Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


Download 214 Kb.
bet20/20
Sana04.04.2023
Hajmi214 Kb.
#1328260
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-20 sher

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Misol
Tarkibband janri
Tarkibband (arab. — tuzilish, band) — bir vaznda yozilib, gʻazal tarzida (taxallussiz) qofiyalanadigan, har banddagi baytlar soni teng boʻlgan, har band oxirida bir bayt alohida qofiyalanib keladigan sheʼr shakli. Lekin takrorlanib turuvchi baytlar saklansada, bandlar miqdori turli shoirlarda turlicha. T. murakkab tuzilishga ega boʻlib, shoirdan alohida mahorat va tajriba talab etadi. T. forstojik adabiyotida 9—11, oʻzbek adabiyotida 15-asrdan yozila boshlagan. Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy, Nodira va boshqa T.da ijod qilishgan. Mas., Navoiy devonida bittagina T. boʻlib, u ham marsiya xarakterida — "ham ota, ham murshidu pir" maqomidagi Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bagʻishlangan. U 7 band — 56 baytdan iborat. Har bandi 7 baytlik gʻazal va undan soʻng takrorlanib kelgan baytdan tashkil topgan.
Zamonaviy shoirlardan V.Saʼdulla, Chustiylar T. yozganlar. Chustiy T.ining har bandi 5 baytdan tarkib topib, har band oxirida alohida baytlar takrorlanib keladi.

Misol


Navoiyning "xazoyinul maoniy" asaridan:
TARKIBBAND
Dahr bogʻiki jafo shoriidur har chamani,
Juz vafo ahligʻa sonchilmadi aning tikani.
Kimdakim dogʻi vafo koʻrsa shahid aylamasa,
Lolasining ne uchun qongʻa boʻyalmish kafani.
Poymol etmasa andinki kelur mehr isi,
Oyogʻ ostida nedin qoldi giyohi damani.
Safhai xotiri pok oʻlmasa barbod andin,
Bas, ne sovrulmoq erurkim koʻrar aning samani.
Rostlar boʻlsa aning arsasida barxoʻrdor,
Javrdin, bas, nega bebarlik erur sarvi fani.
Gar yaqin ahlini Mansur kebi qatl etmas,
Bas nedindur shajaru sunbuli doru rasani.
V-ar kamol ahli jaloyi vatan ermas andin,
Nega tufrogʻdur ul akmali davron vatani.
Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok,
Etti durji aro bir koʻrmadi andoq duri pok.
Zoli gardun kishiga mayli vafo aylamadi,
Kimda-kim koʻrdi vafo, gʻayri jafo aylamadi.
Qaysi bir vasl kunin mehr ila qildi ravshan
Kim, yana hajr tuni birla qaro aylamadi.
Qaysi davlat quyoshin chekti kamol avji uza
Kim, yana yer toʻbida maskan ango aylamadi.
Qaysi labtashnagʻa tutti qadahi sof nishot
Kim, yana qismi aning durdi ano aylamadi.
Qaysi dilxastagʻa yetkurdi farogʻat noʻshe
Kim, nasibi yana yuz neshi balo aylamadi.
Har dil ozurdagʻakim novaki zulm etti kushod,
Garchi bor erdi xato, lek xato aylamadi.
Chekti bu zulmin aning barcha xaloyiq, lekin
Chora bu dardgʻa juz ahli fano aylamadi.
Xossa ul foni davronki, boʻlub vosili haq,

1 A.Hojiahmedov “Mumtoz badiiyat malohati”,”Sharq”nashriyoti,Toshkent,1999-yil,213-bet.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling