Qadimgi rim tarixiga kirish


Download 1.2 Mb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi1.2 Mb.
#1010105
1   2   3   4
Bog'liq
QADIMGI RIM TARIXIGA KIRISH

er. avv. VIII asrga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari 0‘rta Italiyada Tibr va Arnus daryolari oralig‘ida rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to‘plangan.
Etrusk san’ati tarixi to‘rt davrga bo'linadi:
1.er.avv. VIII—VII asrlar
2.arxaik er. avv. VI asr
3.klassik er. avv. V—IV asrlar
4.ellin er. avv. III-I asrlar.
Etrusk shaharlarida qal’a inshootlari qoldiqlari, ibodatxona xarobalari, ularni barchasi odatda tuf va iravertindan qurilgan. Etrusklar qobiliyatli muhandislar bo‘lib pishiq ko‘priklar va yo‘llarni quruvchilar edilar. Jahon san’at tarixiga mansub mashhur etrusk maqbaralari Kvyuzi, Cherveteri Vulchi Volterra va Mantanoli burtma naqshlar, jez va loydan yasalgan haykallar bilan bezatilgan. Bizgacha Tarkveniy Mag‘rur oldida ishlagan haykaltarosh afsonaviy Vulku ma’lum. Shuningdek, etrusklarni jezdan bunyod qilingan noyob haykallari «Kapitoliy ona bo‘risi» va «Ximere» (er. avv. V asr) butun dunyoga tanilgan haykallar hisoblanadi.
Etrusklaming dini asosida odamlarni qurbonlik keltirish bilan o`liklarga, ruhlar va devlarga e’tiqod qilish yotar edi. Oliy xudo Vertumn hisoblangan. Uning orqasida triada: Tiniya, uni va Menerva (rimliklarda-Yupiter, Yunona va Minerva). Qolgan xudolar fufluns keyin u rimliklar tomonidan Vakx-Dionis bilan, Maris-Mars bilan, Aplu-Apollon bilan, Turms-Germes bilan tenglashtirilgan edi.
Etrusk madaniyatini shakllanishiga Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari, yunon dunyosi ijobiy ta’sir qildi. 0‘z navbatida etrusk sivilizatsiyasi rim madaniyatini rivojlanishida jiddiy ta’sir ko'rsatdi.
Shaharning muhim bo‘gini ibodatxonalar sanalgan. Tashqi ko‘rinishdan yunonlarnikiga o‘xshasada, ichki tuzilishi mutlaqo farq qilgan. Shahar aholisining yashash uylari asosan tosh fundamentlar ustiga yog‘och devorlar bilan loy suvoqlar qilinib, tomlari cherapitsalar bilan qoplangan edi.
Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling