Qadimgi Sharq va G'arb falsafasi vujudga kelishi, rivojlanishining umumiy qonuniyatlari Reja


Download 52.54 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi52.54 Kb.
#1374790
Bog'liq
Qadimgi Sharq va G\'arb falsafasi vujudga kelishi, rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Qadimgi Sharq va G'arb falsafasi vujudga kelishi, rivojlanishining umumiy qonuniyatlari
Reja:

  1. Qadimgi G’arb va Sharq falsafasining muammolaridagi farqlar.

  2. G’arb va Sharq falsafasida dinning hukmronligi.

  3. Axloqning ijtimoiy hayotdagi roli.



  1. Qadimgi dunyo Sharq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va muammolardagi farqlar.

Birinchidan, inson muammosini o‘rganishga nisbatan yondashuvlarda G‘arb va Sharq falsafasida tafovutlar mavjud. G‘arb falsafasidan farqli o‘laroq, Sharq falsafasi asosiy e'tiborni inson muammosiga qaratadi. Jumladan “Avesto”da farzand ko‘rish, bolalarni bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‘ylab ish tutish umuminsoniy ma'naviyat ekanligi ta'kidlanadi. Zardo‘sht Axuramazdadan, serfarzand xonadonga nima berasan, deb so‘raganda u “Bunday odamlarni o‘z himoyamga olaman, hayotini farovon, risqini mo‘l qilaman” deb javob bergan. Sharq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu sababli unda insonning o‘zligi, uning shakllari va holatlari, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga, shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lgan kishilarga amaliy nasihatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar ko‘p. Masalan “Avesto”da keltirilgan “Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostglikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”, “Haq so‘zdan o‘zga hyech narsa bilan shug‘ullanma”, “Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishilar bo‘lmog‘i lozim”, “Yolg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi”, “O‘z nafsini yengib, jilovlab olmagan kishi, hyech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi” kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. G‘arb falsafasi esa, insonga uning ruhiy borlig‘i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. Shu bois u naturfalsafiy, ontologik, gnoseologik, metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va huquqiy muammolarni o‘rganadi.
Ikkinchidan, Sharq va G‘arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar mavjud. Sharq falsafasi din bilan uzviy o‘zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat hollarda ayni bir falsafiy oqim falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm, konfutsiychilik, zardo‘shdiylik misol bo‘lishi mumkin. G‘arb falsafasi esa, ko‘proq ilmiy metodologiyaga tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‘arbning falsafiy ta'limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hyech bo‘lmasa qadimgi Yunoniston va Rimda keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga, G‘arb antik falsafasida, avvalo Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha kuchli.
Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasining kategoriyalar apparati ham o‘ziga xos farqlarga ega. Sharq falsafasida mifologiya va «Rigvedalar» taklif qilgan aksariyat kategoriyalar: in – ayollik asosi va yan – erkaklik asosi, ularning efir bilan birikmasi – si; yoki narsalarga besh moddiy birinchi asos – yer, suv, havo, olov va daraxtning birikmasi sifatida yondashish tabiiy bir hol sifatida qaraladi. Hayot va o‘lim, jon va jismoniy tana, jon materiyasi, ong va uning holatlari kategoriyalari ayniqsa ko‘p muhokama qilinadi. Sansara – jonning qayta gavdalanishi, o‘zga shakl-shamoyilda namoyon bo‘lishi, karma – inson o‘limidan keyin tiriklik paytida qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo olishi yoki insonning individual taqdiri, askeza – o‘zini o‘zi cheklash yo‘li bilan g‘ayritabiiy qobiliyatlarga erishish, nirvana – eng yuksak holat, inson erishishni ko‘zlagan oliy maqsad, «materiya kishanlaridan xalos bo‘lgan jon holati» kabi tushunchalar kiritilgan. Albatta, Sharq falsafasi harakat, qarama-qarshilik, birlik, materiya, ong, makon, vaqt, dunyo, substansiya kabi odatdagi falsafiy kategoriyalardan ham foydalanadi. G‘arbda esa, falsafiy tizimlar mohiyati va ularning kurashini aks ettiruvchi falsafiy kategoriyalar apparatining yaratilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Tizim sifatidagi kategoriyalar haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‘z yuritilgan. U o‘zidan oldingi falsafiy tafakkurni o‘rganish asosida kategoriyalar jadvalini tuzgan. Bu jadval quyidagi kategoriyalarni o‘z ichiga olgan: mohiyat (substansiya), miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, o‘rin, holat, harakat, azob-uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa va muayyan fanlar erishgan yutuqlar munosabati bilan uning tarkibini o‘zgartirishni taklif qilgan Yangi davrga qadar kategoriyalar haqidagi ta'limotning rivojlanishiga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatib keldi.
To‘rtinchidan, Qadimgi G‘arb va Sharqda materiyaning tuzilishi haqidagi ta'limotda ham farqlar mavjud. G‘arb antik falsafasida materiyaning diskret tuzilishi haqidagi ta'limot – atomistika vujudga keldi. Uning asoschilari qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit bo‘lgan, atomistika g‘oyalarini Epikur va qadimgi rim faylasufi Lukretsiy Kar rivojlantirgan. Demokrit dunyo atomlar va bo‘shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, atomlar – sifatga ega bo‘lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, o‘rin va tartib jihatidan uyg‘unligidan paydo bo‘ladi. Demokrit, nima uchun sut oson ichiladi?, degan savolga, shuning uchunki, sut, «yumaloq atomlar»dan iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? Shuning uchunki, xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va ularning rang-barangligini ham shunday tushuntirgan. Demokritning atomistikasida sababiyatning sodda izohlari bilan bir qatorda ayni shu sababiyatni narsalarning o‘zida, aniqrog‘i – atomlarda ko‘rishga bo‘lgan intilishga ham duch kelish mumkin. Sharq falsafasida esa, materiyaning diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‘yilmaydi. Unda materiyaga asosan jonga «xalaqit» beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan substansional asos sifatida yondashiladi.
Beshinchidan, G‘arb va Sharq falsafasida bilish muammolarini yechishda farqlar mavjud. G‘arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon sifatidagi emas, balki mantiqiy jarayon sifatida ham qaraladi, ya'ni mantiq muammolari atroflicha o‘rganiladi. Bu muammolarni o‘rganishga Suqrot, Platon, ayniqsa Aristotel ulkan hissa qo‘shgan. Sharq falsafasida esa, mantiq muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish, mantiq) maktabigina shug‘ullangan. Nyaya falsafiy muammolarni yechishda mushohadaning ahamiyatini alohida qayd etgan. U haqiqatning tagiga yetishning to‘rt manbai: idrok etish, xulosa chiqarish, taqqoslash va isbotlashni o‘rganadi. Bu manbalar haqiqiy bilimga erishish imkonini beradi. Umuman olganda qadimgi Sharq falsafasiga ko‘proq o‘zini o‘zi bilish xos.
Oltinchidan, G‘arb va Sharq falsafasidagi o‘ziga xoslik va farqlar ijtimoiy muammolarni o‘rganish jarayonida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Sharq falsafasida bu o‘tmish, hozirgi davr va kelajak manbai bo‘lgan «dunyoviy inson» muammolari, shuningdek umuminsoniy qadriyatlar, o‘zini o‘zi kamol toptirish, boshqa odamlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, Konfutsiy Osmonga, uning ulug‘vorligiga murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar qat'iy subordinatsiyasining zarurligini ko‘rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, unga jazo beradi.. “Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas'uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. Shuningdek, unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga e'tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan. Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e'tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham Sharq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan1. G‘arbda, xususan, qadimgi yunon va qadimgi rim falsafasida esa ijtimoiy muammolar doirasi kengroq. Ularni o‘rganish usullari ham Sharq falsafasidagi usullardan ancha farq qiladi. Birinchidan, Demokritdan boshlab, qadimgi dunyoning deyarli barcha faylasuflari davlat, qonun, mehnat, boshqaruv, urush va tinchlik, mayllar, manfaatlar, hokimiyat, jamiyatning mulkiy tabaqalanishi muammolariga murojaat etganlar.
Ikkinchidan, bu ijtimoiy-falsafiy muammolarni tadqiq etish jarayonida insonni jamiyatga bog‘lab o‘rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Demokrit shunday deb yozadi: «Umumiy muhtojlik ayrim insonning xususiy muhtojligidan og‘irroqdir. Zero umumiy muhtojlikda yordamga hyech qanday umid qolmaydi»; «qonun odamlarning hayotini tartibga solishni xohlaydi, bunga u faqat odamlar o‘zlariga yaxshi bo‘lishini istagan taqdirda erishishi mumkin. Zero qonun o‘ziga bo‘ysunadigan kishilargagina ijobiy ta'sir ko‘rsatadi»; «Oqil odamga butun dunyo ochiq. Zero yaxshi qalb uchun butun dunyo vatandir
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs, ayniqsa podshoni shaxsi nuqtai nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim; umuman olganda, podshoda insonning barcha qobiliyatlari mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‘rinishda: qonuniy va noqonuniy yoki zo‘rlik ishlatishga asoslangan ko‘rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy shaklini ma'qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon o‘zining «Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo‘qsillar o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirishni ko‘zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi..
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi». Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya'ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Qadimgi dunyo falsafasi haqidagi so‘zimizga yakun yasar ekanmiz, shuni qayd etishni istar edikki, u mazkur dunyo madaniyatining o‘zagi hisoblanadi, G‘arb va Sharq ma'naviy sivilizatsiyasining qiyofasini belgilaydi. Gap shundaki, falsafa qadimgi dunyoning barcha ma'naviy qadriyatlari: san'at va din, axloq va estetik tafakkur, huquq va siyosat, pedagogika va fanni qamrab olgan.
Xullas, Sharq ma'naviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig‘iga, uning o‘zlikni anglash tuyg‘usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o‘zini o‘zi kamol toptirishiga murojaat etish ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, bu Sharq xalqlarining turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish usullarida o‘z aksini topgan. G‘arb ma'naviy sivilizatsiyasi o‘zgarishlarga, haqiqatning tagiga yetish yo‘lidagi izlanishlarga ochiq bo‘lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo‘nalishlarda kechgan.
Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan ta'sir ko‘rsatgan.
2. Qadimgi dunyo Sharq va G‘arb falsafasining rivojlanish xususiyatlari va muammolardagi farqlar. Birinchidan, inson muammosini o‘rganishga nisbatan yondashuvlarda G‘arb va Sharq falsafasida tafovutlar mavjud. G‘arb falsafasidan farqli o‘laroq, Sharq falsafasi asosiy e'tiborni inson muammosiga qaratadi. Jumladan “Avesto”da farzand ko‘rish, bolalarni bilimli, odobli, jamiyat uchun foydali insonlar qilib tarbiyalash, kelajakni o‘ylab ish tutish umuminsoniy ma'naviyat ekanligi ta'kidlanadi. Zardo‘sht Axuramazdadan, serfarzand xonadonga nima berasan, deb so‘raganda u “Bunday odamlarni o‘z himoyamga olaman, hayotini farovon, risqini mo‘l qilaman” deb javob bergan. Sharq falsafasi insonni amaliyot, odamlar hayot faoliyati, ularning turmush tarzi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Shu sababli unda insonning o‘zligi, uning shakllari va holatlari, odob-axloq, hukmdorlarga, turli yoshdagi odamlarga, shuningdek jamiyatdagi ijtimoiy holati turlicha bo‘lgan kishilarga amaliy nasihatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim muammolar ko‘p. Masalan “Avesto”da keltirilgan “Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostglikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”, “Haq so‘zdan o‘zga hyech narsa bilan shug‘ullanma”, “Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishilar bo‘lmog‘i lozim”, “Yolg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi”, “O‘z nafsini yengib, jilovlab olmagan kishi, hyech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi” kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. G‘arb falsafasi esa, insonga uning ruhiy borlig‘i yoki odob-axloq orqali murojaat etmaydi, balki unga borliq va bilishning umumiy tamoyillarini taklif qiladi. Shu bois u naturfalsafiy, ontologik, gnoseologik, metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy va huquqiy muammolarni o‘rganadi.
Ikkinchidan, Sharq va G‘arb falsafasida dinga munosabatda ham farqlar mavjud. Sharq falsafasi din bilan uzviy o‘zaro aloqada rivojlanadi: aksariyat hollarda ayni bir falsafiy oqim falsafa sifatida ham, din sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bunga braxmanizm, induizm, buddizm, konfutsiychilik, zardo‘shdiylik misol bo‘lishi mumkin. G‘arb falsafasi esa, ko‘proq ilmiy metodologiyaga tayanadi va dindan ajralishga harakat qiladi. Qadimda G‘arbning falsafiy ta'limotlaridan birortasi ham jahon diniga yoki hyech bo‘lmasa qadimgi Yunoniston va Rimda keng tarqalgan dinlardan biriga aylanmagan. Boz ustiga, G‘arb antik falsafasida, avvalo Demokrit, Epikur, Lukretsiy Kar va boshqa faylasuflarning asarlarida ateistik ohanglar ancha kuchli.
Uchinchidan, G‘arb va Sharq falsafasining kategoriyalar apparati ham o‘ziga xos farqlarga ega. Sharq falsafasida mifologiya va «Rigvedalar» taklif qilgan aksariyat kategoriyalar: in – ayollik asosi va yan – erkaklik asosi, ularning efir bilan birikmasi – si; yoki narsalarga besh moddiy birinchi asos – yer, suv, havo, olov va daraxtning birikmasi sifatida yondashish tabiiy bir hol sifatida qaraladi. Hayot va o‘lim, jon va jismoniy tana, jon materiyasi, ong va uning holatlari kategoriyalari ayniqsa ko‘p muhokama qilinadi. Sansara – jonning qayta gavdalanishi, o‘zga shakl-shamoyilda namoyon bo‘lishi, karma – inson o‘limidan keyin tiriklik paytida qilgan ishlariga yarasha mukofot yoki jazo olishi yoki insonning individual taqdiri, askeza – o‘zini o‘zi cheklash yo‘li bilan g‘ayritabiiy qobiliyatlarga erishish, nirvana – eng yuksak holat, inson erishishni ko‘zlagan oliy maqsad, «materiya kishanlaridan xalos bo‘lgan jon holati» kabi tushunchalar kiritilgan. Albatta, Sharq falsafasi harakat, qarama-qarshilik, birlik, materiya, ong, makon, vaqt, dunyo, substansiya kabi odatdagi falsafiy kategoriyalardan ham foydalanadi. G‘arbda esa, falsafiy tizimlar mohiyati va ularning kurashini aks ettiruvchi falsafiy kategoriyalar apparatining yaratilishiga alohida e'tibor qaratiladi. Tizim sifatidagi kategoriyalar haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‘z yuritilgan. U o‘zidan oldingi falsafiy tafakkurni o‘rganish asosida kategoriyalar jadvalini tuzgan. Bu jadval quyidagi kategoriyalarni o‘z ichiga olgan: mohiyat (substansiya), miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, o‘rin, holat, harakat, azob-uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa va muayyan fanlar erishgan yutuqlar munosabati bilan uning tarkibini o‘zgartirishni taklif qilgan Yangi davrga qadar kategoriyalar haqidagi ta'limotning rivojlanishiga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatib keldi.
To‘rtinchidan, Qadimgi G‘arb va Sharqda materiyaning tuzilishi haqidagi ta'limotda ham farqlar mavjud. G‘arb antik falsafasida materiyaning diskret tuzilishi haqidagi ta'limot – atomistika vujudga keldi. Uning asoschilari qadimgi yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit bo‘lgan, atomistika g‘oyalarini Epikur va qadimgi rim faylasufi Lukretsiy Kar rivojlantirgan. Demokrit dunyo atomlar va bo‘shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, atomlar – sifatga ega bo‘lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, o‘rin va tartib jihatidan uyg‘unligidan paydo bo‘ladi. Demokrit, nima uchun sut oson ichiladi?, degan savolga, shuning uchunki, sut, «yumaloq atomlar»dan iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? Shuning uchunki, xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va ularning rang-barangligini ham shunday tushuntirgan. Demokritning atomistikasida sababiyatning sodda izohlari bilan bir qatorda ayni shu sababiyatni narsalarning o‘zida, aniqrog‘i – atomlarda ko‘rishga bo‘lgan intilishga ham duch kelish mumkin. Sharq falsafasida esa, materiyaning diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‘yilmaydi. Unda materiyaga asosan jonga «xalaqit» beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan substansional asos sifatida yondashiladi.
Beshinchidan, G‘arb va Sharq falsafasida bilish muammolarini yechishda farqlar mavjud. G‘arb falsafasida bilish empirik, hissiy va oqilona jarayon sifatidagi emas, balki mantiqiy jarayon sifatida ham qaraladi, ya'ni mantiq muammolari atroflicha o‘rganiladi. Bu muammolarni o‘rganishga Suqrot, Platon, ayniqsa Aristotel ulkan hissa qo‘shgan. Sharq falsafasida esa, mantiq muammolari bilan amalda hind nyaya (sansar, qoida, mulohaza, predmetga kirish, mantiq) maktabigina shug‘ullangan. Nyaya falsafiy muammolarni yechishda mushohadaning ahamiyatini alohida qayd etgan. U haqiqatning tagiga yetishning to‘rt manbai: idrok etish, xulosa chiqarish, taqqoslash va isbotlashni o‘rganadi. Bu manbalar haqiqiy bilimga erishish imkonini beradi. Umuman olganda qadimgi Sharq falsafasiga ko‘proq o‘zini o‘zi bilish xos.
Oltinchidan, G‘arb va Sharq falsafasidagi o‘ziga xoslik va farqlar ijtimoiy muammolarni o‘rganish jarayonida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Sharq falsafasida bu o‘tmish, hozirgi davr va kelajak manbai bo‘lgan «dunyoviy inson» muammolari, shuningdek umuminsoniy qadriyatlar, o‘zini o‘zi kamol toptirish, boshqa odamlarni boshqarish uchun zarur bo‘lgan insoniy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Masalan, Konfutsiy Osmonga, uning ulug‘vorligiga murojaat etib, ijtimoiy tuzilmalar ierarxiyasi, kishilar qat'iy subordinatsiyasining zarurligini ko‘rsatishga harakat qiladi: «Osmon har bir insonga uning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, uni taqdirlaydi, unga jazo beradi.. “Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas'uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir. Shuningdek, unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga e'tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning peshonasiga tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan. Sharq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e'tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlari esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham Sharq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qoidalar o‘z ifodasini topgan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan2. G‘arbda, xususan, qadimgi yunon va qadimgi rim falsafasida esa ijtimoiy muammolar doirasi kengroq. Ularni o‘rganish usullari ham Sharq falsafasidagi usullardan ancha farq qiladi. Birinchidan, Demokritdan boshlab, qadimgi dunyoning deyarli barcha faylasuflari davlat, qonun, mehnat, boshqaruv, urush va tinchlik, mayllar, manfaatlar, hokimiyat, jamiyatning mulkiy tabaqalanishi muammolariga murojaat etganlar.
Ikkinchidan, bu ijtimoiy-falsafiy muammolarni tadqiq etish jarayonida insonni jamiyatga bog‘lab o‘rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Demokrit shunday deb yozadi: «Umumiy muhtojlik ayrim insonning xususiy muhtojligidan og‘irroqdir. Zero umumiy muhtojlikda yordamga hyech qanday umid qolmaydi»; «qonun odamlarning hayotini tartibga solishni xohlaydi, bunga u faqat odamlar o‘zlariga yaxshi bo‘lishini istagan taqdirda erishishi mumkin. Zero qonun o‘ziga bo‘ysunadigan kishilargagina ijobiy ta'sir ko‘rsatadi»; «Oqil odamga butun dunyo ochiq. Zero yaxshi qalb uchun butun dunyo vatandir»3.
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs, ayniqsa podshoni shaxsi nuqtai nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim; umuman olganda, podshoda insonning barcha qobiliyatlari mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‘rinishda: qonuniy va noqonuniy yoki zo‘rlik ishlatishga asoslangan ko‘rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy shaklini ma'qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon o‘zining «Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo‘qsillar o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirishni ko‘zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi...»
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi» Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya'ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Qadimgi dunyo falsafasi haqidagi so‘zimizga yakun yasar ekanmiz, shuni qayd etishni istar edikki, u mazkur dunyo madaniyatining o‘zagi hisoblanadi, G‘arb va Sharq ma'naviy sivilizatsiyasining qiyofasini belgilaydi. Gap shundaki, falsafa qadimgi dunyoning barcha ma'naviy qadriyatlari: san'at va din, axloq va estetik tafakkur, huquq va siyosat, pedagogika va fanni qamrab olgan.
Xullas, Sharq ma'naviy sivilizatsiyasi shaxsning borlig‘iga, uning o‘zlikni anglash tuyg‘usiga va moddiy dunyodan uzoqlashish orqali o‘zini o‘zi kamol toptirishiga murojaat etish ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lib, bu Sharq xalqlarining turmush tarzida va madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish usullarida o‘z aksini topgan. G‘arb ma'naviy sivilizatsiyasi o‘zgarishlarga, haqiqatning tagiga yetish yo‘lidagi izlanishlarga ochiq bo‘lgan. Bu izlanishlar turli, shu jumladan ateistik, intellektual va amaliy yo‘nalishlarda kechgan.
SHuning uchun falsafaning rivojlanish bosqichlari turli mintaqalarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligiga e’tiborni qaratish kerak. O‘amma mintaqalar uchun falsafiy savol va javoblar tug‘ilishini universal bosqichi bo‘lib mifologik tafakkurning parchalanish davrini olish mumkin. Falsafiy fikr rivojlanishiga yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri – bu, jahon tarixiy–falsafiy jarayonlarni turli–tumanligini toraytirib qo‘yadigan Evropotsentrizm qarashlaridir. Bu qarashlarni g‘ayriilmiyligini ko‘rsatish bilan SHarq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik kerak. Bu o‘rinda G‘arb va SHarq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e’tibor qaratish bilan birga G‘arb va SHarq falsafasidagi an’analarning o‘zaro munosabatini ham tahlil qilish lozim.
SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Odamlar million yillar davomida oila-oila, gala-gala bo‘lib yashashdan bundan 50-40 ming yillar muqaddam Kromonon tipidagi ajdodlarimiz jamiyat muxitida yashash va tarbiyalanish bosqichiga o‘tdilar. Natijada ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilar ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantirdi, shu bilan birga asta-sekin ilmiy bilimlarni shakllantirdi. Falsafa fani o‘ziga xos yondoshishga ega. qadimdan faylasuflar borliq nima? Bor bo‘lishning o‘zi nima? degan savollarga javob qidirganlar. Falsafiy qarashlarning bu o‘ziga xos xususiyati qachon va nima uchun falsafa kelib chiqqan degan savolga javob berishga imkon tug‘diradi.Ijtimoiy hayot va ijtimoiy ongda, odatda, mifologiya yordamida hal qilib bo‘lmaydigan, ishontirishning ilojiy yo‘q jiddiy ziddiyatlar vujudga keladi. Bu o‘rinda shakllangan fikr bilan, haqiqatan qanday ekanligi xaqida bilimni farqlash ehtiyoji tug‘iladi. Bu farqlash falsafa bilan birga vujudga keladi.
Falsafa avval boshdan kundalik ongni, urf–odatni, an’anaviy qadriyatlarni va axloq normalarini tanqid qiladi. Faylasuf hamma narsaga shubxa bilan qaraydi, buni u shu an’analarni kelib chiqish ildizini topish uchun qiladi. SHundan uning bor bo‘lishning o‘zi nima?, borliq nima? degan savolining mazmuni kelib chiqadi. Falsafaning vujudga kelishida qanday ijtimoiy vaziyat, madaniyatdagi qanday siljishlar ta’sir qiladi? degan savollar tug‘ilishi tabiiydir. qadimgi Gretsiyada falsafa inson hayotining ma’nosi, uning odatdagi tuzumi va tartibi xavf ostida qolgan vaqtda shakllandi. Falsafaning u yoki bu davrda shakllanishigina emas, balki taraqqiyoti ham chuqur ijtimoiy krizis (inqiroz)lar bilan bog‘liq bo‘lib, inson qiynalganda, eskicha yashay olmay qolganda, eski qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotganda, endi nima qilish kerak? degan savol tug‘iladi. qadimgi Grek falsafasining kelib chiqishiga kelsak, u o‘sha joydagi quldorlik tizimining odatdagi mifologik–afsonaviy tasavvurlarini rad etib, yangi dunyoqarashni taqoza etardi. SHunday qilib, falsafiy qarashlar odatdagi turmush tarzi va odatdagi qadriyatlar inqirozi muxitida vujudga keladi. U eskicha yondashuvlarga xos urf–odatlarni tanqid qilib, yangicha qarashlarni qaror toptirish, yangicha turmush tarzini shakllantirishga harakat qiladi. SHuning uchun falsafada nazariy va dunyoqarash muammolari uzviy bog‘liqdir.
Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‘‘jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‘sha davrlardan qolgan yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo‘shig‘i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‘chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‘ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.
Xindiston bashariyat tarixida sivilizatsiya beshiklaridan biri hisoblanib, uning falsafasi o‘zining qadimiy va boy tarixiga ega. qadimgi Xind falsafasini o‘rganishda «Ramayana», «Maxabxarota», «Kalila va Dimna», «Vedalar» kabi mashxur asarlar ilk manbalar bo‘lib xizmat qiladi. Xind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-idrok, adolat, insof-diyonat, xalollik, poklik, mexnatsevarlik, milliy totuvlik, to‘gri so‘zlilik haqida va yomon illatlarga qarshi kurashish zarurligiga doir juda muxim falsafiy goyalar xikmatlar, rivoyatlar, maqollar shaklida bayon etilgan. Falsafiy qarashlarning kurtaklari Xind madaniyati eng qadimgi yozma yodgorliklari «Vedalar»da («Ved»lar – tabiatning iloxiy kuchlariga qaratilib aytiladigan gimnlar, duolar to‘plami) uchraydi. «Veda» kitobi Rigveda, Samaveda, YAshurveda va Atxarvededa deb ataladigan 4 katta bo‘limdan iborat.
Ularda borliqning bosh manbai, moddiy ibtidosi deb xisoblangan suv, olov, xavo, yoruglik, tuproq hamda oziq-ovqat, fazo va vaqt xaqidagi, shuningdek olamning tuzilishi va uni boshqaruvchi qonunlar, inson bilimining manba’lari va turlari, insonning ijtimoiy majburiyatlari kabi qator falsafiy masalalar yoritilgan. Ularda ta’kidlanishicha, tana jonning qobig‘i bo‘lib, jon esa – dunyoviy ruxning bir bo‘lagidir.
Xind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashxur bo‘lgan manba’larda ham o‘z aksini topgan. «Upanishadalar» «sirli bilim» degan ma’noni anglatib, «Vedalar»ning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo‘lmay, balki turli vaqtda har xil mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi turlicha falsafiy qarashlar maxsulidir. «Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o‘rab turgan borliq, uning hayotdagi o‘rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruxiyatining moxiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Umuman olganda qadimgi dunyo falsafasi keyingi davrlardagi falsafiy tafakkur va madaniyatga, kishilik jamiyatining rivojlanishiga ulkan ta'sir ko‘rsatgan. Hozirgi adabiyotlarda falsafaning vujudga kelishini marksizmning sinfiylik tamoyillariga asoslanib, quldorlik tuzumining shakllanishi bilan bog‘lab, uning tarixini uch ming yil deb hisoblanadi. Fikrimizcha, qadimgi asotirlardayoq falsafiy fikrlashlar, olam va undagi hodisalarga aql ko‘zi va tajriba mezoni bilan qarash unsurlari mavjuddir. SHu bilan birga falsafa tarixining rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy taraqqiyotning u yoki bu davrlari bilan bog‘lab tushuntirish xam o‘zini oqlamaydi. CHunki bu davrlar turli mintaqalarda o‘ziga xos tarzda kechgan. Masalan, qadimgi Gretsiya va qadimgi Rumoda qulchilik iqtisodiy ishlab chiqarish usulini asosini tashkil qilib, bu davlatlarning rivojlanishida quldorlik davrini tashkil qilgan. Agar Xitoy, O‘indiston xamda Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlasak bu erda sof quldorlik tuzumi bo‘lmaganligini ko‘ramiz. Ko‘pgina davlatlarda qulchilik u yoki bu tarzda XIX asrning 2-chi yarmigacha davom etib, hech qachon ular iqtisodiyotning asosini tashkil qilmagan.



1 Qarang Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. -T.: O‘zbekiston, 1997. –B.25-26.

2 Qarang Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. -T.: O‘zbekiston, 1997. –B.25-26.

3



Download 52.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling