17. Quyidagilardan xronologik xatolikka yo’l qo’yilmagan
javobni aniqlang.
A) O‘rta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari mil. avv.
X–IX asrlarga tegishli;
B) Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyodagi
xettlar mil. avv. ХIV–XIII asrlarda foydalana boshlagan;
C) Tosh gurzi. Mil. avv. X–IX asrlarga oid topilma hisoblanadi;
D) Kohin boshi. Tosh haykalcha. Mil. avv. IX–VIII asrlar.
Surxondaryo vohasi
18. Quyidagi voqealardan qaysi biri avvalroq sodir bo’lgan?
A) inson hayvonlarni qo‘lga o‘rgata boshladi;
B) toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash
usullari o‘zgardi. Odamning aqliy qobiliyati va tashqi qiyofasi ham
o‘zgarib bordi;
C) Muzlik davri poyoniga yetdi;
D) Qadimgi Sharqning turli viloyatlarida ishlab chiqaruvchi
xo‘jalikka o’tildi.
19. Quyidagilardan mil.avv. 2-mingyillikka oid bo’lgan voqeani
aniqlang.
A) Odamlar Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga
moslasha boshladi;
B) Misrning ikkita podsholigi birlashtirildi va yagona
davlat
vujudga keldi;
C) ko‘chmanchi giksos qabilalari Misrga hujum qildi va Quyi Misr
egallandi;
D) Kambiz II Misrni bosib oladi
20. Quyidagilardan Misrda Yangi podsholik fir’avni
bo’lmagan javobni aniqlang.
A) Menes B) Yaxmos C) Tutanxamon D) Tutmos III
21. Qachon Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat
iqtisodiyoti va madaniyatida yuksalish boshlandi?
A) mil. avv XVIII asr B) mil. avv VIII asr
A) mil. avv XIII asr A) mil. avv VII asr
22. Misrda Yangi podsholik hukmdorlari qo‘shni davlatlar
ustiga bosqinchilik yurishlari uyushtirdilar. Fir’avnlar qaysi
hududlarga hujumni boshlab yuboradilar?
A) Nubiya va Liviya B) Nubiya va Falastin
C) Liviya va Old Osiyo D) Nubiya va Old Osiyo
Do'stlaringiz bilan baham: |