O'zbekistonning yoqilg'i xomashyo sanoati va uning hududiy tarkibi reja: Kirish


Ko'mir va boshqa yoqilg'i boyliklarining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o'rni


Download 184.17 Kb.
bet10/12
Sana03.12.2023
Hajmi184.17 Kb.
#1798605
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
O\'ZBEKISTONNING YOQILG\'I XOMASHYO SANOATI VA UNING HUDUDIY TARKIBI

5. Ko'mir va boshqa yoqilg'i boyliklarining mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan o'rni
O‘zbekistonda 2050-yilga borib energetika tarmog‘ida uglevodorod neytralligiga erishish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev Xalqaro press-klubda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi O‘zA.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistonda to‘liq huquqiy baza yaratilgan. O‘tgan besh yil davomida ikkita qonun, to‘rtta prezident qarori, to‘rtta Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan.
Bu qarorlar sohani tartibga soluvchi, qonun-qoidalar va normalarni belgilovchi hujjatlar hisoblanadi. Bundan tashqari, energetikani rivojlantirish konsepsiyasi aniq raqamlar va hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan va Energetika vazirligi veb-saytida joylashtirilgan. Unga ko‘ra, 2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini qariyb 30 foizga yetkazish kerak.
“Shu bilan birga, bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning eng ilg‘or mamlakatlari tomonidan qabul qilingan uglevodorod neytralligi dasturiga ham qo‘shilgan. 2050-yilga kelib, mamlakatda iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan, energetikada uglevodorod neytralligiga erishish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bu – tabiiy gaz, ko‘mir, neft mahsulotlaridan yoqilg‘i sifatida foydalanishdan to‘liq voz kechish degani. Bir qarashda bu uzoq muddatday ko‘rinadi, lekin bugungi kundagi energetika sohasida bo‘layotgan o‘tish jarayoni o‘zining ko‘lami va ahamiyati jihatidan bir vaqtlar qazilma boyliklar, neft va gaz qoplaganday o‘zgarishlar bilan solishtirish mumkin. Insoniyat hayoti keskin o‘zgardi. Ayniqsa, sanoat va transport logistika sohasiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi”, — deydi Xo‘jayev.
Energetika vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektr energiyaga bo‘lgan talabni g‘arb mamlakatlari bilan solishtirilganda, u keskin farq qiladi. Chunki mamlakat iqtisodiyoti hali elektr energiyasi bilan to‘yingan emas. Talabning o‘sish suratlari yillik eng kamida 11-12 foizga o‘sishi kutilmoqda.
“Bu 2030-yilga borib erishiladigan natijalardir. Bu degani biz hozirgi kundagi an’anaviy energetika manbalaridan to‘liq voz kechib, quyosh va shamol energetikasiga o‘tishimiz juda qiyin. Birinchi navbatda, o‘sib borayotgan talabni to‘yintirish zarur. Shunga asosan 2030-yilga qadar prezident tomonidan belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatkichlar bor. Ya’ni bu davrga qadar kamida 5 ming megavattli shamol elektr stansiyalari va 7 ming megavattli quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish lozim”, — deydi vazir o‘rinbosari.
Xo‘jayevning ta’kidlashicha, 2021-yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida sanoat miqyosidagi birinchi yirik 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan. 2022-yil aprel oyiga qadar Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ikkinchi 100 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi.
2022-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha yirik ishlar amalga oshiriladi. Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1 700 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish uchun loyiha bitimlari imzolanishi ko‘zda tutilgan.
2023-yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 097 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro (G‘ijduvon va Peshku) va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi “yashil energiya” ishlab chiqarishni boshlaydi.
2026-yilga borib O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalari hajmi 4000 MVtga va shamol elektr stansiyalari hajmi 4000 MVtga yetkaziladi hamda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini tashkil qiladi. Buning natijasida yiliga qariyb 3 milliard metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Ushbu hajmdagi tejalgan gaz bilan 1 million xonadonni 1 yil davomida tabiiy gaz bilan ta’minlash mumkin.
O‘zbekiston gidroenergetika sohasidagi ishlar ham sarhisob qilinib, 2017—2021-yillarda 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilingani va 244 MVt qo‘shimcha quvvat yaratilgani qayd etildi. 2022—2026-yillarda Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Qashqadaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida 15 ta yangi gidroelektr stansiyasi quriladi. Mavjud 5 ta GESda modernizatsiya ishlari amalga oshiriladi. Bunday choralar yiliga qo‘shimcha 868 MVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarni barpo etishga puxta zamin yaratadi. 2026-yilga borib mamlakat gidroelektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 920 MVtga yetishi ma’lum qilingan.


Download 184.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling