Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi


Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy manbashunosligi va tarixshunosligi


Download 56.93 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi56.93 Kb.
#222912
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu.QADIMGI SHARQ TARIXI MANBASHUNOSLIGI

6.Qadimgi Hindiston va Qadimgi Xitoy manbashunosligi va tarixshunosligi

Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va o'rta asrlarda bu yerda keskin etnik o'zgarishlar yuz bermadi. Ijtimoiy munosabatlarda kasta tuzumi va madaniy an'analarning barqarorligi ko'rinib turadi. Qadimgi Hindistonning ko'pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko'plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o'rganish qadimgi til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (er. av. IV asr) asoslanadi.

Ijtimoiy munosabatlarni o'rganish uchun asosiy manba bo'lib, diniy-axloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to'g'risidagi (Artxashastra), muhabbat to'g'risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu manbalarda fikrlar sxolastik, an'anaviy rahda bayon qilingan, shu bilan birga bu asarlar qachon va qayerda tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko'p hollarda yarim afsonaviy kissalarda aks etadi.

Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va boshqa asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-xo'jalik hujjatlari bo'lgan. Davlat va xususiy arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po'stloq yoki mato parchasi kabi mo'rt asosda

yozilgani uchun saqlanmagan. Bizgacha faqat eramizdan avalgi III—II ming yilliklarga oid o'qish qiyin bo'lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. av. III asr) yozuvlarigina yetib kelgan.

Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog'och ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo bo'lgan. Yana shuningdek, Hind qadimiy obidalarini o'rganish asoan XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjo Daro, Xarappa katta maydonlarda qazib ochilgan. Tarixnavislik Janubiy Osiyo tarixini o'rganish XVII oxiridan aniqrog'i, 1784-yil Kalkuttada sharqshunoslarning birlashmasi Osiyo jamiyatiga asos solinishidan boshlandi. XVIII asr oxirida Sanskrit adabiyotining yodgorliklari: «Manu qonunlari», Kalidasining «Shakuntali « dramasi, falsafiy poema «Bxagavagita» tarjima qilindi. Nemis tadqiqotchilari Hindistonda jahon madaniyatining ildizini qidirdilar. XIX asrning birinchi yarmida Sanskrit tilining qadimgi fors, lotin va yunon tillari bilan qarindoshligi nazariyasi ilmiy asoslandi. XIX asrning o'rtalarida va ikkinchi yarmida hind adabiyotning yodgorliklari asosan vedalarni tarjima qilish va chop qilish yuzasidan muhim ishlar qilindi. Jumladan, Sharqning muqaddas kitoblari 50 tomli (Oksford universitetida Maks Myuller asos solgan) seriya, ko'p tomli Sanskrit lug'atlari paydo bo'ldi. XIX asrning oxirida T.Ris, Devids pali tilidagi matnlarini o'rganish va chop etish jamiyatini tashkil etdilar.

XIX asrning 70-yillari XX asrning boshlarida Hindistonda arxeologik qazishlar boshlandi. Asrimizning 20—30-yillarida janubiy Osiyoning eng qadimgi hind sivilizatsiyasi ochildi. XX asr boshlarida hindshunoslikning umumiy konsepsiyasida yevrosentrizm an'anasi kuchli edi. Qadimgi hind jamiyati turg'un, mustaqil taraqqiyotga qobiliyatsiz, hind davlati teokratik va despotik, tafakkur chalg'itilgan va faqat diniy deb talqin qilindi.

Hindistonga makedoniyalik Iskandarning yurishini siyosiy ahamiyati bo'rttirib ko'rsatildi. Hind madaniyatining muhim yutuqlari (epik asarlar, poeziya, teatr) yunonlardan o'zlashtirilgan deb ko'rsatildi. Faqat XX asrning birinchi yarmida hind milliy tarixnavisligining juda katta tadqiqotlari bunday qarashlarning asossizligini ko'rsatdi. Hind milliy tarixnavisligi manbalarda ko'p hollarda yetarlicha tanqidiy tahlil etilmaydi. Qadimgi tarix ma'lum darajada modernizatsiya qilindi3.

An'anaviy Xitoy tarixnavisligi fanida Xitoy tarixini sulolalar bo'yicha davrlashtirish xarakterlidir. Shunga ko'ra, afsonaviy «besh imperatorlar» davridan so'ng, «uch sulola» Sya, Shan-In va Chjou davrlari boshlandi. An'ana bo'yicha Chjou davri Chunsyu va Chjango davrlarini o'z ichiga olgan ikki qism G'arbiy Chjou (er.av XI-VIII asrlar) va Sharqiy Chjou (er.av VIII—III asrlar) ga bo'linadi. Sin sulolasi (er.av. Ill asr) o'rniga hukmronlik vaqti g'arbiy va sharqiy davrlarga bo'linadigan Xan sulolasi keladi. Sulolaviy davrlashtirish hozirgi tadqiqot talablariga javob bermaydi. Shu sababli jamiyat taraqqiyotini ishlab chiqarish kuchlari va mehnat qurollari, tayyorlangan asosiy buyumlar bo'yicha jamiyat taraqqiyotini bosqichlarga bo'ladigan arxeologik davrlashtirishdan foydalanamiz. Demak, Xitoyda «uch sulola»dan oldingi davr neolit davriga to'g'ri keladi. Shan-In davrida qadimgi Xitoy jamiyati jez davriga kiradi. Chun Syu davri (er.av. VI—V asrlar) oxirida qadimgi Xitoyda temir davri boshlanadi. Qadimgi Xitoy tarixini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti mezoni asosida quyidagi davrlashtirishni ko'rish mumkin:

1. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi va ilk davlatlarning vujudga kelishi. (er. av. II ming yillik).

2. Er. av. VIII—HI asrlarda qadimgi Xitoy.

3. Xitoyda birmchi markazlashgan davlat-Sin imperiyasi (er. av. 221-207-yillar).



4. Qadimgi Xitoy I—III asrlarda.


Qadimgi Xitoy tarixiga oid juda ko'p aniq davrlashtirilgan yozma yodgorliklar mayjud. Bu bizgacha kitob holida yetib kelgan tarixiy asarlardir. Yozma manbalar ichida qadimgi Xitoy yilnomalari, eng avvalo, Lu podsholigi davrida tuzilgan er. av. VIII—V asrlar voqealari yoritilgan Chun Syu yilnomasi muhim ahamiyatga ega. Chun Syu matni bilan an'anaviy ravishda uning muallifi qadimgi Xitoy faylasufl Konfusiya nomi bog'lanadi. Yilnomalar bilan yaqin bog'langan, eng avalo, Shan-shu (Shiszin-qo'shiqlar kitobi) nomli kitob va boshqa qadimgi Xitoy tarixiy asarlari janridir.

Bu asarlarda hukmdorlar va ularning yaqinlarining so'zlari mavjud. Bizgacha yetib kelgan Shan-shu matni qismlarigina haqiqiy deb hisoblash mumkin. Chunki bu manbaning ba'zi boblari keyingi davrlarga oid. Eramizdan avalgi I asrda qadimgi Xitoyda yangi tarixiy asarlar paydo bo'ldi. Bu asarlar Xitoy tarixnavisligida katta o'rin tutadi. Ana shunday asarlardan bin Sima Syanning (er. av. 105-90-yillar) Tarixiy yozishmalari edi. Bu asar qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti to'g'risida boy ma'lumotlar beradi. Sima Syan tarixiy voqealarni bayon qilishda kishilar faoliyatini bayon qilish usulini tanlaydi.

Sima Syanning tarixnavislik usulidan Xan tarixi muallifi Gu Garbiy Xan (er.av. 206-yil) sulolasining tarixini yozishda foydalanadi. Ban Gu Xitoy tarixnavisligining yangi sulolalar tarixi nomini olgan janr asoschisi bo'lgan. Xitoy tarixini arxeologik o'rganishda amalga oshirilgan ishlar muhim ahamiyatga ega. Arxeologik qazishmalar natijasida ilk Shan davriga oid Ermitou shahri, Chansha yaqinida boy qabrlar (er. av. Ill asr) topilgan.

An'anaviy Xitoy tarixnavisligida ikki o'ziga xos xususiyat: - Xitoy madaniyatining boshqa qo'shni madaniyatlardan Xitoy davlatchiligini kelib chiqishini afsonalarga bog'lab o'ta qadimiylashtirish ajralib turadi. Xitoy tarixini o'rganishni o'rta asrlarda Yapon olimlan boshlab berdilar Yaponiyada Xitoy tarixini barcha davrlari o'rganildi. Mashhur xitoyshunos olim Kaydzuka Sigeki Qadimgi Xitoy davlatlarim shakllanishiga oid kapital tadqiqotlar muallifi hisoblanadi. Yevropada Xitoy tarixini o'rganishda fransuz tadqiqotchilari katta yutuqqa erishdilar. XX asr boshlarida E. Shavann Sima Syanning Tarixiy yozishmalarini tarjima qila boshladi. Mashhur sharqshunos olim fransuz A. Maspero Qadimgi Xitoy nomli kapital asarini yaratdi. AQSHda XX asrning 60-yillari oxirida Qadimgi Xitoy tarixini o'rganish xalqaro jamiyati tashkil topdi. AQSHda Xitoy tarixini kelib chiqishi Xitoydan bo'lgan olimlar o'rganadi.




Download 56.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling