NEOLIT (neos yangi va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrganilgan. - NEOLIT (neos yangi va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrganilgan.
- Neolit davri osori atiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrining bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. Neolit davrida odamzodning turmush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solindi. Neolit odamining xoʻjalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yogʻoch dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi toʻrlarini toʻqish va xonaki toʻqimachilik yuzaga keladi. Chaqmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (oʻq yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, oʻroq, oʻroqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tigʻini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga oʻtkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, oʻroq, oʻrokranda, arra, chop-qilar kabi xoʻjalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. Neolit odamining mehnat faoliyatidagi oʻzgarishlar, xoʻjalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda "Neolit inqilobi" deb ataldi. Bu bos-qich davomida ona urugʻdoshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va toʻqimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urugʻdoshligiga oʻtish uchun zamin yaratildi.
- Biroq, tabiiy geografik sharoitlarning taqozosi bilan Neolit kabilalarining turmush tarzi turli mintaqalarda har xil kechdi. Shu boisdan har xilhududda oʻziga xos Neolit davrining turli xil madaniyati shakllandi. Ibtidoiy deqqonchilik va xonaki chorvachilikka asoslangan madaniy xayot Yaqin Sharq mamlakatlari (Misr, Irok va Eron) hududlarida miloddan avvalgi 6—4ming yilliklardayoq qad. dehqonchilik oʻlkalarida tosh tishli qadama oʻroq, tosh hovoncha va suyakdan yasalgan kertma ketmonchalardan foydalanilib, arpa, jaydari ^ugʻdoy, tariq, loviya va sholi kabi bo-’ shokdi oʻsimliklar madaniylashtiril-di, guvalalardan uylar bino qilinib, avval qoʻlda, soʻngra qoʻl charxida gul-dor sopol idishlar va ayol haykalchalari yasaldi.
- Miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklarda Oʻrta Osiyoda istiqomat qilgan qabila va jamoalar 2 yoʻnalishda rivoj topdi. Mas, uning jan.-gʻarbiy hududlarida Neolit davri jamoalari ilk dehqonchilik va xonaki chorvachilik (echki, qoʻy va qoramol) bilan shugʻullangan boʻlsalar, uning shim. va shim.-sharqiy hududlarida esa bu davrda odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan kun kechiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |