Qadimgi Grek va Rim kalendari


Qadimgi rimliklar kalendari


Download 49.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi49.54 Kb.
#1468441
1   2   3   4
Bog'liq
referat

 Qadimgi rimliklar kalendari. 
Qadimgi Rimda ham vaqt hisobi qamariy kalendarga asoslangan edi. Rim 
kalendarining paydo bо`lishi haqida tarixdan bizgacha aniq ma`lumot saqlanib 
qolmagan, ammo Rimning afsonaviy asoschisi va birinchi Rim podshosi Romul 
davrida, aniqrogi eramizdan avvalgi VIII asr о`rtalarida ana shunday kalendardan 


keng foydalanishgan. Bu kalendarga binoan ularning tabiiy yili turli mavsumlarga 
bо`lingan bо`lib, ular dehqonchilik ishlariga asoslangan edi. Yil 10 oy va 304 
kundan iborat bо`lgan. Yil oylarining soni turli lotin qabilalarida turlicha mikdorda 
edi. Bu haqda Senzorin yozib qoldirgan. Bu oylar avvaliga xech qanday nomga 
ham ega emas edi: ular tartib soni bilan atalardi. Yangi yil odatda baxor 
boshlanadigan oyning birinchi kunidan boshlanar edi. 
Eramizdan avvalgi VIII asr oxirlariga kelib rimliklar kalendarining ayrim 
oylari о`z nomiga ega bо`la boshlaydi. Masalan yilning birinchi oyi urush xudosi, 
dehqonchilik va chorvachilik xomiysi Mars sharafiga martius deb atalgan. 
Qadimgi Rimda qishloq xо`jalik ishlari odatda ana shu oydan boshlanardi. Yilning 
ikkinchi oyi esa aprelis deb nomlangan (aprelis – lotincha bо`lib, “ochilish” 
demakdir). Shu ikkinchi oyda tabiat odatda ochiladi, gullaydi – yerga eqilgan 
uruglar unib chiqadi, daraxtlardagi kurtaklar barg yozadi. Uchinchi oy xudo 
Merkuriyning onasi va gо`zallik xudosi Mayyaga bag`ishlanib mayus deb 
ataladigan bо`ldi. Chunki tabiat xuddi shu oyda о`zining butun gо`zalligini, 
kuchini namoyon qiladi. Tо`rtinchi oy esa rimliklarning bosh xudolaridan biri xudo 
Yupiterning xotini ayollar xomiysi Yunonaga bag`ishlanib, yunis deb nom oldi. 
Shunday qilib, qadimgi rimliklar kalendarida Hozirgi mart, aprel, may va iyun 
oylarining nomlari paydo bо`ldi. Yilning boshqa oylari esa nomsiz, о`zining tartib 
soni bilan atalganicha qolavergan. Ular quyidagilar: 
Kvintilis – “beshinchi” Oqtober – “sakkizinchi” 
Sekstilis – “oltinchi” November – “tо`kkizinchi” 
Sentember – “yettinchi” Detsember – “о`ninchi” 
Martius, mayus, kvintilis va oqtober oylari 31 kundan, qolgan olti oy esa 30 
kundan iborat bо`lgan. Shuning uchun qadimgi Rim kalendarini quyidagicha 
tasavvur etish mumkin: 
№ Oy 
nomlari 
K
uni 
№ 
Oy 
nomlari 
K
uni 

Mart 
3

Sekstilis 
3





Aprel 
3


Sentabr 
3


May 
3


Oqtober 
3


Iyun 
3


Novemb
er 
3


Kvintilis 
3

1

Detsemb
er 
3

1 yil 10 oy 304 kundan iborat bо`lgan. 

Download 49.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling