Qadimgi Mesopatamiyada dastlabki shahar davlatlari Reja


Download 1.01 Mb.
bet4/7
Sana07.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1172368
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi Mesopatamiyada dastlabki shahar davlatlari

Davrlashtirish
Mesopotamiya hududida er. av. IV ming yillikdan III ming yillikgacha ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. av. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi. Er. av. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida Shumerlarning kichik shahar-davlatlari paydo bo'ldi. Er. av. III ming yilliklar ilk sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. av. Ill ming yillikning oxirgi davri kuchli mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi.
Er. av. XXI-XXIII asrlar siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko'chib bu yerda Akkad davlati tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi. Kutiylar hujumi sababli Akkad podsholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad podsholigiga o'tadi. Er. av. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig'ida Bobil podsholigi yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning tarixi quyidagi davrlarga bo'linadi: Qadimgi Bobil yoki amoriy davri er. av. XIX-XVI asrlar, o'rta Bobil yoki kassit (er. av.XV—XII asrlar) davri, Bobilning siyosiy tushkunlik davri (er. av.XII—VII asrlar ), yangi Bobil qisqa qayta uyg'onish (er. av. VII—VI asrlar ) davri va Eron tomonidan mamlakatni bosib olinishi.
Qadimgi Mesopotamiya hududiga Shumer, Akkadlarni kо‘chib kelishi va ularning xо‘jaligini rivojlanishi.
Mesopotamiya (yunoncha— ikki daryo oralig'i, Dajla va Frot oralig'idagi o'lka) Fors qo'ltig'idan Arabiston cho'li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan cheklangan. Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga bo'linadi. Quyi Mesopotamiya Old Osiyoning eng unumdor qismi, lekin u mineral xomashyo va yog'ochga kambag'al. Keng miqyosdagi suniy sug'orish ishlarini amalga oshirilishi tuproqni sho'rlanishi va hosilni pasayishiga olib keldi.
Er. av. XI—VIII ming yilliklarda mezolit davrida Dajla va Frot daryolarining vodiylariga qo'shni tog'li rayonlarida temirchilik, hayvonlarni, o'simliklarni ilk madaniylashtirish jarayoni boradi: ilk paxsa binolar paydo bo'ladi. Bu davrda Zavi-Chemi- Shanidar, Mifat dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo'lgan. Neolit davrida taraqqiyot sur'ati kuchayadi. Zagros vodiysida Jarmo madaniyati manzilgohlari paydo bo'ladi.



Er. Av. VII ming yillik oxiri VI ming yillik boshlarida Tel-Satto o'troq manzilgohlari shakllanadi. Er. av VI ming yillik o'rtalarida Shimoliy Mesopotamiyada Xassun madaniyati rivojlanadi. Er. av. IV ming yillik oxiri—III ming yillik boshlarida Jamdat-Nasr madaniyati davrida mis va qalay mehnat qurollari ishlatila boshlaydi. Er. av III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o'rta oqimida akkadlar, shimolda xurritlar taraqqiyotda ildam qadam tashlaydilar. Yirik shahar markazlari Ashshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo bo'ldi.


Er. av III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida qator shahar-davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk va Kish kabilar paydo bo'ladi. Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. Metallurgiya sanoati birinchi o'ringa chiqib oladi. Metall quyish, kovsharlash, payvandlash usullari o'zlashtiriladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib chiqadi. Jamoada maxsus savdogarlar tamkarlar faqat tovar ayirboshlash bilan shug'ullana boshlaydilar. Yerni sotish va sotib olish boshlandi.
Qulchilik munosabatlari rivojlanadi. Urushlar qulchilik manba bo'lgan. Qullar begona mamlakat erkagi (ayoli) degan ideogrammalar mavjud. 83Qullar xo'jalikning turli sohalarida ishlatilgan. Ibodatxonalarda qul mehnatidan foydalanilgan, o'rtacha qullar soni podsho, ibodatxona xo'jaligida 100—200 tani tashkil qilgan. Xususiy xo'jalikda 1—3 ta, podsho xo'jaligida bir necha o'n qul bo'lgan.
Taxminlarga ko'ra, Lagash davlatida 80—100 ming erkin kishiga 30 ming, qul Shuruppakda 30—40 ming erkin kishiga 2—3 ming qul to'g'ri kelgan. Qullar 15 sikldan 23 sikl kumushga sotilgan.(l sikl—8 gramm). Shumer jamiyatida qullardan tashqari o'z yeri bo'lmagan yoki yeridan ajralgan, boshqa jamoalardan kelganlar, kambag'al oilaning kichik a'zosi ibodatxonaga bag'ishlangan qaram kishilar ko'p bo'lgan. Bu qaram kishilar ibodatxona va xususiy xo'jaliklarda qullar qatorida mehnat qilganlar. Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron qatlamini quldorlar tashkil qilgan. Bu qatlamga urug' zodagonlari, oliy kohinlar, ma'muriyat vakillari bo'lgan amaldorlar kirgan.
Mayda ishlab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga ega bo'lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil qilgan. Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan jamoa va ibodatxona yerlaridan iborat bo'lgan. Ilk sulola davrida er. av. XXVIII—XXVII asrlarda shahar-davlat tepasida oliy kohin turgan, ehtimol u saylab qo'yilgan. Ilk sulola davrida oqsoqollar kengashi va yig'ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati ustidan nazorat qilgan, jamoa a'zoligiga qabul qilgan, hukmdor oldida maslahat organi bo'lgan.
Mulkiy tabaqalanishni kuchayishi natijasida xalq yig .aning 84 roli tusha boradi. Hukmdorning iqtisodiy-siyosiy mavqei o'sib boradi. Uning tayanchi qo'shin bo'ladi. Bu yaxshi qurollantirilgan 5—6 ming kishini tashkil qilgan. Ilk Shumer shahar davlatlari hududi kichik bo'lib, odatda u kichik shahar, atrofdagi qishloq xo'jalik okrugidan iborat bo'lgan. Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U bilan birga qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling