O'zbekistonning yoqilg'i xomashyo sanoati va uning hududiy tarkibi reja: Kirish


Download 184.17 Kb.
bet1/12
Sana03.12.2023
Hajmi184.17 Kb.
#1798605
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'ZBEKISTONNING YOQILG\'I XOMASHYO SANOATI VA UNING HUDUDIY TARKIBI


O'ZBEKISTONNING YOQILG'I XOMASHYO SANOATI VA UNING HUDUDIY TARKIBI


Reja:
Kirish
1 Yoqilg'i boyliklari sanoatining rivojlanish tarixi .
2 Neft va gaz qazilma boyliklari.
4 Neft va gaz sanoatining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan orni.
5 Ko'mir va boshqa yoqilg'i boyliklarining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o'rni. 6 Viloyatlar kesimida yoqilg'i boyliklarining taqsimlanishi .
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.





Kirish
Mavzuni dolzarbligi: Yoqilgʻi sanoati — har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band boʻlgan sanoat tarqoklari majmui; neft qazib olish, neftni qayta ishlash, gaz, ko‘mir, torf, slanets sanoatlarini oʻz ichiga oladi. Yo. s. energetikaning yetakchi tarmoqlaridan biri. Texnika taraqqiyoti va u bilan chambarchas bogʻliq holda xalq xoʻjaligida energiya isteʼmolini jadal koʻpaytiradigan i. ch.ni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, elektrlashtirish, issiqlik bilan taʼminlashning rivojlanishi yoqilgʻining ahamiyatini tobora oshirib boradi. Yoqilgʻi moddalari, ayniqsa neft va gaz kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi mavzuning dolzarbligi shundan iboratki yoqilg’i xomashyo santoati tarixi fanga ma’lim bo’lsada uni qayta o’rganish va kelajak avlodga manba va malumotlarni batafsil yetkazish.
Mavzuni maqsadi: Oʻzbekistonning yoqilg`i boyliklari sanoatining rivojlanish tarixini o`rganish. Neft va gaz qazilma boyliklari, ko`mir va boshqa yoqilg` boyliklari haqida ma`lumotlar tuplash. Neft va gaz sanoatining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o`rni ,ko`mir va boshqa yoqilg`i boyliklarining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o`rni tug`risida batafsil ma`lumotlarga ega bo`lish.Viloyatlar kesimida yoqilg`i boyliklarining taqsimlanishi tavsiflash.
Mavzuni vazifasi: Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neftgaz sanoatining kelgusi taraqqiyoti uchun oʻta muhim boʻlgan noyob inshootlar bunyod etildi. Koʻqsumaloq neftgaz kondensat koni jadal surʼatlar bilan oʻzlashtirildi. Bu yerda 1997 y. 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash kompressor st-yasi ishga tushiriddi. Koʻkdumaloq konining neft va gaz kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kurildi, Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi toʻliq taʼmirlandi (2000). Umuman Oʻzbekistonda qazib olinayotgan gazning asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Shoʻrtan gaz kondensati majmuasining oltingugurtdan tozalash inshootlarida qayta ishlanmoqda. Oʻzbekistonda tabiiy gaz 12 ming km dan ziyod magistral gaz quvurlari orqali tashilmoqda va taqsimlanmoqda. Respublikaning gaz uzatish tarmogʻi MDH mamlakatlari yagona gaz tizimiga ulangan. Oʻzbekistonda aholini tabiiy gaz bilan taʼminlashning ishlab chiqilgan dasturi izchil amalga oshirilmokda. Oʻzbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 85% idan xalq xoʻjaligi tarmoklari va aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Uning 15% qoʻshni mamlakatlarga eksport qilindi. Gazning 25% elektr st-yalariga, 10% tarmoqning oʻz texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30% dan ziyodi kommunalmaishiy ehtiyojlarga yoʻnaltirilgan. Yo. s. chet mamlakatlardan AQSH, Rossiya, Kanada, GFR va b.da rivojlangan. Yoqilgʻi qazib olishda AKSH jahonda birinchi oʻrinda turadi. Lekin shunga karamay ayrim rivojlangan mamlakatlarda ham energiya xom ashyosi yetishmasligi bilan bogʻliq boʻlgan energetika tangliklari uchrab turadi. Yoqilg`i xomoshyosi haqida ma`umotlar tuplash, o`rganish va tahlil qilish, “Yoqilg’i xomoshyo sanoati va uning hududiy tarkibi” mavzuning assosiy vazifasidir.

Download 184.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling