha, nafosat manbaini avvalo goyalar tashkil etadi. His-tuygu beradigan barcha narsalarni abadiy, uzgarmas g‘oya «yoritib turgan» dagina guzallik kashf etiladi. Uning fikricha guzallik uta hissiyotli bulgani tufayli uning mohiyatini his-tuygu bilan emas, balki aql-idrok bilan anglash mumkin.
Aflotunning san’atga oid qarashlarida ijodiy jarayonni ilohiylashtirish, san’atni esa butunlay aql-idrokka teskari bulgan sa’y-harakat tarzida baholash urin olgan. U, san’atni qandaydir pastkashlik urinishlari sifatida ta’riflab, uni narsalardan kuchirilgan nusxa, narsalarning uzi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb uqtiradi.
Aflotun qarashlarida estetik tarbiy nazariyasi muhim urin tutadi. U san’atning odamlarga nisbatan utkaza oladigan ta’sir kuchini tan oladi, lekin bu ta’sir kuchi salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. SHu bois Aflotun istiqbolda orzu qilgan davlat mafkurasida musiqadan boshqa barcha san’at turlarini tilga olmaydi, musiqaning ham faqat «Harbiycha jaranglaydigan», «mardona» shakllariga urin ajratadi. SHunday kilib, Aflotunning san’atga va estetik tarbiyaga doir qarashlari tarkidunyochilik, qattiq qullik ruhi bilan sugorilgan.
Qadimgi yunon estetika nazariyasining chuqisi va yakuni sifatida Arastu (e.a. 384-322 yillar) estetik ta’limoti katta ahamiyat kasb etadi. Arastu fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi, nafosat ana shu narsalarning tartiblilik, muvofiqlilik, aniqlik, uygunlik, yaxlitlik xossalarida namoyon buladi.
San’at amaliyoti Arastu estetikasining hayotbash manbaidir. Buyuk mutafakkir ana shu amaliyot bilan uzviy bog‘langan nazariy qoidalar yaratdi.
Arastu estetik ta’limotida Demokritning voqelikka taqlid qilish (mimesis) zodidaga g‘oyasi yanada rivojlantirildi. U san’atni voqelikka - odamlar, narsalar va inson faoliyatiga taqlid qilish vositasi sifatida baholab, san’atni idrok qilishda hosil buladigan shodlikni tasvirlangan narsalarni taniganlikdan chiqadigan natija bilan bog‘laydi. 
Tit Lukretskiy Kar (e.a. 99-55 yillar «Narsalar tabiati haqida»gi asarida qadimgi Rim estetikasidagi modiyunchilik san’atning «zururiyat» ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini uqtirib, uning ma’rifatchilik ahamiyatini kursatib berdi.
SHarq Urta asrlar estetik tafakkuri Arab va Ajam (Eron, Movarounnahr), Xitoy, Hindiston mamlakatlari badiiy madaniyati va san’ati ravnaqi bilan bogliq. Ovrupo mamlakatlarida cherkov estetik faoliyatini, oliy nafosatini faqat ilohiy e’tiqod bilan chambarchas bog‘lab, erkin badiiy ijodni shafqatsiz bostirgan va quvg‘in qilgan bir sharoitda SHarq mamlakatlarida estetik qarashlar ilg‘or maqsad ehtiyojlar, ma’rifat va komillik yulida rivojlandi. Bu qarashlar islom dini, badiiy madaniyati ravnaq topishi zaminida vujudga kelgan SHarq Uygonish davri, xususan Markaziy Osiyo Uygonish davri ruhi bilan chambarchas bog‘liqlikda taraqqiy etdi.
Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining zabardast mutaffakkirlari Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad YAssaviy, YUsuf Xos Hojib, Lutfiy, Navoiy, Behzod, Bobur, Mashrab va boshqa juda kup ijodkorlarning estetik qarashlari mohiyatini nafosat bilan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning mutanosibligini vujudga keltirish g‘oyasi tashkil etadi.
Ovrupo Uyg‘onish davrida estetik tafakkur kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining bevosita ta’siri ostida rivojlana boshladi. Tarixan mutaraqqiy ahamiyat kasb etgan burjua insonparvarlik g‘oyalari keng tarqalib borgani sari, tabiiy va aniq fanlar, adabiyot va san’at buyuk muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va g‘oyalar ham shu qadar tez sur’atlar bilan rivojlanib bordi.
Ovrupo Uygonish davri estetikasining muhim xususiyati shuki, uning mohiyati va mazmuni yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va u badiiy amaliyot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi.
Ovrupo Uygonish davrining buyuk ijodkorlari Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, Servantes, SHekspir va bopqalar estetik tafakkur rivojlanishiga salmokush hissa qushdilar. Ayniqsa, buyuk musavvir, iste’dodli muhandis, atoqli tabiatshunos olim Leonardo da Vinchi estetik qarashlarida voqeiy dunyoni bilishda san’atning ahamiyatiga, uning uziga xos xususiyatlarini e’tibordan qochirmaslikka da’vat etdi. San’atning uziga xos xususiyatlaridan biri narsalarning uziga xos sifatlarini ularning guzalligini izlab topa bilish va ommalashtirishdir deb ta’kidlaydi Leonardo da Vinchi, uzining estetik qarashlari bayon etilgan risolalarining birida.
Leonardo da Vinchi san’atga voqelikning in’ikosi sifatida qarab, bu in’ikos etish shunchaki bir bushang urinish emas, balki ijodiy qayta takrorlash jarayoni ekanligini uqtirib utadi.
Ovrupo Uygonish davrining aks-sadosi tarzida klassitsizm estetikasi vujudga keldi. Bualoning «Nazm san’ati» risolasida klassitsizm estetikasining asosiy belgilari ifodalangan. Bu estetikaga xos aqida-qoidalar mohiyati shundan iborat ediki, ular zuravonlik xususiyatiga ega bulib klassitsizm ishlab chiqqan aqida-qoidalarga har qanday ijodkor buysunishi shart bulgan, erkin ijodkor shaxsi «shaxsdan yuqori», «davlat ibtidosi» bulgan mavhum narsaga buysundirilgan edi.
G‘ayritarixiy va tabaqaviy cheklanganlik ruxi bilan sug‘orilgan klassitsizm estetikasi badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilarni qoidalar bilan belgilab quyilgan qolipdan chiqmaslikka, oldindan tanlab quyilgan va mavqumlashtirilgan mavzu chegarasidan o‘tmaslikka mahqum etib quydi va bu bilan estetik tafakkur tarixida ma’lum darajada salbiy ahamiyat kasb etdi.
Download 21.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling