O'zbekistonning yoqilg'i xomashyo sanoati va uning hududiy tarkibi reja: Kirish
Download 184.17 Kb.
|
O\'ZBEKISTONNING YOQILG\'I XOMASHYO SANOATI VA UNING HUDUDIY TARKIBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Neft va gaz sanoatining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o`rni
Angren koʻmir koni – Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qoʻngʻir kumir koni. Qurama va Chatqol toglari etagida. Geologik kon qidiruv ishlari 1934-yil.dan boshlangan. Dastlabki shaxta 1940-yilda ishga tushirilgan. Koʻmirli havzaning maydoni qariyb 70 km². Aniqlangan zaxirasi 860 m chuqurlikkacha 1,9 mlrd. t (Oʻrta Osiyodagi barcha koʻmir zaxirasining qariyb 1/4 qismi). Koʻmir yura yotqiziqlari orasida joylashgan, qatlami juda serbar, qalinligi yer yuza-sida 20 m dan chuqurlikda 130 m gacha. Koʻmir B2 markasiga mansub. Yonish issiqligi 13,9 MJ/kg. Koʻmir asosan ochiqusulda (2,5 mln. t), qisman yer ostidan (0,5 mln. t) qazib olinadi. Bundan tashkari "Yerostigaz" stansiyasida kumir gazga aylantirilib, yiliga 50 mln. m3 gaz ishlab chiqariladi. Koʻmir bilan birga ka-olin ham qazib olinadi. Qatlamlar ora-sida portlandsement, flyus, burt hamda kanalizatsiya quvurlari ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻladigan jinslar koʻp.
4. Neft va gaz sanoatining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o`rni O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi. O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi. O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi. Tabiiy gazlarning asosiy tarkibini (92 – 96% gacha) metan tashkil etadi. Ularning tarkibida 6% gacha boshqa ugleovdorodlar (etan, propan, butan va oltingugurt birkmalari hamda uglerod-(IV)-oksidi) bo’ladi. Sanoatda metandan atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar va boshqalar olinadi. Metan asosida yuzlab organik birikmalarni hosil qilish mumkin. Tabiiy gazlarni qazib olish vaqtida gaz kondensati ham ajralib chiqadi. Gaz kondensati suyuq uglevodorodlarning aralashmasi bo’lib, undan juda ko’p alohida uglevodorodlarni ajratib olish mumkin. O’zbekistonda tabiiy gazlarning katta miqdori Gazli, Sho’rtan, Surxondaryo viloyati, Muborak va boshqa rayonlardan qazib olinmoqda. O’zbekistonda har yili 55 mlrd kubometrdan ortiq tabiiy gaz, 3,5 mln. tonnagacha gaz kondensati qazib olinadi. Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi. Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi. Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda murakkab tarkibga ega. Uning tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar ham kiradi. Neftni kelib chiqishi to’g’risida hozirgi kunda ikki xil qarash mavjud. Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, neft o’tmishda mavjud bo’lgan hayvonot va o’simlik olamining geokimyoviy o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan. Neftning organik birikmalardan hosil bo’lishi to’g’risidagi bu nazariya tarkibida azotli, oltingugurtli birikmalar bo’lishi bilan isbotlanadi. Bu birikmalar hayvon to’qimalarida va o’simliklarda mavjud bo’lgan oqsil va boshqa organik birikmalar parchalanishidan hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Boshqa guruh olimlari esa neftni noorganik birikmalar, ya’ni metall karbidlaridan paydo bo’lgan degan fikrdalar. Neftning eng katta miqdori (butun dunyodagi neftning taxminan 65 % dan ortig’i) Saudiya Arabistonida joylashgan. Neftning katta konlari Tyumen, Boshqirdiston, Kavkaz va Markaziy Osiyodadir. Neft gazlar, suv, mexanik aralashmalardan (qum, tuproq va boshqalar) tozalangandan so’ng asosan uch qismga haydab ajratiladi: benzin (30-1800C gacha qaynaydigan bo’lak), kerosin (180-3000C gacha qaynaydigan bo’lak) va mazut (qoldiq): neftning bu asosiy bo’laklaridan yana petroley (neft) efiri (30-800C), ligroin (110-1400C), gazoil (270-3000C) kabilar ajratib olinadi. Mazutni past bosimda yoki suv bug’i bilan haydab solyar moylari, surkov moylari, vazelin, parafin va boshqalar olinadi. Neft to’g’ridan-to’g’ri haydalganda juda kam miqdorda (25% gacha) benzin ajratib olinadi. Benzinning miqdorini oshirish maqsadida yuqori haroratda qaynaydigan neftning bo’laklari – kerosin, gazoil, mazut va boshqalar krekinglanadi, ya’ni past haroratda qaynaydigan bo’lakalarga parchalanadi. Kreking jarayoni birinchi marta 1871-1878 yillarda Peterburg texnologiya institutining xodimi A.A. Letniy tomonidan o’rganilgan bo’lib, 1891 yilda rus injeneri V.G. Shuxov kreking qurilmasini yaratadi. Sanoat miqyosida kreking jarayoni 1920 yillardan boshlab qo’llanilmoqda. Krekingning bir necha turlari mavjud. Suyuq fazadagi kreking, 2,0-6,0 MPa, 430-5500C da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% atrofida bo’ladi. Bug’ fazadagi kreking 6000C da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% dan kam bo’lib, 40–50% atrofida etilen uglevodorodlari hosil bo’ladi. Vodorod ishtirokida parchalashda neft mahsulotlari 20,0–25,0 MPa bosim, 300-4000C harorat, temir, nikel, volfram katalizatorligida vodorod ishtiroki bilan olib boriladi. Benzinning miqdori 90% gacha yetadi. Hozirgi kunda sanoatda katalitik kreking keng tarqalgan bo’lib neft mahsulotlari 300-5000C da alyumosilikat, seolit, xrom oksidi va boshqa katalizatorlar ishtirokida krekinglanadi. Buning natijasida yuqori navli benzin olinadi. Krekingni yana bir necha turlari mavjud. O’zbekistonda yiliga 6 mln. tonnadan ortiq neft qazib olinmoqda. O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi. Neft va gaz kimyosi fanlari uchrashgan joyda mavjud bo`lib, quyidagi qismlarni o`z ichiga oladi: 1. Neft alkanlari, 2. Neft sikloalkanlari, 3. Neft arenlari va gibrid birikmalari, 4. Neftni qayta ishlashda hosil bo`luvchi to`yinmagan uglevodorodlar, 5. Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar: a) kislorod saqlovchi birikmalar; b) oltingugurt saqlovchi birikmalar; d) azot saqlovchi birikmalar; e) smolasimon - asfalten birikmalar, f) mineral komponentlar; 6. Neftni qayta ishlashdagi termik jarayonlar. 7. Neftni qayta ishlashdagi termokatalitik jarayonlar. 8. Neft va uning mahsulotlarini oksidlash. 9. Neftni qayta ishlashdagi gidrogenizatsiya jarayonlari. O`zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft konlariga boy bo`lib, 5 ta regionga ajratilgan: 1. Ustyurt; 2. Buxoro - Xiva; 3. Janubi g`arbiy Hisor; 4. Surxondaryo; 5. Farg`ona. Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi. Download 184.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling