Qadimgi dunyo tarixi fanidan mustaqil ish
Dastlabki diniy tasavurlar
Download 29.82 Kb.
|
Aliqulov S. qadimgi tarix word
Dastlabki diniy tasavurlar.
Dastlabki odamlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki unda o‘zidan omadliroq bo‘lgan boshqa kishilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik hissi uyg‘onadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan uning odamlarga munosabati o‘zgaradi. O‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lgan odamlarning ruhlari o‘z qonunlari bilan yashaydigan jamoani tashkil etadilar. Bunday ruhlar odatda insonlarga yordam beradilar, faqat odamlarning aybi bilangina ularga yomonlik qilishlari mumkin. Narigi dunyoda ruh faoliyatining davom ettirilishi to‘g‘risidagi g‘oya ta’sirida vafot etgan kishini hayotligida to‘plagan boyliklarining bir qismi bilan qo‘shib ko‘mish marosimi vujudga kelgan. Keyinchalik marhumga nafaqat boyliklarining bir qismi, balki xizmatkorlari, yaqin kishilari ham qo‘shib ko‘milgan. Odatda marhumga qo‘shib ko‘miladigan xizmatkorlar begona kishilar bo‘lgan. Bunday tartib qabila boshliqlari va hatto oddiy kishilarning ham narigi dunyoga xizmatkori bilan ketishlariga imkoniyat deb hisoblangan. Katta miqdordagi boyliklarning marhum bilan qo‘shib ko‘mib yuborilishi va odamlarni qurbonlik qilish qabila ichidagi o‘zaro munosabatlarga salbiy ta’sir etgan, qo‘shni qabilalar bilan aloqalarni izdan chiqargan. Shu bois ruhning narigi dunyodagi sarguzashtlari to‘g‘risidagi g‘oya takomillashtirilgan va fazilatli yashash tiriklar uchun muhimroq ekanligi haqida g‘oya ishlab chiqilgan. Keyinchalik ruhning narigi dunyodagi taqdiri kishining tirikligidagi xizmatlari bilan belgilanadigan bo‘lgan. Ushbu aqidaga binoan narigi dunyoda rohat-farog‘at hammaga nasib ham qilavermaydi, balki unga hayotini faqat o‘zining elatiga xizmat qilishga bag‘ishlagan, dushmanlarga qarshi kurashgan, barcha urf-odatlar va din talablarini muqaddas bilib, ularni sidqidildan bajargan kishilar erishishlari mumkin va xalqiga xiyonat qilgan sotqinlar, faqat o‘zini o‘ylab yashagan befarq va zaif odamlarning ruhlari abadiy qiynoqqa duchor qilinadi yoki zulmatga g‘arq bo‘lib ketadi, deb hisoblangan. Ibtidoiy din shakllari kabi afsona ham katta ahamiyatga ega. O‘sha davrda insonlar tabiat hodisalarini jonli sherik sifatida qabul qilganlar va ularda individual tafakkur, iroda singari sifatlar mavjud deb hisoblaganlar. Odamlar bu jarayonlarni his etganlar, fikrlaganlar va tushuntirib berishga harakat qilganlar. Afsona shu asnoda vujudga kelgan. Afsona deb tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni sodda xayoliy obrazlar yordamida o‘rganish va tushuntirish vositasiga aytiladi. Afsonada obrazlilikni fikrdan ajratib bo‘lmaydi. U fikr va voqelikni idrok etish shakli va dunyoni bilish usuli hisoblanadi. Shu asosda odam borliqning mohiyatini tushunishga intiladi. Afsona voqelikni tushuntirishga intilishi 34 bilan ertakdan, aniq tarixiy voqeaga asoslanganligi bilan esa dostondan farqlanadi. Insoniyat uzoq o‘tmishdan afsonaning mohiyatini tushuntirishga harakat qilib kelgan bo‘lsa-da, hanuzgacha uning umum qabul qilingan nazariyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Bunday holat uni o‘rganishda tadqiqotchilarning diqqatga sazovor qarashlariga to‘xtalib o‘tishni taqozo etadi. Italiyalik tadqiqotchi J. Viko birinchilardan bo‘lib afsonaning falsafiy nazariyasini ishlab chiqqan. U afsonani odamlarning ustidan hukmronlik qiladigan oliy kuchlarni his etishlari va ulardan qo‘rqishlari sababli vujudga kelgan xayollar o‘yini deb hisoblagan. Qadimgi davrda tabiiy va ijtimoiy kuchlar oldida insonning ojizligi kundalik faoliyatida doimo o‘zini namoyon qilib tursa-da, borliqni hissiymantiqiy idrok etgan. Ingliz etnografi E. Teylorning fikriga ko‘ra, afsonalar va diniy e’tiqodlarning asosini animizm tashkil etadi. Qadimda odamlar predmetlar va hodisalarning mohiyatini tushuntirishda har bir narsada ruhlar mavjudligiga ishonishdan kelib chiqib, tevarak-atrofdagi jarayonlarni ruhlar faoliyatining natijasi sifatida talqin qilganlar. Afsona odamlarning voqelik to‘g‘risidagi sodda fikrlari bo‘lib, tush ko‘rish va ajdodlar ruhlari bilan muloqoti natijasida paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Afsonani o‘rganishda tadqiqotchi B. Malinovskiyning qarashlari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadqiqotchi afsonani nazariy ta’limot deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko‘ra, afsona voqelikni tushuntirmaydi, balki e’tiqodni voqelik sifatida idrok etadi. Haqiqatan, qadimgi davrlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar odamlarning e’tiqodini ifodalaydi va umumlashtiradi, jamiyatda qaror topgan axloq normalarini asoslaydi, marosim va udumlarning maqsadga muvofiqligini qayd etadi, xulq-atvor qoidalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois afsona borliq haqidagi sodda qarashlar va tasavvurlar emas, balki faol ijtimoiy kuch, diniy e’tiqod va axloqni ifodalovchi hayot qonunidir. Hozirgi vaqtda afsona nafaqat xalq og‘zaki ijodiyoti turi va diniy e’tiqodning tarkibiy qismi sifatida mavjud, balki ijtimoiy hayotning siyosat, iqtisod, fan-texnika kabi boshqa sohalarida ham saqlanib qolgan. Masalan, keng tarqalgan hozirgi zamon afsonalari sifatida noma’lum uchuvchi obyekt haqidagi yoxud elektron hisoblash mashinalarida jon borligi to‘g‘risidagi afsonalarni qayd etishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, dinning ilk shakllari nafaqat ibtidoiy jamiyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega voqelik bo‘lgan, balki 35 tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida va hozir ham ijtimoiy hayotda o‘z ta’sirini saqlab qolgan. Download 29.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling