Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Adabiy jarayonda ijod va ijodkor muammosi
Download 321.49 Kb.
|
1-15 SHARQ ADABIYO
Adabiy jarayonda ijod va ijodkor muammosi
Adabiyotning o'zini anglash ehtiyoji uning o'ziga egiz tug'ilgan, desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Negaki, badiiy ijod tabiati, adabiyotning mohiyati va vazifalari haqidagi o'y-mulohazalar bizgacha yetib kelgan eng ko'hna yozma manbalarda ham uchraydi. Shuni ham qayd etish lozimki, ko'hna yozma manbalar orasida ilmiy muomalada kengroq ommalashgani va chuqurroq o'rganilgani qadimgi yunon-rim yozma yodgorliklaridir. Shu bois ham qadimiyat haqida so'z ketganda ko'proq shu manbalarga tayaniladi. Holbuki, qadim Shumer yoki Misr, Xitoy yoki Hind madaniyati ahamiyati jihatidan aslo kam emas, biroq yuqoridagi sabablarga ko'ra ularni istifoda etish hozircha qiyinroq. Masalaning yana bir jihatini ham e'tiborda tutmoq zarur: aslida, agar folklorning yozma adabiyotdan qadimiyligini e'tiborga olsak, adabiyot haqidagi qarashlarning ildizlari xalq og'zaki ijodidan suv ichishi tayin. Biroq bu haqiqatni e'tirof etgan holda, xalq og'zaki ijodi namunalarining yozuvda muhrlanishi keyingi davrlarda amalga oshgani, bunga qadar ularning qadimiy matni saqlanmaganini hisobga olib, yana yozma manbalarga qaytishga majbur bo'lamiz. Antik yunon madaniyatining arxaik davrlariga mansub Gomer, Gesiod, Pindar singari ijodkorlarning asarlaridayoq adabiyot haqidagi qarashlarga duch kelinadi. Aniqrog'i, bu asarlar mualliflarning adabiyotni qanday tushunganlari haqida tasavvur bera oladi. Tabiiyki, bu qarashlar mualliflarining dunyoqarashlariga mos edi. Qadimgi yunonlarning tasavvurlariga ko'ra, olamning tuzilishi anchayin sodda: Olimpda - xudolar, yerda odamlar yashaydi, olam shu ikkisining birligidan tashkil topadi. Ularning e'tiqodicha, Olimp xudolari yerdagi hayotni yo'lga solib turishadi, yana ham aniqrog'i, ular Olimpdagi tartibotlarni yerdagi tartibotlarga monand tasavvur etishgan. Masalan, ularning e'tiqodiga ko'ra, yerdagi har bir kasbning o'z ilohi bor. Jumladan, san'at ilohi - Apollon, Olimpda undan boshqa yana ko'plab ilohalar - Muzalar borki, ular odamni ijodga ilhomlantiradi. Shu bois ham, masalan, Gomerning "Iliada"sida o'sha muzalarga qayta-qayta murojaat qilinadi. Bir o'rinda Gomer "Olimp xudolari har yerda hozir va ko'k gumbazi ostidagi har nedan voqif" ekanini e'tirof etarkan, "biz (ya'ni, odamlar - mual.) hyech narsani bilmaymiz" deydi. Gomer Muzalardan o'tinib "danayaliklarning sardorlari kimlar" bo'lgani, "Troya ostonasiga kelgan jangchilarning barini eslatib" qo'yishlarini so'raydi. Ko'rib turganimizdek, Gomer san'atda hamma narsani ilohlar hal qiladi, ilohlar suyib saylagan kishilargina san'atkor bo'la oladi, san'atkor ilohlar "diliga solgan" narsalarnigina kuylay oladi, deb hisoblaydi. Adabiyotning vazifalari, uning insonga ta'siri masalalariga ham juda qadim zamonlardayoq diqqat qilingan. Bu haqda Gesiodning (mil.av.VII-VI asrlar) "Teogoniya" asarida fikr bildiriladi. Uning aytishicha, "Muzalar suygan kishi tolelidir", shunday kishining "lablaridan uchgan sas bag'oyat totlidir". Agar kishi dilini "nogahoniy qayg'u qoplasa, ko'nglini g'am-anduh kemirayotgan bo'lsa, Muzalar xizmatchisining qo'shig'ini tinglash kifoya: butun qayg'u hasratlarini unutadi". Agar arxaik davrda adabiyotni, badiiy ijodni ilohiy deb tushunish ustuvorlik qilgan bo'lsa, yunon madaniyatining klassik davriga (mil.av. V-IV asrlar) kelib yozuvchi mehnatiga bir kasb sifatida qarash ustuvorlik qila boshladi. Yunonlarda mohir ustaning biron kasb sohasidagi faoliyati "texne" deb yuritilgan bo'lib, bu so'z "mahorat", "hunar", "san'at" kabi ma'nolarni anglatadi. Bu davrga kelib so'z san'ati ham "texne" sirasiga kiritildi. Bu xil qarashning paydo bo'lishi ritorikaning maxsus fan sifatida tezkor rivojlanishi bilan bog'liq edi. O'z navbatida, ritorikaning taraqqiy etishi antik Gretsiyada notiqlik san'atining ulkan ahamiyat kasb eta boshlagani bilan izohlanadi. Darhaqiqat, bu davrga kelib antik Gretsiyada davlat-boshqaruv ishlarida notiqlik san'ati o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lib ulgurgan edi. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalarning qay yo'sin hal qilinishi, jamiyat hayotiga bevosita aloqador biron bir tadbirning joriy etilishi yoki rad qilinishi, sudlov ishlarining qanday ajrimga kelishi - bularning bari muhokama jarayonida masala mohiyatining qanday yetkazib berilishiga ko'p jihatdan bog'liq edi. Shodmon Otabek: Mahkam aka,adabiyotning ma’no-mohiyati haqida donolar, buyuk siymolar, so‘z san’atkorlari ko‘p va xo‘p aytgan. L.Tolstoy “San’at butun insoniyatning yagona his-tuyg‘uga birlashishi uchun vositadir” deganda avvalo adabiyotni nazarda tutgan, albatta. Arastuning siz tarjima qilgan o‘sha “Poetika”sida ham katarsis — badiiy adabiyot inson ruhini tozalashi, poklashi nazarda tutilgan. Nazarimda, adabiyot haqidagi bahs-munozaralarda, badiiy asarlarga baho berishda, qanday mezonlarni asos qilib olish borasida yakdil fikr yo‘q. Bitta asarni to‘rt kishi o‘qisa, to‘rt xil fikr aytadi. Adabiyotga har kimning o‘z qarashi bor. Kim uchundir adabiyot ko‘ngil izhori, kim uchundir qismat... Ayni chog‘da adabiyotning azaliy, o‘zgarmas tamoyillari, mezonlari ham bor-ku! Nazarimda, biz goho ularni unutib qo‘yayotganga o‘xshaymiz. Mahkam Mahmudov: San’atda badiiylik mezonlari hikoya, qissa, roman, ballada, poema, lirik she’riyat, rassomlik, me’morchilik, musiqa, haykaltaroshlik asarlari uchun turlicha ekanligi tabiiy hol. Ammo, bu san’atlarning barchasi uchun umumiy, zaruriy, yurak va qon tomiriga o‘xshash muhim qonuniyatlar borki, bular avvalo adabiyot nazariyasi, keng ma’noda estetika fanida maxsus o‘rganiladi. Shu mezonlarning asosiylari: she’r uchun his-tuyg‘ular go‘zalligi, nafisligi, nozik kechinmalar, hikoya uchun – yaxlit bir voqeada inson xarakteri va muhim bir g‘oyani tasvirlash, qissada shu narsalarning kengroq ifodalanishi, romanda davr va jamiyat hayotida yuz berayotgan global jarayonlarni bir yoki bir necha odamlarning taqdiri, xarakterlari orqali ochish, tragediyada zamon oqimiga qarshi yakka o‘zi qarshi tura olgan shaxsning va atrofdagilarining kuchli xarakterlarini ko‘rsatish, komediyada jamiyatdagi illatlarni kulgi, hajv vositasida fosh qilish, rassomlik va haykaltaroshlikda – muhim ijtimoiy va estetik ahamiyatli manzara, holatlarni birgina nozik lahzada aks ettirish muhim hisoblanadi. Download 321.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling