Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi
Kichik Osiyo manbashunosligi va tarixshunosligi, arxeologik izlanishlar
Download 129.99 Kb.
|
Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi
4. Kichik Osiyo manbashunosligi va tarixshunosligi, arxeologik izlanishlar.
Er. av. II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to'g'risida tarixiy ma'lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo'q darajada edi. Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va shimoliy Suriyada sirli iyeroglif yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887-yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir'avniga tengligi (uning birodari) eslatib o'tiladi Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mayjud bo'lganini ko'rsatdi. 1906-yil nemis olimi Y. G. Vinkler Bugozgoyada (Turkiya) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishdi. Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o'n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett — Misr tinchlik shartnomasining mixxat varianti topildi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniy 1915-yilda chuqur tadqiqotlar natijasida xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosani aytdi, natijada Xett davlati tarixini o'rganish kuchayib ketdi. Olim A.Getse 1933-yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari, A. Getse 1933-yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini chop etdi. Muallif Xett davlati harbiy va sulola tarixiga asosiy e'tiborini qaratdi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o'xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib, xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb ta'rifladi. Lingvist va arxeologlar xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlarni, xurrit qabilalarini o'rnini ko'rsatadigan dalillarni topdilar. 5.Qadimgi Eron manbashunosligi va tarixshunosligi. Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.av. III—I ming yilliklardagi janubiy-g'arbiy Eron hududi bo'lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag'ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir. Qadimgi fors davlati tarixi bo'yicha manbalar xilma-xil: bu xo'jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972-yilda fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserksyozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda er.av. Ill ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan. Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi harakati to'g'risida er.av. IX-VII asrlarga oid Osuriya yozuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga old loy taxtachalarda yozilgan 10000 ming bobil xususiy huquqiy va ma'muriy xo'jalik hujjatlari mavjud. Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil ma'muriy xo'jalik hujjatlari, podsho Kumbizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to'g'risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikatsiya qilish to'g'risidagi farmoni katta qiziqish uyg'otadi. Midiya va Eron tarixi bo'yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.av. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.av. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi. Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad xarobalaridan topilgan ulug'vor haykallar, qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib o'rganilgan. Yevropa olimlari J. De Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o'rganib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo'shdilar. XULOSA Qadimgi Sharq deb, ataladigan bepoyon geografik hudud g'arbdan sharqda qadimgi Karfagen joylashgan hozirgi Tunisdan, Xitoy, Yaponiya va Indoneziyagacha, janubdan shimolga hozirgi Efiopiyadan Kavkaz tog'lari va Orol dengizining janubiy qirg'oqlarigacha cho'zilib ketgan. Bu yer qadimda mavjud bo'lgan ko'p sonli sharq davlatlari tarixda muhim rol o'ynaydi: Qadimgi Misr podsholigi, Bobil davlati, Xett davlati,ulkan Osuriyaimperiyasi, Finikiya, Suriya va Falastindagi kichik davlatlar, Frigiya, Lidiya davlatlari, Eron tog' tizmasidagi davlatlar, jumladan, Yaqin Sharq hududlarini o'z tarkibiga kiritgan qudratli fors Ahmoniylar davlati, Hindiston, Xitoy, Koreya va Janubiy-Sharqiy Osiyo hududlaridir. Insoniyat tarixida ibtidoiy jamoadan sivilizatsiyaga o'tish shaharlarning paydo bo'lishi, ularning hokimiyat va diniy markaz sifatida shakllanishi ibodatxona, saroylar qurilishi, yozuvni paydo bo'lishi bilan va shuningdek, jamiyatda turli sinflar va davlatchilikni paydo bo'lishi bilan boshlanadi. Qadimgi sivilizatsiyalar davri, qadimgi dunyo tarixi fani tomonidan o'rganiladi. Tabiiki sivilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda eramizdan avalgi IV ming yilliklardan jamiyatning taraqqiyoti natijasida turli ijtimoiy qatlamlarni paydo bo'lishi bilan boshlanadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi turli geografik hududlarda, turli davrlarda tugallandi. Jumladan, Old Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi makedoniyalik Iskandarning yurishlari (er. av. IV asr.) bilan tugallandi, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun eramizning I ming yilligini II yarmigacha davom etdi. Qadimgi Sharq geografik tushunchasi shimoliy g'arbiy Afrikadan Tinch okeanigacha va buyuk cho'ldan Hind okeani va Saxaragacha bo'lgan ulkan hududni qamrab oladi. Asosan bu hudud subtropik iqlimli, juda issiq va quruq yozi, yumshoq qishi bilan ko'zga tashlanadi. Qadimgi Sharq xalqlarining sividaryolar Nil, Daj'la va Frot, Hind, Gang, Xuanxe, Yanszi, Amudaryo kabi daryo havzalarining unumdor vodiylarida sun'iy sug'orishga asoslangan xo'jalik hayotini samarali rivojlanishi bilan ajralib turadi. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jahon xalqlari taraqqiyotining keyingi rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi va uning poydevori hisoblanadi. Qadimgi Sharqni marnlakatlar bo'yicha o'rganib borish qulayroq boladi. Bunday o'rganish umumiy taraqqiyot yo'lini ham mahalliy xususiyatlarni ham aniqlashga yordam beradi: bu ayirmalar o'zining juda xilma-xillligiga qaramasdan taraqqiyot qonuniyatini o'zgartirmaydi. Asosiy e'tibor yirik daryolar vodiylarida vujudga kelgan, Sharq (Misr, Ikki Daryo oralig'i, Hindiston, Xitoy keyinroq Xorazm) kabi davlatlarga qaratiladi. Tog'li mamlakatlar (Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Eron) uchun boshqa sharoitlar xarakterlidir, bu joylarda jamiyat va davlat ancha keyin vujudga kelgan. Dasht yerlarida cho'l sharoitida o'ziga xos xo'jaliklar tarkib topgan, ularda ko'chmanchi chorvachiiik ustunlik qilgan. Adabiyotlar:Avdiyev V.I. Qadimgi Sharq tarixi T., I964. Авдиев В.И. История Древнего Востока.М. 1948.1953.1976. Авдиев В. И Военная история Древнего Египта. Т. I-II, М. I953-I959 Бикерман Э. Хронология Древнего Мира. М. Изд-во Вост. литер-ры.I975. Всемирная История. М.Госиздат.I955,I956,том№I Древний Восток и античный мир.М.I968. Древние цивилизасии.М.I989. История Древнего Востока. Под ред. Кузищина В.И. М.I979. Источниковедение истории Древнего Востока. М. I984. История Древнего Мира под ред. Дьяконова И.М. М.I982. История Древнего Мира (3 книги)М.I982-I988. История Древнего Мира. Курс лексии I, II, III Том. М.I983-I989. Кузищин В.И. и др. История Древнего Мира . Метод.ук.М.I984. Редер.Д .Д Черкасова Е. А. История Древнего мира М, I979 Струве В. В. История Древнего Востока М. I94I Download 129.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling