Qadimgi Mesopatamiyada dastlabki shahar davlatlari Reja


Download 1.01 Mb.
bet1/7
Sana07.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1172368
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi Mesopatamiyada dastlabki shahar davlatlari


Qadimgi Mesopatamiyada dastlabki shahar davlatlari
Reja:
1. Qadimgi Mesopotamiyaning tabiiy shart-sharoitlari, aholisi.
2. Mesopotamiyaning о‘rganish manbalari. Antik avtorlarning ma’lumotlari.
3. Qadimgi Mesopotamiya hududiga Shumer, Akkadlarni kо‘chib kelishi va ularning xо‘jaligini rivojlanishi.
4. Mulkiy tengsizlik qulchillikning vujudga kelishi.
5. Ur, Uruk, Kish, Mari kabi shahar davlatlari tarixi va ularning о‘zaro kurashi
Geografik muhit. Aholi Shimolda Armaniston tog'laridan janubda Fors qo'ltig'igacha, sharqda Eronning tog'li viloyatlaridan g'arbda Suriya- Mesopotamiya cho'llarigacha cho'zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oralig'i- Frot va Dajla daryolari oralig'i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iraq Respublikasi hududidir. Dajla va Frot daryolari Arman tog'laridan boshlanib, Fors qo'ltig'iga quyiladi. Daryo suvlari minerallarga boy loyqa olib borib toshqin vaqtida dalalarga toshib, hosildor qatlam hosil qiladi. Ikki daryo oralig'ida hosil olish uchun yil davomida melioratsiya ishlarini amalga oshirish kerak edi. Bu yerda qadimdan odamlar kanal va dambalar qurganlar.
Mesopotamiya iqlimi shimol va janubda bir xil emas. Shimolda quruq subtropik zonada qishda ba'zida qor yog'adi, bahor va kuzda yomg'ir bo'ladi. Janub juda issiq va quruq iqlimli. Mesopotamiya qadimda loy va tabiiy asfalt mo'I-ko'l bo'lgan. Shimolda qo'rg'oshin, qalay, temir va tosh ham uchraydi.
Mesopotamiya florasi juda kambag'al. Faqat shimolda tog'li rayonda har xil daraxtlar uchraydi. Qadimda daryo vodiysida tol daraxti, janubda qamishning turli xillari bo'lgan. Xurmo palmasi muhim rol o'ynagan. Strabonning aytishicha, qadimda uning 360 xil foydali xossasini bilganlar.
Uzum va mevali daraxtlar, tariq, polba, qanop, bodring, sarimsoq, baqlajon, oshqovoq, loviya va no'xat o'stirilgan. Qadimgi fauna boy bo'lgan. Daryolarda baliq ko'p bo'lgan, qushlar, eshak, cho'chqa, kiyik, quyon, tuyaqush, sherlar to'qay va sahrolarda mo'I-ko'l bo'lgan. Mesopotamiya Yaqin Sharqning keng bo'shlig'ida joylashganligi uchun xalqaro savdoda yetakchi rol o'ynagan, ko'pgina yo'llar G'arbdan Sharqqa, Shimoldan Janubga shu yerdan o'tgan.
Mesopotamiyada odamlar qadimdan o'rnasha boshlagan, neolit davrida bu jarayon tezlashgan, Dastlab iqlimi qulay shimol o'zlashtirilgan. Qadimgi Xassun, Xalaf madaniyatining etnik kelib chiqishi noma'lum. Janubiy Mesopotamiya ilk manzilgohlari keyinroq eramizdan avalgi IV ming yillikda va eramizdan avalgi IV ming yillikni II yarmida El-Ubayd madaniyati bilan belgilanadi. Ba'zi tadqiqotchilar bu madaniyatni shumerlaiga tegishli deb, boshqalari protoshumerlarga bog'laydilar. Shumerlarning janubiy Mesopotamiyada paydo bo'lishi taxminan er.av. IV ming yilliklar bilan belgilanadi. Shumer tilini qaysi til oilasiga mansubligi ham noma'lum. Shumerlar mahalliy aholi bilan aloqa o'rnatib, ulardan bir qancha xo'jalik yutuqlari, diniy e'tiqodlar va toponomik nomlarni o'zlashtirib olganlar.
Mesopotamiyaning shimolida er.av. III ming yilliklardan boshlab sharqiy semit chorvador qabilalari yashagan. Ularning tili akkad tili deb atalgan. Er.av. III ming yillik oxirida g'arbdan, Suriya cho'llaridan Mesopotamiyaga g'arbiy semit chorvador qabilalari kirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan. (Akkadcha Amurri, Suriya yoki Garb deyilgan.) Er. av. III—II ming yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha podsho sulolalarga asos solganlar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy Suriya va Arman tog'larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ularni va mamlakatni Subarti deb atashgan. Er. av. III ming yillikdan shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko'ligacha yarim ko'chmanchi kutiy (gutiy) qabilalari yashagan. Kassit qabilalari shimoliy-g'arbiy Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Ular er. av. XVI asrda Bobilni bosib olib, o'z sulolariga asos soldilar: Kassitlar mahalliy madaniyat, tilni qabul qilib mahalliy aholini assimilatsiya qildilar. Er. av. II ming yillikning ikkinchi yarmida shimoliy Armaniston va Suriya cho'lidan shimoliy Mesopotamiyagacha g'arbiy semit guruhiga mansub kassit qabilalari kirib keldi.
Ular er. av. XII asr oxirida shimoliy Suriya va janubiy-g'arbiy Mesopotamiyada kichik davlatlar barpo qildilar. Ular er. av, I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy aholisi bilan qo'shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. av. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o'mashdi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling