O’rta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar


Download 25.07 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi25.07 Kb.
#1187022
Bog'liq
O’rta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar


O’rta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar

Reja


1. Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi
2. Xususiy mulk huquqini ta‘minlash bozor munosabatlarining bosh unsurlari
3. , Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlari

Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha еtib kеlganlari e.a. 2-ming yillikka to`g`ri kеladi, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma`lum darajada birinchi iqtisodiyot mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, katеgoriyalar shakllana boshlagan.Qullikka asoslangan natural xo`jalik , ayniqsa qishloq xo`jaligi ko`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mеhnat dеb hisoblangan.O`rat Osiyoda dastlabki uyg`onish davrida olamga mashhur donishmandlar еtishib chiqdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to`g`ri talqin etildi. Isrofgarchilik, soliq, xisob-kitob muammolari ko`tarildi. Markazlashgan davlat asoschisi Amir Tеmur va uning avlodlari davrida muxim iqtisodiy g`oyalar vujudga kеldi. Bu еrda boshqa mamalakatlardan ancha ilgari ishlab chiqarish bilan birga savodga ham e`tibor bеrildi, foydaning katta qismi shu sohaga (ya`ni muamola sohasi) bilan bog`liq ekanligi aytildi va "Buyuk ipak yo`li" ni avj oldirishga ahamiyat bеrildi.Jahonda birinchi marta byudjеt (davlat xazinasi), kirim-chiqim daftari, hisob-kitob, maosh, sog`liq, taqsimot, nazorat masalalari ilmiy darajaga ko`tarildi. Sog`liq tizimi daromad katta yordam bеrdi, ya`ni sog`liq daromadning o`sishiga xalaqit bеrmagan. Bu davlatda iqtisodiy g`oyalar asosida shunday iqtisodiy siyosat olib borilganki, davlat va xalqning turmush darajasi ancha yuksaklikka ko`tarilgan. Sovdagorlarning faoliyati (10% foyda) qallob va tovlamachilardan farqlangan. Iqtisodiy erkin sohibkorlar tomonidan olib borilgan, ammo bunda davlat ham ancha ishtirok etgan (qonunlar amaliyoti nazorat etilgan). Ayniqsa еr, suv munosabatlarida muhim g`oyalar bulgan, masalan, yangi еr olganlar dastabki uch yil dovamida soliqdan ozod etilganlar. Ishlab chiqarishning shaxsiy manfaatdorlik tamoyiliga amal qilinganligi juda muhim narsa bo`lib, u rivojlanishning bosh omili edi. Mamlakatlar rivojida tinch osoyishtalik va birlikning ahamiyati tushinib еtilgan.


2.Xalq og’zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar
Xalq ijodi- xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati , an’anaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq og’zaki badiiy ijodi, xalq musiqasi, xalq teatri, xalq o’yinlari, q’g’irchoqbozlik, dor va yog’och oyoq o’yinlari, xalq tasviriy va amaliy bezak san’ati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida ko’pchilikning ishtiroki bo’lgan Xalq ijodining turlari xalq turmush tarsi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga moye ravishda shakllanib, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib, doimiy ravishda mukammallashib, sayqallashib, tobora an’anaviylashib brogan va nohoyat, kasbiylik xususiyatiga ega bo’lgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qadimgi namunalari yozma manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uy ro’zg’or buyumlarida saqlanib kelgan. Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, e’tiqodi va diniy tasavvurlari, inson va olamga nisbatan his tuyg’ulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli va adolatli zamon haqidagi o’y fikrlari o’z ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan rivojlanib kelgan. Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim iste’dodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha brogan.
3.Farobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g’oyalar mohiyati
O’rta asrda ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Forobiy (870–950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan suhbatlashib undan saboq olish uchun Yo’lga chiqqan. U 70dan ko’p tilni bilgan. Forobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar to’g’risida ta‘limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam
boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar to’g’risida bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikrlardan hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o’tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Ulug‗ mutafakkir Ibn Sino 280 dan ko‗p asarlar yozgan, ular
tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, falsafa, iqtisodiyot va boshqa
sohalarga bag‗ishlangan. Ibn Sinoning inson ehtiyojlari, mehnat va uning moddiy ishlab chiqarishdagi roli to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha:
«Hayvon tabiat ne‘matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne‘matlari
kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi.
Hayvonlar tabiat ne‘matlarini o’zlashtiradi, inson esa o’z mehnati bilan o’ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug’ullanishi kerak. Hayvonlar garchi poda bo’lib yashasalar ham
Yolg’iz yashay oladi, odamlar esa yakka holda o’zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar. Shuning uchun odamlar muloqot va o’zaro yordamga muhtoj bo’ladilar». Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiq qiladi. U jamiyatning amal qilishining asosi hunarmandchilik, deb hisoblaydi. «Odamning o’z quvvatini saqlashga va oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyoji, – deb yozadi Ibn Sino, – hammani hunar o’rganishga undaydi».
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy –XI asrning qomusiy olimi. U juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar – astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va minera-logiya bo’lgan.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o’rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko’rsatib berdi. Binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og’ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zahmatkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o’qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko’ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko’payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo’lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog’unda tug’ildi (olamdan o’tgan yili noma‘lum). Bo’lajak mutafakkir o’z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda ushbu tillarda yozilgan adabiyotlarni puxta egallaydi. Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta‘limotiga ko’ra
(XVIII asr) mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa:
1. Tinchlik-osoyishtalik.
2. Me‘yordagi soliqlar.
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g’oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval
bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to’lovchilar) mamlakat hukmdoridan
uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini ko’tarish yoki ushlab turish;
2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta‘minlovchi qonunlarni joriy
etish;
3) yo’llarni o’g’ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to’lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda do’stiga do’st, dushmanga dushman bo’lishni talab qiladi, deb yozadi.
Ko’rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o’zaro mutanosib Bo’lishi zarurligi g’oyasi aniq ifoda etiladi. Pulning qadrli bo’lishi haqidagi g’oya, aslini olganda inflyatsiya muammosi bilan chambarchas bog’liq, baholarning mo’tadilligi ham ta‘minlanadi. U o’z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta‘minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommaviy o’tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho’rolar davrida boshimizdan kechirganmiz. Yo’llarni o’g’rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa, tashqi savdo (eksport-import) ni ta‘minlash va qo’llab quvvatlashning o’zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo’jaligi uchun ustuvor ahamiyati to’g’risida gap yuritiladi.
4. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g’oyalarning mohiyati
Alisher Navoiy (1441–1501) buyuk shoir va davlat arbobi. U o’z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barqarorlashtirish uchun kishilarda vatanparvarlik his-tuyg’usini uyg’otish zarurligini yaxshi tushungan. Navoiyning «Hiloliya», deb nomlangan dastlabki asari uning ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asar hisoblanadi. U shaxsning
tarixdagi o’rniga katta e‘tibor berib, Alisher Navoiy (1441–1501) mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat hukmdorining aql-idroki va qobiliyatiga bog’liqligini uqtiradi. ―Agar mamlakat hukmdori fanlarni, ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy fanlarni mukammal bilsa, o’zi boshqarayotgan mam-lakat obod va badavlat bo’ladi, agar aksi bo’lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo’ladi, – deydi Navoiy. Keyinchalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning va davlat arboblarining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd qilib o’tadi. Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga alohida e‘tibor berdi. Uning fikricha, Markaziy Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois, juda ko’p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yerni kengaytirishga, uning unumdorligini oshirishga katta e‘tibor berildi. Navoiy boylikni ikki yo’l bilan topish mumkinligini ta‘kidlaydi. Birinchi yo’l bu o’z mehnati bilan boylik to’plash, yig’ish va o’ziga to’q yashash. Bunday boylikni u qo’llab-quvvatlagan. Navoiy olingan boylikni uch qismga bo’lib, uning birinchi qismini ketgan xarajatlarga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy ko’pgina madrasa, shifoxona, hammom, ko’prik va boshqalarni o’z hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo’li bu o’g’irlik, ta‘magirlik va zo’rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik orttirish nomaqbul usul ekanligini uqtiradi. Navoiy o’zining «Mahbub-ul-qulub» (1500-y.) asarida mamlakatdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Uning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik yetishtirishda, yaratishda va mamlakatning boyligini ko’paytirishda muhim o’rin tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yerni yorish bilan rizq yo’lini ochuvchidir».
5.Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g’oyalar
Buyuk davlat arbobi, qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta
ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma‘lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida, «Mubayyin» kabi to’plamlarida iqtisodiyotga oid ma‘lumotlar, shu jumladan, soliq siyosatiga katta o’rin berilgan. «Zakot to’g’risidagi katta kitob» da esa o’sha davrdagi soliq, uning turlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro’y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o’zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz.
Ayniqsa, iqtisodiyotga uning umumiy asoslari bo’lmish ishlab chiqarish, shuningdek, savdo va tijoratga oid, soliq va boj to’lovlari bilan bog’liq bo’lgan qarashlari e‘tiborga molik. E‘tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o’z hukmronligi davrida yuritgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo’lmasa ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha xulosalarga kelish mumkin: u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yuritgan, buning oqibati o’laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos slogan saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o’chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o’rinni egallagan. Boburning «Mubayyin» asari to’la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag’ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi» ma‘nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham «zakot» ma‘lum miqdorda va muayyan shartsharoitlarda olinadigan soliq ma‘nosida qo’llaniladi hamda naqd pul va savdo yig’imi shaklida to’planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «nisobi», ya‘ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo’lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to’la», deb yozadi Bobur.
Download 25.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling