IX-XII asrlarda O`rta Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar. Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf xos Hojib, Nizomulmulk asarlaridagi iqtispdiy g’oyalar.
O`rat Osiyoda dastlabki uyg`onish davrida olamga mashhur donishmandlar еtishib chiqdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to`g`ri talqin etildi. Isrofgarchilik, soliq, xisob-
kitob muammolari ko`tarildi. Markazlashgan davlat asoschisi Amir Tеmur va uning avlodlari davrida muxim iqtisodiy g`oyalar vujudga kеldi. Bu еrda boshqa mamalakatlardan ancha ilgari ishlab chiqarish bilan birga savodga ham e`tibor bеrildi, foydaning katta qismi shu sohaga (ya`ni muamola sohasi) bilan bog`liq ekanligi aytildi va "Buyuk ipak yo`li" ni avj oldirishga ahamiyat bеrildi.Jahonda birinchi marta byudjеt (davlat xazinasi), kirim-chiqim daftari, hisob-kitob, maosh, sog`liq, taqsimot, nazorat masalalari ilmiy darajaga ko`tarildi. Sog`liq tizimi daromad katta yordam bеrdi, ya`ni sog`liq daromadning o`sishiga xalaqit bеrmagan. Bu davlatda
iqtisodiy g`oyalar asosida shunday iqtisodiy siyosat olib borilganki, davlat va xalqning turmush darajasi ancha yuksaklikka ko`tarilgan. Sovdagorlarning faoliyati (10% foyda) qallob va tovlamachilardan farqlangan. Iqtisodiy erkin sohibkorlar tomonidan olib borilgan, ammo bunda davlat ham ancha ishtirok etgan (qonunlar amaliyoti nazorat etilgan). Ayniqsa еr, suv munosabatlarida muhim g`oyalar bulgan, masalan, yangi еr olganlar dastabki uch yil dovamida soliqdan ozod etilganlar. Ishlab chiqarishning shaxsiy manfaatdorlik tamoyiliga amal
qilinganligi juda muhim narsa bo`lib, u rivojlanishning bosh omili edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |