Qadimgi Misr tarixining о‘rganilish manbalari


Ilk va qadimgi shohliklar davrida Misr


Download 185 Kb.
bet5/7
Sana08.11.2023
Hajmi185 Kb.
#1757044
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ehromlar davrida qadimgi Misr

Ilk va qadimgi shohliklar davrida Misr
Er. av. IV ming yillikning oxiriga kelib podsholarni hokimiyatiga ilohiy tus berilib, ular xudo Xor (bu xudo lochin ko'rinishida tasvirlangan) bilan qiyoslangan. Har ikki podsholik o'rtasida Misrni birlashtirish uchun uzoq kurash boshlanadi. Quyi Misrda podsho Narmer va undan oldin o'tgan o'tmishdoshlari g'olibona urushlar olib borganlar. Er. av. XXXI asrning II yarmi atroflarida mamlakatni haqiqiy birlashtiruvchisi va I umummisr sulolasi asoschisi deb misrliklarni o'zlari Narmerning o'g'li Mina (yunoncha Menes)ni hisoblaydilar. Mamlakatni birlashtirish uchun Narmer va undan oldin o'tgan podsholar Quyi Misrda uzoq urush olib boradilar. Misrni amalda to'la birlashtirgan va I umummisr sulolasiga asos solgan podsho Narmerning o'g'li Mina (yunoncha — Mina, er. av. XXXI asrning ikkinchi yarmi atrofida) bo'ldi. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik muhim nuqtada yangi poytaxt mustahkamlangan shahar Memfis (Minnefer misrcha)ni qurdi. Misrning Tinis viloyatidan kelib chiqqan I—II sulolalar davri ilk podsholik davri deyiladi. Ilk podsholik davrida yagona va ko'p sonli davlat apparati va bu apparatni boqadigan davlat yer egaligi shakllanadi. Davlat yerlarida tashkil etilgan yirik xo'jaliklarda davlatga qaram bo'lgan ishchilar mehnat qilar edilar. Davlatga turli soliq va majburiyatlar o'tashga majbur bo'lgan qishloq jamoasi ham mavjud edi.
Sug'orish inshootlari va ishlari butun mamlakat miqyosida olib boriladi. Mis qurollari yaxshi ma'lum bo'lsa-da, tosh mehnat qurollari ham keng tarqalgan edi3.
Davlat boshqaruvi uch bo'g'indan iborat bo'lgan: markaziy, viloyat (nom), mahalliy (qishloq-jamoa). Nomlar boshqaruvi markaziy boshqaruvni kichikroq ko'rinishidagi nusxasi bo'lgan. Ko'p hollarda nomarxlar separatizmi mavjud bo'lgan. Jad-jad, Kanbet atamalari jamoa kengashlari nomini bildirib, ular mahalliy sug'orish tizimini kuzatish bilan birga jamoada sud ishlarini ham amalga oshirganlar.
Oila huquqi, jamoa kengashlari va yuqori hokimiyatga bo'ysundirilgan va ularning a'zolari kichik amaldorlarga aylanganlar. Davlat boshqaruvi tizimi despotiya (yunoncha despotes janob), ya'ni yakka hukmronlikka asoslangan.
Fir'avnning eng yaqin yordamchisi oliy amaldor-chati (bosh vazir) bo'lgan. U barcha amaldorlarga rahbarlik qilgan: sun'iy sug'orishni tashkil qilgan. Chorva mollarini nazorat qilish, hunarmandlar, harbiy ish, soliq majburiyatlarini, qurilish ishlarini nazorat qilish ham vazirni zimmasiga yuklatilgan. Podsho oyoq kiyimini olib boruvchisi lavozimidagi amaldor bir vaqtning o'zida qo'shin bosh qo'mondoni, saroy oqsoqoli, Yuqori Misrni boshqaruvchisi, bino quruvchi, biror-bir ibodatxona kohini vazifalarini ham bajargan. Qo'shin erkin misrliklardan to'planib, o'q-yoy, nayza, kalta qilich bilan qurollangan piyodalardan iborat bo'lgan. Chegaralarda gamizonlar turgan.
Misrning ko'pchilik aholisi katta qishloq xo'jalik ekinzorlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida ishlaydigan qaram ishchilar edi. Ularni o'z xo'jaligi bo'lmay, o'z mehnatlari uchun oziq-ovqat ulushi olganlar va o'z ixtiyorlari bilan ish joynini tashlab keta olmas edilar. Xususiy kishilarga qaram qullar oz bo'lgan. O'rta va past darajadagi amaldorlar ish haqini natura tarzida olar edilar. Er. av. Ill ming yillik o'rtalarida oliy amaldorlarga davlat xo'jaligidan yirik yer maydonlari muntazam foydalanishga berilgan.
U meros bo'lib ko'pincha mansab bilan birga otadan o'g'ilga o'tgan, ularni ixtiyoridagi davlat yerlari davlatni oliy nazorati ostida turgan. Bundan tashqari zodagon amaldorlar xususiy mulkka ham ega bo'lganlar, Zodagonlarni yirik xo'jaliklari bilan birga ibodatxona va davlat xo'jaliklari mavjud edi. Bunday xo'jaliklarni ishchilari davlat tomonidan mehnat majburiyati tartibida sug'orish inshootlari, qurilish va boshqa ishlarga jalb qilingan.
Qishloq jamoa yerlari ham mavjud bo'lgan. Qishloq jamoa a'zolari podsho odamlari hisoblanib, ko'p soliq va majburiyatlarini o'taganlar. Jamoa a'zolari va hunarmandlar nesu yoki xentiushi, fir'avn, zodagonlar va ibodatxona ishchilari meret yoki xemu deb atalgan. Qullar bak deyilgan. Qullarni urushda asirga tushganlar yoki qarzga botgan kambag'allar tashkil qilgan. Ular sotilgan va sotib olingan, ammo qadimgi podsholik davrida qullar kam sonli bo'lgan.
V sulola fir'avnlari (XXVI-XXV asrlar) ulkan piramidalar qurishdan voz kechdilar. Markaziy boshqaruvga mahalliy va xizmat zodagonlari jalb qilinib, diniy siyosat ham o'zgardi. Xudo Raga bag'ishlab ibodatxonaiar qurish kuchaydi. Endi fir'avnni ilohiyligi uning xudo Radan bevosita kelib chiqqanligi g'oyasi ilgari surildi. VI sulola davrida (XXIV-XXIII asrlar) nom va xizmatdagi zodagonlarning mavqei oshib bordi. Ularning ko'pchiligi immunitet (soliq majburiyatlaridan ozodlik) yorlig'ini oldilar. Markaziy hokimiyatning qudrati zaiflashdi, lekin mahalliy hokimiyat katta moddiy resurslarga ega bo'ldi. VI suloladan so'ng Misrda (er. av.
XXIII asr o'rtalari) markaziy hokimiyat zaiflashib, mamlakat birbiriga dushman nomlarga bo'linib ketdi. Qadimgi podsholik davri yagona davlatini yemirilishi bilan Misr tarixida I o'tish davri (er. av. XXII asr boshlari—XXI asrning oxiri) boshlanadi. Davlatning zaiflashuvi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada keskin tabiiy o'zgarishlar — quruq iqlimni bostirib kirishi bilan tezlashib ketdi. Nil daryosining suvi pasaydi, bu hosilni kamayishi, ochlik va oxir oqibatda ijtimoiy norozilikni kuchayib mamlakatni yemirilishiga olib keldi .
Er. av. XXII asr boshlarida bir vaqtning o'zida Yuqori Misrning Gerakleopol markazi bo'lgan VIII sulola bilan birga Nil vodiysinig o'rta qismida yangi IX sulola hukmronlik qila boshladi. Er. av. XXII asrda gerakleopol podsholari butun Misr ustidan o'z nazoratlarini o'rnatdilar, shu bilan birga bir necha nomlar o'zlarining asosiy ittifoqchisi Siut shahri, Germopolning va Fivaning avtonomiyasmi yo'qota olmadilar. Shu asrning oxirida Fiva nomining hokimlari mamlakatni janubini o'z hokimiyatlari ostida birlashtirib, podsho unvonini (XI sulola) oldilar va shimol podsholarining jiddiy raqibiga aylandilar.Ulardan biri Xeti III (er. av. XXI asr o'rtalari) Fiva bilan hal qiluvchi to'qnashuvdan xavfsiraydi va o'z o'g'li Merikaraga nasihatnomasida u bilan yaxshi munosabatlarni o'rnatishni maslahat beradi. Er. av. 2020-yil atrofida Mentuxotep II shimolni istilo qilib butun mamlakatni birlashtirdi. Shu bilan O'rta podsholik davri boshlandi.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling