Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 198-guruh talabasi Ho'sinova Gulasal Mustaqil ish mavzusi: - Antropogenezning palentologik fan dalillari.
ANTROPOGENEZ
JARAYONLARI
1. Antropogenez haqida tushuncha. Odam evolyutsiyasi haqida “tosh bitiklar”, yer qa’rining turli qatlamlarida saqlangan qadimgi makonlar, jonzotlarning topilma qoldiqlari dalolat beradi
Qadimgi maymunlar va dastlabki odamlar suyak qoldiqlari sanoqligina saqlanib qolgan. Odam evolyutsiyasining dastlabki davrlarida dafn marosimlari bo’lmagan, biroq sho’r tropik o’rmon qatlamlarida qadimgi odamlar suyaklari ancha yaxshi saqlanib qolgan. Qadimgi odamlarning, asosan tish va jag’ bo’laklari saqlanib qolgan. Bundan tashqari qadimgi odamlar suyak qoldiqlari vulqonli hududlarda ham yaxshi saqlanib qolgan.
Ch.Darvin “Odamning kelib chiqishi va turlarining tanlanishi” (1871) asarida odamni odamsimon maymundan kelib chiqqan degan farazni o’rtaga tashladi
Charlz Robert Darvin(1809-1882)
“Qadimgi odamlar jun bilan qoplangan dumli, qulog’i uchli bo’lgan. Ular daraxtlarda yashagan. Hozirgi odamning shakllanishi qay tariqa yuz berdi? Uning avlodlari qanday bo’lgan?“
Dastlabki sodda sut emizuvchi mavjudotlarning paydo bo’lishi, bundan 200 mln yil avval, ya’ni uzoq geologik davr bo’lmish mezozoy erasining boshlanishiga to’g’ri keladi.
100 mln. yillar mobaynida bu sodda sut emizuvchilar jonzotlar orasida uncha katta ahamiyatli rol o’ynamagan. Ehtimol, bundan 75 mln. yillarga kelib yer yuzida o’tlar bilan oziqlanadigan dastlabki sut emizuvchilarning avlodlari vujudga kelgan.
Hozirgi tupayi dastlabki sut emizuvchilar qanday bo’lganligi to’g’risida tasavvur beradi.
Keyingi 50 yil davomida antropogenez to’g’risida to’plangan ko’plab ma’lumotlar gominidlarning to’liq bo’lmasada, yangi evolyutsion jarayoni to’g’risida bir qadar mukammal va aniq ma’lumotlar beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |