Qadimgi Gretsiyada
Download 43.89 Kb.
|
qwertyuiopop
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq Renesansi
Afrika mintaqasi. Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi Afrika mamlakatlarida namoyon bo’lmoqda. Afrika mintaqasining xalqlari bir necha asrlar mobaynida o’zining milliy madaniyati va uning tarkibiy qismi sifatida jismoniy madaniyatni ham yuzaga keltirdi. Lekin mustamlakachilik tizimi bu yurtlarda iqtisodiy va madaniy rivojlanishni ancha orqada qoldirdi. Jismoniy madaniyat taraqqiyotining to’xtab qolish sababi, asosan, aholini yo’qchillik, qashshoqlik holati bilan bog’liq edi. Jismoniy tarbiya va sport, o’yinlar bilan shug’ullanish mustamlaka egalari va mahalliy boylargagina nasib etgan edi, layoqatli va eng yaxshi sportchilar faqat metropoliylar, ya’ni mustamlakachilar (Fransiya, Angliya, Italiya va boshqa davlatlar) terma jamoalari tarkibidagina musobaqalarda qatnashganlar.
Gumanistlarning jismoniy tarbiya to’g’risida ta’mot Gumanistlarning jismoniy tarbiya to’g’risida ta’limoti. XVI va XVII asrlarda G’arbiy Yevropa feodal ishlab chiqarish usuli hali hukmron edi. Bu davrda taraqqiy etishni boshlagan fan va texnika ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam berdi, texnika esa olimlar qo’liga juda ko’p sonli yangi faktlarni berib, bu faktlar fanni boyitdi va uni ilgari siljitdi. O’rta asrlarda dengizda suzish ehtiyoji natijasida kemasozlik taraqqiy etdi, ispanlar, gollandiyaliklar, inglizlar Shimoliy va Janubiy Amerikada ko’pgina geografik kashfiyotlar qildilar. Poroxning kashf etilishi o’q otadigan qurolning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Meditsina ham jadal sur’atlar bilan taraqqiy etib bordi. Tabiatshunoslik sohasida inson faoliyatini organishga doir kashfiyotlar qilingan. Leonardo da Vinchi (1452-1519) qushlarning uchishini kuzatib borib, uchuvchi apparatning tuzilishi to’g’risida o’z mulohazalrini bayon etgan. Leonardo da Vinchi odam gavdasining mutanosibligi va uning harakati mehanikasini o’rgangan. Gumanistlar o’rta asr ilohiy qarashlariga qarama-qarshi o’laroq, inson shaxsini ulug’ladilar, insonga, uning kuch va qobiliyatiga ishonch bilan qaradilar. Insonga bo’lgan qarashlardagi bunday o’zgarish odatda «gumanizm» (insonparvarlik) tushunchasi bilan anglatiladi. So’nggi o’rta asr davridagi gumanizm ikki asosiy manbadan: qadimgi xalqlar madaniyati va xalq ijodidan foydalangan. Xalq ijodidan kam foydalanilar edi, shuning uchun so’nggi o’rta asr davrining gumanizmi asosan qadimgi dunyoda yaratilgan qadriyatlarni tiklashdan iborat edi Markaziy Osiyoda o’rta asrlar davrida jismoniy tarbiyaning xususiyatlari. Markaziy Osiyoda o‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiyaning rivojlanish xususiyatlari. Sharqning buyuk alloma va mutafakkirlarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari. Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiya to‘g‘risida. Amir Temurning harbiy-jismoniy ta’limoti. O’zbekistonning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridanoq mamlakat tarixini qayta yoritish va barcha voqeliklarni ochiq-oydin ko’rsatish vazifa qilib qo’yildi. Ma’lumki, Vatanimiz jahon madaniyatiga beqiyos hissa qo’shgan ulug’ allomalar, buyuk olimlar, mohir sarkarda va davlat arboblari bilan mashhurdir. Milliy madaniyat taraqqiyotida O’zbekiston dunyo davlatlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o’ziga xos xususiyatlari, o’zining geografik va tabiiy qulayliklariga ko’ra qadimdan insoniyat tarixining ilg’or madaniy markazlaridan joy olib kelgan. VII asr boshlarida Arab xalifaligi tashkil topib, unung tarkibiga butun Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya kiritilgan. VII asr o’rtalariga kelib esa arab bosqinchilari tomonidan Markaziy Osiyo yerlari ham zabt etilgan edi. Arablarga qarshi mahalliy xalqlar uzoq yillar davomida urush olib borganlar. Lekin arablar bu yerlarni to’la istilo qilib, o’z dini va madaniyatini o’rnatish, Markaziy Osiyo xalqlarini Islom diniga bo’ysunishiga erishdilar. Arab xalifaligining amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy islohotlari, yagona islom dinining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Islom qadriyatlari xalq ma’naviy hayotining uzviy qismi sifatida uning turmush tarzidan, xatti-harakatidan munosib o’rin oldi. Islom dinida musulmonlar jismni toza tutish, dam olish, bolalarni yoshlikdan odobli bo’lishga o’rgatishga da’vat qilindi. Lekin ayollarning erkinligi, ochiq yuz bilan yurishi, avvalgidek erkaklar bilan birgalikda teng mehnat qilishi, kurash, ot o’yinlarida bellashuvi taqiqlangan edi. VII-VIII asrlarda Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma'naviy ko’tarilish – «Sharq Renesansi» - Uyg’onish davrini boshlab berdi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va ning o’g’li Ma’mun davrida Bag’dodda “Baytul hikma” (Donishmandlik uyi) Akademiyasi tashkil etilgan. VII-VIII asrlarda Arab xalifaligida ilm- fan taraqqiyoti. VII asr boshlarida Arab xalifaligi tashkil topib, unung tarkibiga butun Arabiston yarim oroli, Eron, Kavkaz orti, Suriya, Shimoliy Afrika, Janubiy Ispaniya kiritilgan. VII asr o’rtalariga kelib esa arab bosqinchilari tomonidan Markaziy Osiyo yerlari ham zabt etilgan edi. Arablarga borganlar. Lekin arablar bu yerlarni to’la istilo qilib, o’z dini va madaniyatini o’rnatish, Markaziy Osiyo xalqlarini Islom diniga bo’ysunishiga erishdilar. Arab xalifaligining amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy islohotlari, yagona islom dinining tarkib topishi madaniy, ma’naviy hayotga ham ta’sir etdi. Islom qadriyatlari xalq ma’naviy hayotining uzviy qismi sifatida uning turmush tarzidan, xatti-harakatidan munosib o’rin oldi. Islom dinida musulmonlar jismni toza tutish, dam olish, bolalarni yoshlikdan odobli bo’lishga o’rgatishga da’vat qilindi. Lekin ayollarning erkinligi, ochiq yuz bilan yurishi, avvalgidek erkaklar bilan birgalikda teng mehnat qilishi, kurash, ot o’yinlarida bellashuvi taqiqlangan edi. VII-VIII asrlarda Arab xalifaligida ilm-fan taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma'naviy ko’tarilish – «Sharq Renesansi» - Uyg’onish davrini boshlab berdi. Xalifa Xorun ar-Rashid (786-833) va ning o’g’li Ma’mun davrida Bag’dodda “Baytul hikma” (Donishmandlik uyi) Akademiyasi tashkil etilgan. Abu Ali ibn Sino jismoniy tarbiya haqida. Download 43.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling