Qadimgi Misr podsholigi
Piramidalarning qurilishi
Download 65.5 Kb.
|
Qadimgi Misr podsholigi
Piramidalarning qurilishi
Xeops mamlakatni kulfatlar girdobiga tashladi. Eng avvalo u barcha muqaddas ziyoratgohlarni yopishni va qurbonliklar keltirishni taqiqladi. Keyin barcha misrliklarni o`ziga ishlashga majbur qildi. Bir xil kishilar Nilga Arabiston tog`laridagi1[1] tosh konlaridan toshlarni ulkan bo`laklarini Nilga olib kelishlari, boshqalarga esa ularni yana uzoqqa Liviya tog`lari deb ataladigan joygacha sudrab boorish buyurilgan edi. Yuz ming kishi bu ishni to`xtovsiz, har uch oyda bir marta almashib balardi. Bu tosh xarsang tashilgan buy o`lni qurishga ezilgan xalq o`n yil sarflashga to`g`ri keldi. Mening fikrimcha bu ish piramidani o`zini qurishdek ulkan emas edi. Axir yo`lni uzunligi 5 stadiy, kengligi o`n orgiy2[2], eng baland joyda 8 orgiy balandlikda, yo`nilgan toshlardan ularga uyilgan figuralar bilan qurilgan. Bu yo`lni va tepalikda turgan piramidalarni yer osti xonalarini qurish o`n yil davom etdi. Bu xonalarda Xeops3[3] toq Nil kanalini4[4] o`tkazib orolda o`z sog`onasini qurdi. Piramidani o`zini qurish 20 yil davom etdi. U to`rt tomonli, uning har bir tomoni kengligi 8 plefr5[5] va shunday balandlikda yo`nilgan va bir – biriga puxta o`rnashtirilgan toshlardan qurilgan. Har bir toshni uzunligi kamida 30 fut. Bu piramida shunday qurilgan. Boshda u zinapoya ko`rinishdagi tokchalar bilan boradi, qaysiki uni boshqalar maydonchalar yoki zinalar deb ataydilar. Birinchi toshlar (asos) qo`yilganidan keyin, qolganlarni (maydonchalarni to`ldirish uchun) qisqa balkalardan qilingan taxta supalar yordamiga ko`tardilar. Yerdan toshlarni birinchi zinaga narvonlar shunday qilib ko`tardi. U yerda toshni boshqa taxta supaga quyar edilar, birinchi zinadan ikkinchi taxtasupaga uni yordamida ikkinchi zinaga ko`tarar edilar. Qancha qator zinalar bo`lsa, shuncha ko`taradigan qurilmalar bor edi. Biroq, faqat bitta ko`taradigan qurilma bo`lgan bo`lishi mumkin, qaysiki toshni ko`targandan keyin qiyinchiliksiz keyingi zinaga ko`chirgan bo`lishlari mumkin. Menga axir har ikki usullar to`g`risida xabar berdilar va shuning uchun men ularni keltiraman. Shunday qilib, boshda piramidani yuqori qismi tugallangan edi, keyin o`rta va oxirida yerdagi quyi bosqichlarni qurdilar. Piramidada Misr yozuvlari bilan ishchilar qancha sholg`om, piyoz, sarimsoq yeganlari belgilangan. Va men juda yaxshi eslayman, menga yozuvlarni o`qigan tarjimon bularni hammasiga 1600 talant6[6] sarflangan deb tushintirdi. Agar bu to`g`ri bo`lsa temir qurollar, ishchilar uchun non va kiyim uchun qancha pul ketdi, Foydalanilgan qo`llanmalar: Авдиев В.И. История Древнего Востока. М. -1948, 1953, 1976. История Древнего Востока. Под ред. Кузыщина А.Е. М. Высшая школа.1979. История Древнего Востока. Под ред. Кузищна В.И. М., 2002. История Древнего Востока. Под ред. Г.М.Бонгард-Левина. М. Высшая школа. Т.I 1984, Т.II. 1984, Т III 2003. Д.Г.Редер, Е.А.Черкосова. Қадимги дунё тарихи. I-II қисм. Тошкент 1974 1975. Қадимги дунё тарихи.–Ю.С.Крушкол тахрири остида 2 ж. Т. 1975. История Древней Греции. - Под. Ред. В.И.Кузищина, М. 2002. История Древнего Рима – под.ред. В.И.Кузищина. М. 2002. Хрестоматия по истории. Древней Греции. Под. Ред. Д.П.Каллистова. М.1964. Хрестоматия по истории Древнего Рима. – Под. Ред. С.Л.Утченко. М.1962. Семенов В.Р. Ўрта асрлар тарихи. М., 1972. Люблинская А.Д. Источниковедение истории средних веков. Л., Госиздат. 1955. 1 2 3 4 5 6 Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling