Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


She'r unsurlari va qisimlari


Download 214 Kb.
bet19/20
Sana04.04.2023
Hajmi214 Kb.
#1328260
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-20 sher

She'r unsurlari va qisimlari
O`zbek mumtoz she’riyati va uning tur, nav hamda xillarini tadqiq etish jarayoni o`z tarixiga ega. Mumtoz she’riyatimiz tur va she’r shakllari, avvalo, turkiy xalqlar og`zaki ijodiyoti quchog`ida kamol topib yozma adabiyotga ko`chib borgan. Turkiy xalqlar adabiyoti o`z ichki imkoniyatlari doirasida rivojlanish bilan bir qatorda boshqa qo`shni xalqlar adabiyoti tajribalaridan ham bahra olib turgani sir emas. Mumtoz she’riyat an’analari va uning tadrijiy tarixini o`rganishda birinchi galda qadimiy manbalarga murojaat qilamiz. Mumtoz she’riyat qoidalari o`tmishda besh yo`nalishda, ya’ni ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’, ilmi she’r va ilmi muammo tarzida o`rganilgan. Bu sohadagi izlanishlar va risolalar dastlab arab hamda fors-tojik tillarida yaratilgan, ulardan o`z navbatida Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziymutafakkir Alisher Navoiy, xassos ijodkor Zahiriddin Muhammad Boburlar yaratgan asarlarida unumli foydalanganlar.
Mumtoz she’riyat qonun-qoidalari, an’ana va unsurlari Umar Roduyoniy(XI asrda yashab ijod qilgan)ning “Tarjimon ul-balog`a” (1114 yil ko`chirilgan), Rashiduddin Vatvot(vaf.1182)ning “Hadoiq us-sehr fi daqoiq ish-she’r” (hadoiq – hadiqaning ko`pligi – bog`, daqoiq – daqiqning ko`pligi – nozik), Shamsuddin Qays Roziyning “Al-mu’jam” (to`liq nomi “Al-mu’jam fi maoyir-il-ash’or-ul-Ajam”, XIII asr), Nasiriddin Tusiyning “Meyor ul-ash’or” va “Asos ul-iqtibos”(XIII asr), Xusrav Dehlaviy (1253-1325) “E’jozi Xusraviy” (XIV asr), Husayn Koshifiy (1420-1505) ning “Badoye’ ul-afkor fi sanoye’ il-ash’or” (XV asr), Atoullo Husayniy (1440-1513) ning “Badoye’ us-sanoye’” (1492), Vohid Tabriziyning “Jami muxtasar” (XV asr), Qabul Muhammadning “Haft qulzum” (XIX asr) va boshqa talay asarlarda tahlil etilgan.
Mumtoz she’riyat, umuman, mumtoz adabiyot turlari va navlari o`zbek allomalaridan Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziyning “Funun ul-balog`a” (XV asr), Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug`atayn”, “Mufradot”, “Majolis un-nafois”, “Nasoyim ul-muhabbat”, Boburning “Boburnoma”, “Mufassal” (“Muxtasar” nomida nashr etilgan) asarlarida tadqiq etiladi. Keyingi asrlarda ayniqsa, XX asr boshlarida mumtoz adabiyot janrlarini tadqiq etishga ma’lum e’tibor qaratildi. Chunonchi o`zbek professorlaridan A.Sa’diy va A.Fitratlar tomonidan yaratilgan “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” (1924) hamda “Adabiyot qoidalari” (1926) risolalari diqqatga sazovordir. Shuningdek, XX asrning 20-yillarida Vadud Mahmud, Sotti Husayn, Elbek kabi ijodkorlarning ham bu boradagi kuzatuvlari o`sha davr vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilib turildi. Masalan, adabiy turlar bahsiga doir Sa’diy, Fitrat va V.Mahmudlarning matbuotdagi munozarali chiqishlari olqishga loyiqdir. Masalan Fitrat xalq og`zaki ijodiyoti (folklor) ni el adabiyoti, Sa’diy omma adabiyoti va nihoyat V.Mahmud ulus adabiyoti deb atash fikrlarini izhor etadi. Folklorning el adabiyoti deb atash ko`p jihatdan maqbul bo`lgan holda Fitrat kamtarlik qilib A.Sa’diyining omma adabiyoti atamasiga muvofiqlik bildiradi. Cho`lpon ham o`zining “Adabiyot nadir” asarida bu masalalarga ozmi-ko`pmi munosabat izhor etadi.
Mumtoz she’riy janrlarni maxsus o`rganish o`zbek adabiyotshunosligida o`tgan asrning 40–50-yillaridan ibtido topdi. Shu tariqa tahlilga jalb etilgan mavzu doir akademik adib Oybek (1905-1968), xassos shoir M.Shayxzoda (1908-1967), atoqli olim N.Mallayev (1922-1996) larning Alisher Navoiy g`azaliyotiga bog`liq kuzatishlari alohida diqqatlidir. Shu tariqa olimlardan Y.Ishoqov, M.Yunusov va I.Haqqulovlarning ruboiy, O.Nosirovning g`azal, R.Orzibekovning g`azal va musammat, M.Abduvohidovning munozara, M.Jamolovaning noma, M.Oymatovaning fard janrlariga oid tadqiqotlari paydo bo`ldi. M.Mamatqulovning esa turkiy xalqlar adabiyotida janrlar poetikasi haqidagi ilmiy ishi yuqoridagi tadqiqotlar sirasiga qo`shilgan ajoyib ulushligi bilan ajralib turadi.
Devon so`zi mamlakat idorasi, hujjatlar saqlanadigan va tartib beriladigan joy ma’nosini anglatadi. Bu idora usuli Sosoniy (224-651) lar davridan boshlangan va u Abbosiy (750-1250) lar tomonidan davom ettirilgan, xuddi shu xil idora usuli Somoniy (875-1005) lar zamonida ancha qat’iylashadi, boisi bu usul davlatni markazlashtirishda qo`l kelgan. Bu usul, ya’ni shu xil idora tizimi G`aznaviy (997-1186) lar va Buxoro Mang`it (1757-1920) lari davlatida ham ustuvor maqomga ega edi.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling