Qadimgi turkiy til va uning taraqqiyot yo`llari (2 soat) Dars rejasi
Ma’ruza QADIMGI TURKIY TILDA SINTAKSIS (2 soat)
Download 384 Kb.
|
eng to`gri
Ma’ruza
QADIMGI TURKIY TILDA SINTAKSIS (2 soat) Dars rejasi: Qadimgi turkiy tilning umumsintaktik xususiyatlari. So`z birikmalariga xos xususiyatlar. Bitishuv xususiyatlari. Boshqaruv xususiyatlari. Moslashuv xususiyatlari. Gap. qadimgi turkiy tilda sodda gap turlari. 4.Gap bo`laklari. Egaga xos xususiyatlar. Kesimga xos xususiyatlar. To`ldiruvchiga xos xususiyatlar. Aniqlovchiga xos xususiyatlar. Holga oid xususiyatlar. Uyushiq bo`laklari. Adabiyotlar: G`.Abdarahmonov, A.Rustamov Qadimgi turkiy til. T.: O`qituvchi, ]982 y. 42-53 betlar. 2. I.Azimov, M.Rahmatov. Qadimgi turkiy til. Toshkent, 2005-yil. 3. V.G.Kondrat`ev Ocherk grammatiki drevnetyurkskogo yazika. Leningrad, 1970 A.M.Sherbak. Grammaticheskiy ocherk yazika tyurkskiy tekstov X- XSh vv. Iz Vostochnogo Turkistana. M.-L., 1961. Str.21-26 G.A.Abdurahmonov. Issledovaniye po starotyurkskomu sintaksisu (XI vsk), M., 1967. Ma`ruzaning to`la mazmuni. Tekshirish savollari. Hozirgi o’zbek adabiy tili sintaktik strukturasidan qadimgi gurkiy til sintaktik strukturasining farqi va o`xshashlik tomonlari nimalardan iborat? Qadimgi turkiy tilda so`z birikmalari, ularni tashkil etgan bo`laklarki o’zaro aloqaga kirish usuliga ko`ra turlarini tushuntirib bering. Qadimgi turkiy tilda gap bo`laklari haqida ma`lumot bering. Tayanch tushunchalar. Predikativ birikmalarga ravishdosh, sifatdosh yoki shart fe`li boshqargan so`z birikmalari kiradi. Bunday birikmalar tarkibida grammatik ega-kesim bo`lmaydi, shuning uchun ham ular gap bo`la olmaydi. Har bir tilning, shu jumladan o`zbek tilining gap qurilishi, so’z birikmalari, gap bo`laklari, ular orasidagi mazmun va grammatik aloqalar uzoq tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Bu taraqqiyot shu tilning ichki taraqqiyot qonunlari asosida va boshqa tillarning ta`siri tufayli ro`y beradi. Qadimgi turkiy til o’zbek va boshqa ko’p turkiy tillarning shakllanishida asos bo`lgan. Ammo bu turkiy tilning o`zi ham ma`lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan, ma`lum bir qolipga tushgan yozma til edi. Har qanday tilning qurilishi asta-sekinlik bilan taraqqiy etadi, o`zgaradi. qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o’zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o`rtasida ko`p o`xshashlik va farqli tomonlar bor. Bu tilning bir-bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir. Download 384 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling