Qadimgi Misrda ilk davlatlarning tashkil topishi. Qadimgi Misrning aholisi


Download 14.45 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi14.45 Kb.
#1188012

Qadimgi Misrda ilk davlatlarning tashkil topishi
.Qadimgi Misrning aholisi. Misrning qulay geografik o`rni va boy tabiiy sharoiti qadim zamondan boshlab kishilarni o`ziga jalb qilib kelgan. Ibtidoiy odamlar Nil vohasiga qadim zamonlardayoq kirib kelishgan. Mashhur arxeolog D. D. Klarkning ma`lumotlariga ko`ra Misrda ibtidoiy odamlar 80–90 ming yildan beri yashab kelar ekanlar. Ammo daryo toshqini odamlarni bu yerda doimo yashashlariga xalal bergan. Arxeolog olimlar Fayum vohasidan bundan 25–30 ming yillar ilgari yashagan odamlarning manzilgohlarini topganlar. Bu yerdan topilgan ashyolar shu davr odamlari yog`och, qamish, lotos va papiruslardan chaylalar qurib yashaganlaridan, tosh, yog`och va suyaklardan qurollar yasab ovchilik va termachilik bilan shug`ullanganliklaridan dalolat beradi.
4. Misrda dastlabki davlatlarning tashkil topishi. Miloddan avvalgi VI–V mingyilliklarda xo`jalikning rivojlanishi natijasida Misrda ilk davlatlarning tashkil topishi uchun zaruriy sharoit vujudga keldi. Urug` jamoasi davrida urug` jamoalarini oqsoqollar, sardorlar va harbiy boshliqlar idora etishgan edi. Misrda urug` jamoalari o`rnida dastlab qo`shni jamoalar vujudga kelib xo`jalikning rivojlanishi natijasida ilk davlatchalar paydo bo`ladi. Yangi vujudga kelgan davlatni sobiq urug` jamoasi oqsoqollari, harbiy boshliqlar, badavlat va nufuzli kishilar idora qiladilar.
Dastlab Misrda bir necha o`n davlatchalar tashkil topgan. Misrliklar bu davlatchalarni «sepat», yunonlar esa «nom» deb ataganlar. Nomlar, atrofida qishloqlari, dalalari va maxsus mahalliy xudosi bor shahardan iborat bo`lgan. Har bir nomning o`z hokimi bo`lib, u yunon tilida «nomarx» deyilgan. Ma`lumotlarga qaraganda miloddan avvalgi IV mingyillik boshlarida Misrda 42 ta davlat bo`lgan. Har bir nomning nomarxi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, sug`orish inshootlari qurilishiga katta e`tibor bilari qaragan. Nomarxlar oqsoqol, sardor va harbiy boshliqlarga tayanib, jamoat, diniy va harbiy ishlarni boshqarib turganlar. Bu davlatlarda qulchilikning dastlabki kurtaklari ham paydo bo`lgan. Urushlarda asir olingan kishilar qulga aylantirilgan. Shunday qilib davlat jamiyatning boshqaruv tashkiloti sifatida vujudga kelgan va rivojlana borgan.
Download 14.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling