Ix-xv asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar. XIX asr oʻrtalaridagi namoynodalar: Senior, Bastiya, Mak-Kullox va Kerilarning iqtisodiy qarashlari
Download 18.06 Kb.
|
IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar. XIX asr oʻrtalaridagi namoynodalar
IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar. XIX asr oʻrtalaridagi namoynodalar: Senior, Bastiya, Mak-Kullox va Kerilarning iqtisodiy qarashlari X-XII asrlarga kelib O‘rta Osiyo ilg‘or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O‘rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Fargoniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Nizomulmulk va boshqa ko‘plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o‘rin tutadi. Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga extiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne’matlarini o‘zlashtirib oladi, odam esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishi kerak». Forobiy (873-950) O‘rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning qariyib barcha sohalarini o‘z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan «qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga yetdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- muallimas -«soniy» - «ikkinchi muallim» deb atay boshladilar. Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shaxri» asari diqqatga sazovar bo‘lib, unda mamlakatniboshqarish, xoqimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim g‘oyalar keltiriladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, Forobiy o‘z ustozi Arastu g‘oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to‘ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta’limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim bo‘lgan «Ehtiyoj» ni ta’riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o‘rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik moslamalar kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya’ni o‘z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo‘lgan holatdan, har bir operatsiyani maxsus kishilarga bo‘lib berish afzalligi ko‘rsatiladi («Qushni so‘ysa ham, qassob so‘ysin»). Mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi g‘oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta’limotining (XVIII asr) asosidir. Forobiyning fozil (ideal) davlat, hoqimlar to‘g‘risidagi g‘oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o‘zaro yordam va dustlikning zarurligi ko‘rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g‘oyalari rivojlantirilib, avvalo yer va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o‘rinlari, so‘ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-ovqat, ekin ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko‘rsatiladi. Fozillar shaxri xoqimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko‘p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharxlagan va izohlagan.Tarixda shunday voqea bo‘lib o‘tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o‘qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan harid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o‘qib chiqishdayok Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to‘la tushunib yetadi.Donishmand hikmatlarida insonning kasb-hunar, san’atdagi fazilatlari har doim ham tug‘ma bo‘lavermasligi, ko‘pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo‘li bilan ruyobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o‘zaro uyg‘unlashganda rivojlanish bo‘ladi. Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi. O‘ylashimizcha, yangi XXI asrda turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to‘xtamga kelmoqdalar. «Kim rahbar bo‘la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Download 18.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling