Qadimgi rim italiya madaniyati


Rimliklarning diniy e`tiqodi


Download 28.02 Kb.
bet6/7
Sana11.02.2023
Hajmi28.02 Kb.
#1188641
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QADIMGI RIM

5. Rimliklarning diniy e`tiqodi. Qadim zamonlarda Italiya aholisi orasida ibtidoiy din shakllari – totemizm, animizm va fetishizm keng yoyilgan edi. Apennin yarimorolining atrofi dengizlar bilan o`rab olingan. Italiya qabilalari, xususan etrusklar dengizda uzoq-yaqin mamlakatlarga o`z kemalarida suzib borganlar. Ular dengizda dahshatli bo`ronlarni, ko`kka sapchigan ulkan to`lqinlarni ko`p marta ko`rganlar va kuzatganlar. Ularning kemalari odamlari bilan ba`zan shunday bo`ron va to`lqinlar natijasida dengiz qa`riga cho`kib nom-nishonsiz yo`qolgan. Dengizchilar ba`zan ulkan sakkizoyoq, akula va boshqa dengiz hayvonlariga ham duch kelib ularga yemish bo`lishgan. Tabiatdagi ko`p narsa va hodisalarning sabablari, sir-asrorlari rimliklarga ma`lum bo`lmagan. Shu tufayli ular bu narsalarda qandaydir, yengib bo`lmas kuch-qudrat bor deb o`ylaganlar. Ulardan qo`rqib, narsa-hodisalarni ilohiylashtira boshlaganlar. Etrusklar e`tiqodiga ko`ra har bir narsa va hodisaning o`z homiysi-xudosi bo`lgan. Ularda Yupiter bosh xudo bo`lib, u hamma xudolar ustidan hukmronlik qilgan. Minerva donishmandlik, Mars Rim homiysi va urush, Vulqon esa temirchi va hunarmandlar homiysi bo`lgan. Rimda yunon xudolariga sig`inish ham kuchli bo`lgan.
Rim saltanati kuchayar ekan, uning mulklari shimoliy Afri-kadan Britaniyagacha, Ispaniyadan Parfiya chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olgan edi. Bu yerdagi elat va qabilalarning e`tiqodi ham turli-tuman edi. Qur`on va Sharq yilnomachilarining ma`lumotlariga ko`ra milodiy birinchi asrning birinchi yilida Palastinda Olloh Bibi Maryamga bir o`g`il ato etadi. Unga Iso deb nom qo`yadilar. U kishining tug`ilgan kuni va yili yangi eraning boshlanishi deb qabul qilingan. Iso ulg`ayib payg`ambarlik darajasiga erishadi. U kishi qishloqma-qishloq, shaharma-shahar yurib, budparastlik va ko`p xudoga sig`inishni qoralab odamlarni yagona Ollohga e`tiqod qilishni targ`ib qiladi. Rivoyat qilishlaricha Iso murdalarni tiriltirar, suvni sharobga aylantirar va har xil mo`jizalar qilishga qodir ulug` zot bo`lgan.
U kishi aslzodalarni, boylarni va mulkdorlarni insof-adolatga, kambag`al va beva-bechoralarga shafqat qilishga chaqiradi. Naql qilishlaricha uning targ`iboti rimliklarga yoqmaydi. Uni but yog`ochiga tortib mixlab tashlaydilar. U azob-uqubat tortib o`ladi. Ammo uch kundan keyin tirilib arshi a`loga chiqib ketadi. U osmonga chiqib ketishi oldidan yerga qaytishini aytib ketgan ekan. Iso yakka-xudolikni targ`ib qilgan payg`ambar sifatida mashhur bo`lgan. I asr oxiri va II asrda Iso haqidagi rivoyatlar yozib olingan bo`lib, bu rivoyatlar yunoncha «Yevangeliye – xushxabar» degan ma`noni bildirgan. Unda Iso va uning hayoti haqida juda ko`p ma`lumotlar bor. Yevangeliyeda oddiy kishilarning manfaatini ifoda etuvchi gaplar mujassam bo`lgani uchun bu din xalq orasida keng tarqalib ketgan.
Iso haqidagi rivoyatlarga ishongan va bu ta`limotni qabul qilgan kishilar o`zlarini xristianlar deb ataganlar. Bu e`tiqod keyinchalik xristianlik deb atalgan. Xristian targ`ibotchilari bu ta`limotni O`rtayer dengizining sharqidagi mamlakatlar bo`ylab targ`ib qilganlar. Isodan keyin xristianlik buzilgan holda Rim saltanati bo`ylab keng tarqala boshlagan. Xristian targ`ibotchilari kishilarni sabr-toqatli va itoatli bo`lishga ham chaqirganlar. Ular: «Qullar xudodan qo`rqing, har sohada xo`jayinlaringizga itoatda bo`ling», – deb ta`lim berganlar. Bu gap aslzoda, badavlat va hukmdorlarga ham ma`qul tushgan. Ular ham xristianlikni qabul qilib, unga e`tiqod qilganlar.
Imperatorlardan Konstantin xristianlikni qabul qilib, uni hukmron din deb e`lon qilgan. Shu tariqa bir vaqtda ta`qibga uchragan xristianlik oshkora dinga aylangan. Konstantin va boylar xristian ibodatxonalarini qurish uchun katta mablag` ajratganlar. Shunday qilib, Rim saltanatidagi diniy e`tiqod ibtidoiy din shakllaridan xristian dinigacha bo`lgan tarixiy davrni bosib o`tgan. Xristian dini dunyodagi eng nufuzli dinlardan biri bo`lib, hozir Yevropa, Amerika aholisi va osiyoliklarning katta qismi shu dinga e`tiqod qiladilar.

Download 28.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling