Toshkent kimyo-texnalogiya instituti shahrisabz filali o’rta osiyo mutafakkirlari iqtisodiy g‘oyalari


Download 290.61 Kb.
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi290.61 Kb.
#1164992
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

TOSHKENT KIMYO-TEXNALOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILALI

O’RTA OSIYO MUTAFAKKIRLARI IQTISODIY G‘OYALARI

REJA

  • O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar:
  • A.Forobiy va Abu Rayhon Beruniyning iqtisodiy fikrlari.
  • Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari.
  • Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari.
  • Tayanch so’z va iboralar: Buyuk ipak yo’li; ideal tuzum; “Geodeziya”; "Siyosatnoma"; "Siyar ul-muluk"

O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar

  • O’rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog’lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo’lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo’lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog’u toshlardan , qum cho’llardan olib o’tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko’rish kerak bo’ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo’lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa ko’pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg’oniy, Ibn Sino, Ibn Ro’shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko’plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g’oyalar ham o’z aksini topgan. Sharq uyg’onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko’plari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Abu Nasr Farobiy


Abu Nasr Farobiy
(870–950)

Forobiyning iqtisodiy fikrlari

  • O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr Farobiy (870–950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan, suhbatlashib undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan.
  • Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nusxasi topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan.

Download 290.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling