O'zbekistonning yoqilg'i xomashyo sanoati va uning hududiy tarkibi reja: Kirish
Ko'mir turlari va solishtirma turlari
Download 184.17 Kb.
|
O\'ZBEKISTONNING YOQILG\'I XOMASHYO SANOATI VA UNING HUDUDIY TARKIBI
Ko'mir turlari va solishtirma turlariASTM xalqaro standartlari tashkiloti biodegrade qilingan hijobli hümik moddalardan va organik materiallardan yoki vitrinitten tashkil topgan ko'mir darajalarini tasniflash uchun tartib-qoidalar chiqargan. Ko'mir miqdori geologik metamorfoz, qattiq uglerod va kaloriya qiymatiga asoslangan. ASTM D388 - 05 darajasiga ko'ra ko'mirning standart tasnifi. To'rt turdagi qanday farqlanadi? Umumiy qoida sifatida, ko'mirning darajasi qanchalik qiyin bo'lsa, uning energiya qiymati va darajalari qanchalik baland. Quyida uglerod va energiyadagi zich zichlikdagi to'rt xil turdagi ko'mirning nisbatan zichroq bo'lgan nisbiy reytingi keltirilgan. Shargʻun koʻmir koni - Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor togʻ tizmasining jan.gʻarbiy tarmogʻida joylashgan. 1941-yilda ochilgan. Shargʻun koʻmir konik. quyi va oʻrta yura davriga mansub koʻmirli yotqiziqlar ichida topilgan. Qora Machitli antiklinalining jan. qanotida. Bu strukturaning oʻzak qismi tokembriy gneys va slanetslari hamda quyi paleozoy qumtoshli slanetslaridan tarkib topgan. Ular ordovik, silur, devon va karbon davrlariga oid terrigen va karbonatli yotqiziqlar bilan qoplangan. Quyi hamda oʻrta yura yotqiziqlari koʻmirga boy. Koʻmir yotqiziqlarining umumiy qalinligi 26 m. Koʻmir qatlami (baʼzi bir joylari uzlukli) Guliob soyidan Obizarang soyigacha — gʻarbdan sharqqa 10 km ga choʻzilgan. Shargʻun koʻmir konik. eng yirik qatlamining qalinligi 12,5 m; qatlamlarning oʻrtacha qalinligi 4,6 m. Koʻmir qatlamining pastki qismi yupqa argillit va alevrolit togʻ jinslaridan tarkib topgan. Foydali qatlamlar tarkibida 5% gacha neft bitumlari boʻlgan turli xil petrografik tipdagi koʻmirdan iborat. Shargʻun koʻmir konik.da koʻmir qatlamining yotish burchagi boʻylab tektonik harakatlar sodir boʻlishi natijasida koʻp miqdorda maydalangan koʻmir uchraydi. Shargʻun koʻmirining yonish quvvati 5690—7302 kkal/kg; oʻz-oʻzidan yonmaydi, hajmi 1,35 t/m3, qattiqlik jihatidan 2sinfga mansub. Kulining oʻrtacha miqdori 16,95% (5,3% dan 23,2% gacha). Oltingugurti kam (oʻrtacha 0,02%)ni tashkil etadi. Shargʻun koʻmiri — toshkoʻmir boʻlsa ham maydaroq va yumshoqroq, yengil tozalanadi, fkada briketlanib, isteʼmolchilarga yuboriladi. Shargʻun koʻmir konik. ning zaxirasi 36 mln. t. Yiliga 50 ming t koʻmir qazib olinadi. Shargʻun koʻmiri karbid olish uchun xom ashyo hisoblanadi. BOYSUN TOSHKO’MIR KONI — Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yura qatlamlarida joylashgan kon. Boysuntog’ning Jan.g’arbiy tarmog’i bo’lgan Ketmonchopti tizmasining Janub yon bag’rida. Tuman markazi Boysundan 10 kilometr Janubi sharqda, Sho’rchi temir yo’ldan 60 kilometr narida. 1940-yillardan o’zlashtirila boshlangan. Ko’mir qatlamlari assimetrik ko’tarilgan Ketmonchopti tog’ida taxminan 25 kilometr kvadrat maydonni egallagan. Kon geomorfologik va tektonik jihatdan 3 qism (shimol, g’arbiy va Janub) dan iborat. Quyi, o’rta yura jinslari orasidan 22 ta ko’mir qatlami topilgan, shuning ikkitasidan ko’mir qazib olinadi. Ko’mir «T» markasiga mansub va yuqori kaloriyali. Undan koksbriket ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan. Ko’mirning aniqlangan zaxirasi 15 million tonna 1996 yil 10 ming tonna ko’mir qazib olindi. Istiqbolda ko’mir qazib chiqarishni yiliga 100 ming tonnaga yetkazish mo’ljallangan. Download 184.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling