Qadimgi jamiyatlarda texnik progress


Download 38.72 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi38.72 Kb.
#1085534
Bog'liq
Mustaqil ish


NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O’QITISH METODIKASI (TARIX)
MUTAXASSISLIGI 2-BOSQICH TALABASI ZUVAYDULLAYEV SHAHZODBK AKMAL O`G`LINING JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI FANIDAN “QADIMGI JAMIYATLARDA TEXNIK PROGRESS” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

Mavzu: Qadimgi jamiyatlarda texnik progress
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1.Mehnat qurollari va materiallarining evolyutsiyasi.
2. Xo’jaliklarning yoqilg‘i-energiya resurslari.
3. Qadimgi dunyoda inson va tabiat.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar


1. Insoniyat taraqqiyotidagi har bir bosqich, uning bilim va ko‘nikmalari, jamiyatning texnologik bazasida- mehnat qurollari xususiyati va to‘plami, foydalaniladigan xomashyo va buyumlar, qo‘llaniladigan yoqilg‘i va texnologiyalar, ishlab chiqarishga tabiat kuchlarining tortilish darajasi va atrof-muhitga ta’siri mehnatni tashkil qilishdagi taqsimot va kooperatsiyadagi tub o‘zgarishlarda o‘z ifodasini topdi. Jamiyat piramidasining ikkinchi qavatidagi har bir unsurida turli uzunlikdagi sikllar almashuvi kuzatiladi.
Ular sinxron o‘zaro harakat qilib, ishlab chiqarishning texnologik usullari almashuv ritmini belgiladilar. Ularning har birini texnologik ukladlarning texnik progressini umumlashgan ifodasi deyish mumkin.
Neolit sivilzatsiyasi unga xos ishlab chiqarishning texnologik usuliga qadar inson foydalanadigan ishlab chiqarish vositalari majmuasining juda uzoq shakllanishi va sekin rivojlanishi bo‘ldi.
Zamonaviy odamning uzoq avlodi ov yoki yovvoyi hayvonlardan himoyalanishi, qo‘liga tushib qolgan tosh yoki tayoqlardan ba’zi paytda foydalanishi, yog‘och, tosh va suyaklardan mehnat qurollari tayyorlashga o‘tishi va ov insoniyatning shakllanish tongidagi ulkan umumtexnik to‘ntarish deyish mumkin. Odamlar ibtidoiy qurollar bilan o‘simlik urug‘lari va ildizlarini qazish, terish, hayvonlami ovlash jarayonida tosh, kremniy, yog'och, suyak parchalariga ishlov berish, ularga kerakli shakl berish va mehnat quroli sifatida foydalanishga o‘rgandilar. Ishlab chiqarishning paleolit usuli rivojlanishida bir necha katta bosqichlar (texnologik sikllar) ni ajratish mumkin. Ulardan eng qadimgisi quyi paleolitning dastlabki bosqichida tosh madaniyati - qo‘pol ishlov berilgan, bodomsimon shakldagi toshlarning bir cheti bir necha bor ushatilgan. Bunday toshlar Sharqiy Afrikadagi Olduvay g‘oridan topilgan (Olduvay madaniyati).
Quyi paleolit rivojlanishining navbatdagi bosqichi Shell davrida (Fransiyadagi Shell qishlog‘idan toshdan yasalgan qo‘l randasi topilgan) uch burchakli nayza uchlari yordamida yovvoyi hayvonlarni ovlash yoki ulardan himoyalanish, go‘shtni maydalalab yeyish, o‘simliklarni qazib olish mumkin edi. Yuqori paleolit (er. avv. 40-10 ming yillik) va o‘rta paleolitga o‘tish (mustye davri) mehnat qurollarining yanada rivojlanish davri bo‘ldi. Qo‘l randasi yoki qirg‘ich ko‘pincha ushatilgan tosh siniqlaridan tayyorlandi. Undan yog‘och va teriga ishlov berish, silliqlash va kesishda foydalanilgan.
Yuqori paleolit (er. avv. 40-10 ming yil) ga o‘tish nayza va otiladigan nayzalar, nayzalarning suyak uchlari, garpun, tosh bolta va keskichlarni kashf qilish bilan belgilanadi. Mezolit davri texnologik to‘ntarishining yuragi o‘q-yoyning kashf etilishi bo‘ldi. O‘q-yoy ovchilarning mehnat unumdorligini ko‘p marta oshirdi va jangovar qurol bo‘ldi. Shuningdek, mikrolitlar kichik tosh qurollardan keng foydalanila boshlandi. Mikrolitlar kichik plastinalar (tosh parchalari) yoki ushatilgan tosh parchasi bo‘lib, nayza uchi, o‘qlar, uloqtiriladigan nayzachalar, garpunlar sifatida ishlatilgan. Ilk dehqonlarning motiga shaklidagi qurollari va tosh yorg‘ichoqlari paydo bo‘ladi. Baliqchilikda qarmoq va to‘rlar qo‘llaniladigan bo‘ldi. Sopol ko‘zalar tayyorlash boshlandi. Texnikadagi haqiqiy inqilob neolitga o‘tishda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va harbiy ishni o‘zlashtirish bilan boshlandi. Ishlab chiqarishning neolit texnologik ishlab chiqarish usuli shakllangani to‘g‘risida aytish mumkin. Uning shart-sharoitlari mezolit davridayoq yaratilgan edi. Toshdan qurollar tayyorlashning yangi texnikasi o‘zlashtirildi. G‘alla o‘roqlari va pichoqlar silliqlash, parmalash orqali tayyorlana boshlandi. Loydan pishirilgan sopol idishlar tayyorlana boshlandi.
Asosiy an’ana mehnat qurollarining ixtisoslashuvi bilan ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi edi. Dehqonchilik mehnati uchun maxsus mehnat qurollari majmuasi shakllandi (qirg‘ich, so‘qa, yog‘och plug, g‘alla o‘roq va pichoqlar, hosilni saqlash uchun sopol xumlar). Qurollarni tayyorlashda kremniy, obsidian, suyak, hayvon shoxlari bilan bir qatorda yanada mustahkam va ishlov berish qiyin bo‘lgan nefrit, jadeit kabi tosh jinslari qo‘llanildi.
Neolit texnikasi taraqqiyotida olimlar birinchi madaniyatni ajratdilar: Nil vodiysida Badari madaniyati (er. avv. 6-5 ming yillik), qadimgi Persepol hududidagi dehqonchilik madaniyati (Janubiy Eron), Karial Shaxir va Qalai Yarmol (Shimoliy Eron), Xassun va Xalaf (Old Osiyo er. avv. 6-5 ming yillik ), Oltintepa madaniyati ( O‘rta Osiyo er. avv. 5 ming yillik).
Keyingi uchinchi umumtexnika inqilobi jez asri boshlariga to‘g‘ri keladi. Uning asosiy mazmuni mis va oltin, keyin esa jezdan qurol va mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘ldi. Shu bilan jez asrining ishlab chiqarish texnologik usuli boshlandi. Bu ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi mehnat samaradorligini oshirishda eng katta sakrash edi. Metall qurollar tosh qurollarga qaraganda, qimmatroq va maftunkorroq edi. Bu metall qurollar toshga qaraganda, ko‘p marta samarali qurol sifatida odam undan hayvonlarga va o‘z dushmanlariga qarshi foydalanishi mumkin edi.
Metall tayyorlash texnikasi va metall qurollar texnikasining boshqa sohalari katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Metall qurollardan, jumladan, pichoq, arra, parmadan foydalanish yog‘ochga ishlov berishni o‘zgartirdi. Duradgorlik hunari paydo bo‘ldi va hamma joyda g‘isht qalashni qo‘llashga olib keldi. Birinchi mashinalar, jumladan, g‘ildirakli arava, suv g‘ildiragining yuritilishi metalldan foydalanish tufayli yuz berdi. Asosiy kasb bo‘lgan dehqonchilik, ya’ni yerga ishlov berish jarayonida ho‘kiz tortadigan motiga yoki plug toshni metall bilan almashtirilgani sababli samarali bo‘ldi. Mis, keyinchalik jez qurollari majmuasining yaratilishi yirik daryo vodiylari (Nil va Frot er avv. 4 ming yillik, Hind daryosi er. avv. 3 ming yillik) da sug‘orma dehqonchilikka o‘tish imkonini berdi. Hunarmandlarning paydo bo‘lishi va ularning sohalarga bo‘linishi (mis, jez mehnat qurollari, oltin bezaklar, metall ro‘zg‘or buyumlari, metal qazish va quyish, temirchilik ishi, qayiqlar, yelkanli kemalarni qurish, saroylar, ibodatxonalar, maqbaralarni qurish) ga turtki berdi. Qo‘shimcha mahsulotni tizimli ishlab chiqarish imkoniyati tug‘ildi.
Qadimgi davrda ishlab chiqarish texnologik usulining yadrosini temir, keyin po‘latdan foydalanish tashkil qildi. Meteorit temir ilgari ham ishlatilardi, lekin metallarni quyish va takror ishlash texnologiyalarini takomillashtirish bilangina temir xomashyosi, keyinchalik uglerodli po‘latni keng qo‘llash imkoniyati yuzaga keldi. Temir va po‘latni qayta ishlash murakkab bo‘lsada, lekin qattiq va mustahkamligi, birlamchi xomashyoning keng tarqalganligi sababli eramizning
I ming yilligi boshlarida turli mamlakatlarda keng qo‘llanildi. Temirdan foydalanish lokal sivilizatsiyalarning gullab-yashnashi uchun asos bo‘ldi.
Temir asrida yashagan xalqlar o‘troqlikka o‘tib, qachonlardir unumdor bo‘lmagan yerlarda gullab-yashnagan qishloq xo‘jalik, hunarmandchilik jamoalarini yaratish qobiliyatiga ega bo‘ldilar. Natijada ilk daryo-vodiy bo‘yi sivilizatsiyasining siyosiy, iqtisodiy yetakchiligi kamaydi. Ular endi madaniy, iqtisodiy, siyosiy o‘choqlar rolini o‘ynamay qoldilar. Shunga qaramasdan, ularning madaniy, moddiy, ma’naviy yutuqlari keyingi avlodlarga uzatildi. Temirning o‘zlashtirilishi jahon progressi episentrini Sharqdagi daryo vodiylaridan Yevropa hududlariga ko‘chishiga sabab bo‘ldi.
Paleolit, mezolit va qisman neolit davrida mehnat vositalarini harakatga keltiradigan energiyaning asosiy manbai insonning muskul kuchi edi. Bu universal va qayta ishlab chiqariladigan energiya resursi edi.
Mamont va fillarni ov qilish, saroylar, sug‘orish tizimlari, piramidalarni barpo qilishda birgalikdagi mehnat bir kishining kuchidan yuzlab, minglab marta oshadigan kuchni hosil qilish ajoyib natijalarga erishishga imkon berdi.
O‘rta va quyi paleolit oralig‘ida inson ishqalash yordamida olovni hosil qilish usulini kashf qildi. Buni birinchi energetik inqilob deyish mumkin edi. Chunki ibtidoiy jamoalar, nafaqat ovqat tayyorlash, balki olovdan texnologik jarayonlar (yog‘och qurol tayyorlash, keyinchalik metal quyish) da foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, uylarda issiqni saqlash, sovuqdan o‘zini himoya qilish, yashashga noqulay muhitni o‘zlashtirish, daraxtlarni yoqib, ekin yerlariga aylantirishda olovdan keng foydalana boshladilar.
Shu vaqtgacha odam, chana, sol va qayiqlar yasab, ulardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan edi. Lekin odamda qo‘l-oyoq hali ham asosiy energiya resursi bo‘lib qoldi. Qachonki, inson yovvoyi hayvonlarni madaniylashtirish, ulardan yuk tashish va o‘zining ko‘chishida transport vositasi sifatida foydalana boshlashi bilan ahvol o‘zgara boshladi. Bu inson kuchini hayvonlar kuchi bilan qisman almashtirish va to‘ldirishga imkon bergan ikkinchi energetik inqilob edi. Ikki daryo oralig‘ida er.avv. III ming yillik boshlaridan plug, arava va jang aravalariga eshak va ho‘kizlar qo‘shila boshlandi. Keyingi yillar dehqonchilik va transportda, asosan harbiy ishda otlardan foydalanila boshlandi. Alohida hududlarda bu maqsadlar uchun tuyalar va o‘rgatilgan fillardan foydalanildi.
Temir asrining kashfiyotlari tabiiy energiya manbalari shamol va suv kuchidan foydalanish imkoniyatini berdi. Dengiz sayohatlarida yelkanli qayiq va kemalar (jez davridan boshlab) qo‘llanila boshlandi. Temir asrining ilk davrida suv g‘ildiraklaridan tushayotgan suvning kuchidan foydalaniladigan suv g‘ildiraklari va tegirmonlaridan foydalana boshlandi. Lekin bu uchinchi energetika inqilobining ibtidolari edi. Shunisi qiziqarliki, er. avv. 100-yil atrofida qobiliyatli kashfiyotchi Gero reaktivlik tamoyilida ishlaydigan bug‘ mashinasiga o‘xshash mexanizmni yaratdi. Lekin ishchi kuchi arzonligi uchun bunday kashfiyotga ehtiyoj bo‘lmadi. Bu kelgusi industrial sivilizatsiyaning asoslarini qo‘ygan energetik inqilobning uzoq aks-sadosi edi.
Qadimgi sivilizatsiyalar tez rivojlanayotgan insoniyatning energetika bazasini shakllantirishda yirik qadam tashladilar deb xulosa qilish mumkin.
Ekologik tushkunliklar. Inson tabiatning mahsuli. U o‘zini o‘rab turgan tabiiy muhitsiz yashashi mumkin emas. Neolit inqilobi davridan boshlab inson o‘zining yashashi uchun asosiy vositalarni mustaqil topishga o‘rgandi. O‘simlik va hayvonlarni madaniylashtirish, o‘zi qayta ishlagan mahsulotlarni yashash vositalarining zaruriy to‘plamiga aylantirishni tizimli amalga oshirishga erishdi. Bu insonning mustaqil yashashi uchun buyuk ne’mat edi. Bunga mezolit so‘nggida odamni yashashining asosi bo‘lgan hayvonot dunyosini qirilib ketishi natijasida yuz bergan birinchi global ekologik tushkunlik majbur qildi. Bu tushkunlik ko‘pgina ibtidoiy jamoalarni ochlikdan o‘lish xavfini keltirib chiqardi. Bu ekologik tushkunlikning sababi tabiiy muzliklarning tez chekinishi va u bilan birga, yirik hayvonlar (mamontlar, bug‘u, bizonlar) ning shimolga ko‘chishidir. Odamlar o‘q-yoyni qo‘llab, yirik hayvonlarni tez qirib yubordilar.
Neolit davrida odamlar donli ekinlarni o‘stirishni o‘rganib, ba’zi hayvonlarni
madaniylashtirib, yashash uchun mustaqil manbalar bilan o‘zlarini ta’minladilar. Dehqonchilik inson bilan tabiat o‘rtasida yangi munosabatlarni yuzaga keltirdi. Dehqonchilikka o‘tish natijasida o‘tmishdagi jamiyatdan sifat jihati bilan farq qiladigan jamiyatning yangi qiyofasi kashf etildi. Shu vaqtdan tabiat va insoniyat jamiyati o‘rtasidagi mo‘rt uyg‘unlikning buzilish belgilari tez-tez ko‘rina boshladi.
Ikkinchi ekologik tushkunlik neolit so‘nggida yuz berdi. Bu vaqtga kelib o‘sib borayotgan aholi ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilik yordami bilan oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmas edi. Bu tushkunlikdan chiqish yirik daryo vodiylari (Nil, Dajla, Hind, Amudaryo)da sug‘orish tizimlarini shakllantirish bilan hal qilindi.
Mil. avv. IV-III ming yilliklarda bu hududlarda qadimgi sivilizatsiyaning markazlari paydo bo‘ldi. Lekin tez orada sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi, hosildorlikning pasayishi natijasida ekologik tushkunlik xavfi paydo bo‘ldi. Insoniyat jamiyati bu tushkunlikdan yana qutilish imkoniyatini topdi. Temir qurollardan foydalanish, qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va qurilishni rivojlantirishni amalga oshirib, insoniyat temir davrida ekologik xavfni bartaraf etdi.

Foydalaniladigan adabiyotlar.


1.Ravshan Rajabov. Jahon sivilizatsiyalari tarixi. T., Mashhur-press. 2016
2. К,адимги цивилизациялар. / Ш. Эргашев. — Тошкент: «O'zbekiston» НМИУ, 2016. -360 б.
3. Глазьев С.Ю. Теория долгосрочного технико-экономического развития. - М.:Blados, 1993.
4. Тойнби А.Д. Постижение истории. - М.: Прогресс, 1991.
https://uz.wikipedia.org
https://en.wikipedia.org
Download 38.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling