Qadimgi dunyo tarixi fanidan mustaqil ish
Download 29.82 Kb.
|
Aliqulov S. qadimgi tarix word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinlarninig vujudga kelishi.
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI QADIMGI DUNYO TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Ibtidoiy odamlarda siginish va e’tiqod-dinning paydo bo’lishi Bajardi:Aliqulov Saidislombek Tekshirdi: Ismatullayev F. Reja:
1.Dinlarninig vujudga kelishi. 2.Dastlabki diniy tasavurlar. 3.Dinning iptidoiy shakllari. 4.Dinlarning odamlar orasida tarqalishi. Dinlarninig vujudga kelishi. Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bolganm i yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu — dinning tarixiyligi masalasi bo‘lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida — yuqori paleolit davrida, bundan 20— 40 ming yil avval din paydo bo‘lgan. Ikkinchisi, dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, degan fikrdir. Dinning ilk shakllari sifatida totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, sehrgarlik olinadi. Totemizm — diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan biri bo‘lib, hindular tilida «urug‘, kelib chiqish» m a’nolarini beradi. Uning mohiyati ishonuvchilarning o‘zlari bilan ayrim hayvonlar, o‘simliklar orasida g‘ayritabiiy aloqa, yaqinlik qon-qarindoshlik bor, deb faraz qilishlaridan iboratdir. Totemizmda urug‘-qabila, xususan, shu urug‘ har bir a’zosining hayoti va farovonligi ayni shu urug‘ning haqiqiy ajdodi hisoblangan totem — o‘simlik yoki hayvonga bog‘liq deb ishoniladi. Muqaddas joylarda saqlanadigan biror urug‘ ruhini ifodalovchi hayvon yoki o‘simlik sur’ati solingan tosh taxtachalar totem ruhlarining makoni sanaladi. Hayvon yoki o‘simlik shu urug‘ yoki qabila uchun totem, binobarin, muqaddas va homiy hisoblangan. Shuning uchun ham kishilar totemlardan yordam so‘raganlar, ularga sehr yordamida ta’sir qilishga uringanlar. Dunyodagi turli dinlarga e'tiqod qiluvchilar orasida totemistik unsur mavjud Totemizm bilan bog‘liq tasavvurlarning an’anaviy kompleksi — urug‘ning yangi tug‘ilgan a’zolariga, ya’ni tirik avlodlarga «рокуо‘1» bilan totemning o‘tib qolishiga ishonish, sehr jodu yo‘li bilan totemga ta’sir qilib, muayyan urug‘ yoki qabila hududida o‘sha xildagi hayvon yoki o‘simliklarni ko‘paytirish va ularning moddiy farovonligini ta’minlash, totem timsoli bo‘lgan narsaning halokati uning avlodini halokatga olib borishiga ishonishdan iborat bo‘lgan.1 Totemizm hozirgi dinlarda muayyan unsurlar sifatida mavjuddir. Masalan, hindlarda sigir, ilon, maymun, fil va boshqalar hnmon muqaddas hayvon sifatida e’zozlanadi. Totemizm ibtidoiy diniy e'tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma'lum guruhi bilan hayvon va o'simliklarning muayyan turlari (ba'zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o'rtasida g'ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan e'tiqodga asoslanadi. Hayvonlar, o'simliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (ko'pincha hayvonlar) ov qilinmagan, o'ldirilmagan, goʻshti yeyilmagan, ular goʻyo kishilarning qudratli himoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini qarindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir qabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan. Animizm (lotincha «anima» so’zidan olingan bo’lib, «jon», «ruh» degan ma’nolarni anglatadi) — inson, tabiat jismlari va hodisalarining ruhi, joni bor deb e’tiqod qilish, ular bilan muloqot qilish, ularga ta’sir o’tkazish mumkin, degan qarashlar bilan bog‘liq e’tiqod shakllaridan biri. Animizmda real moddiy obyektlar dunyosi ruhiy mavjudotlar dunyosi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiyki kuchlarning jonlantirilishi — animistik timsollardir. Animizmda ruhlar tabiiy hodisalarni boshqaruvchilar hisoblanadi. Bu ruhlar ezgu yoki yovuz bo‘lishi mumkin. Markaziy Osiyoda marhumning joni «arvoh» deb atalgan. Arvohning bir xususiyati shundaki, u o‘likni tashlab uzoqqa ketmaydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb hisoblangan. Shuning uchun ham qadimgi zamonlarda arvoh uchun go‘rni teshib qo‘yganlar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh hamma joyda — daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xarobalarda yuradi. Shunga ko‘ra, kishilar o‘z boshlariga biror-bir mushkul ish tushsa, o‘sha yerlarga borib sig‘inganlar, pul tashlaganlar, arvohlardan madad so‘raganlar. Fetishizm (portugalcha «fetisho», fransuzcha «fetish» so‘zlaridan olingan bo‘lib, «sehrli narsa» degan ma’noni anglatadi)i g'ayritabiiy xususiyatlarga ega deb hisoblanadigan jonsiz narsalar — fetishlarga sigʻinish. Sigʻinish obyektlari, yaʼni fetishlar — tosh, tayoq, koʻzmunchoq, tumor yoki boshqa har qanday buyum boʻlishi mumkin. Fetishizm dinning qadimiy unsurlaridan biridir. Barcha ibtidoiy xalqlarda boʻlgan2. A.Narbekov.Dinshunos asoslari .O’quv qo’lanma.T.:2017 Animistik tasavvurlarga binoan jonzodlarda ruh mavjud. Mavjudotning tanasi ruh uchun qobiq vazifasini bajaradi, lekin u tanadan mustaqildir. Ruh tanani istagan vaqtda tark etishi mumkin. U tanani tark etsa, kishi faolligini vaqtincha yo‘qotadi (hushidan ketadi, tush ko‘radi) yoki vafot etadi. Ruh o‘zining «qobig‘ini» tark etganidan keyin ham individualligini saqlab qoladi. Ruhlar dunyosi predmetlarda, jonzodlarda joylashgan va tanadan mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi ruhlarga bo‘linadi. Tana yoki predmet bilan bog‘lanmagan «oliy» ruhlar ilohiy va moddiy dunyodagi voqeahodisalarni boshqarib turadi, odamlarning hayot yo‘lini va vafot etganidan keyingi taqdirini belgilaydi. Odamlar ruhlarning noroziligini vujudga keltiruvchi ishlarga emas, balki ularning ko‘nglini olishga harakat qilishlari kerak. Shu bois ruhlar sharafiga diniy marosimlar uyushtiriladi, bayramlar o‘tkazib, qurbonlik qilinadi. Ruh nafas, bug‘ yoki soya ko‘rinishiga ega. Uning ko‘rinishidan qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlash mumkin. Ruh odam vafot etishi sababli «qobig‘ini» tark etganidan keyin insonlarga turlicha munosabatda 33 bo‘ladi. Dastlabki odamlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki unda o‘zidan omadliroq bo‘lgan boshqa kishilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik hissi uyg‘onadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan uning odamlarga munosabati o‘zgaradi. O‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lgan odamlarning ruhlari o‘z qonunlari bilan yashaydigan jamoani tashkil etadilar. Bunday ruhlar odatda insonlarga yordam beradilar, faqat odamlarning aybi bilangina ularga yomonlik qilishlari mumkin. Narigi dunyoda ruh faoliyatining davom ettirilishi to‘g‘risidagi g‘oya ta’sirida vafot etgan kishini hayotligida to‘plagan boyliklarining bir qismi bilan qo‘shib ko‘mish marosimi vujudga kelgan. Keyinchalik marhumga nafaqat boyliklarining bir qisAmi, balki xizmatkorlari, yaqin kishilari ham qo‘shib ko‘milgan. Odatda marhumga qo‘shib ko‘miladigan xizmatkorlar begona kishilar bo‘lgan. Bunday tartib qabila boshliqlari va hatto oddiy kishilarning ham narigi dunyoga xizmatkori bilan ketishlariga imkoniyat berdi. Download 29.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling