Qadimgi xett epigrafikasi
Download 93 Kb.
|
Xett davlati
Tayyorladi: Mingboyeva Go’zal 13-22-guruh talabasi Jaxon Tarixi fanidan O’qituvchi: Amriddinov Jahongir Xett davlati Reja: Qadimgi Xett Yozuvning ixtiro qilinishi. Qadimgi Xett yozma yodgorlkilarinning yozlishi. Xettlardagi adabiy epigrafik yodgorliklar. Xet davlati haqida qiziqarli ma’lumotlar Milodan avvalgi 1296 yili baxorida Orant daryosi vodiysida qadimgi Misr Fir`avini Ramzes II va Xett podshosi Muvatallis (Xatesuliy III) qo`shinlari o`rtasida Kadesh shahri yonida yaqinida to`qanashadilar. Bu jangda g`olib bo`lmay, ikkala tomonning kuchlari ham teng keladi va mil.av.1280 yil ikki davlat o`rtasida “Abadiy tinchlik va do`stlik to`g`risida” bitim tuziladi. Ramses II bitimning isboti sifatida Xett podshosi qiziga uylanadi. Ramzes II mamlakatiga qaytib kelgach, Misrliklar uni Xettlarning g`olibi! deb kutib oladi. Uni “butun mamlakatida xurmatga sazovor” Xettlar mamlakatining maxtanchoqligiga barham bergan, dovyurak, buyuk Xudo “Ra ning, Xettlar mamlakatini oyoq osti qilgan o`g`li” deb e`lon qiladilar. Saroy shoiri Ramzes II ning g`alabasiga bag`ishlab, doston yaratadi, dostonda Kadesh yaqinidagi janglarning borishi tasvirlanadi. K. Keran “Tor dara va qora tog`” degan kitobida bu asarni batafsil taxlil qiladi, dostonning haqiqatga zid tomonlarini va Ramses II ning o`z g`alabalari to`g`risidagi davolari asossizligini to`la ishonarli qilib tasvirlanadi. K.Keran bu faktni “tarixni to`g`ridan-to`g`ri soxtalashtirish, bizga ma`lum bo`lgan birinchi soxtalashtirish”, “qalbaki targ`ibot durdonasi deb atadi”. Bu yolg`on uch ming yil yashab keldi, tarixchilar Kadesh yaqinida o`sha uzoq davrlardagi ikkita eng katta Harbiy kuch to`qnashganligini xatto bilmaganlar. Nixoyat, uzoq davrlar o`tgandan keyin Xettlar kashf qilindi. XIX asr 70-yillarida Britaniya sharqshunosi A.Seys qadimgi sharqda faqat ikkita Ossuriy-Bobil va Misr madaniyati va Yozuvi ham bo`libgina qolmay, qadimda o`ziga xos tsiviliazatsiyaga ega bo`lgan bu xalqni Xettlar deb atagan edi. Biroq uning bayonatiga sovuq munosabatda bo`lganar, A.Seysga esa “xettlar ixtirochisi” degan laqab belganlar. “Xett” xalqining nomi Bibliyada ham keltirgan. Unda, jumladan : “Avraam davridayoq xettlar Xananni egallagan”, deyilgan. Biroq XVIII oxiri XIX asr olimlari tarixiy ma`lumotlar manbai sifatidagi Bibliyaga ishonchsizlik bilan qaraganliklari bu daliliga jiddiy munosabatda bo`lishga halaqit bergan, xolbuki qadimgi sharq ayni shu vaqt chinakamiga kashf etilgan. Bu davrda arxeologiya va tilshunoslik jadal rivojlangan. Ieroglfilar va mixxatlar o`qilgan, izohlab berilgan. YAngi Yozuvga e`tibor berishga majbur qilgan birinchi topilma Hama toshilari bo`lgan. Bu toshlar jami to`rtta bo`lib,Suriyaning Hama shahridagi bozordan topilgan.Toshlarning uchtasi devorga o`rnatilgan, to`rtinchisi esa maydonda yotgan ekan.Maydon markazidan topilgan to`rtinchi tosh “shifobaxsh” kuchga ega bo`lganligi aytib o`tilgan , bod kasalidan azob chekuvchi kishi uning ustiga biroz cho`zilib yotsa, “bir zumda sog`ayib ketarkan”. Qisqa vaqt ichida Old Osiyoning bir-biridan uzoq masofadagi turli joylaridan yana xett yozma yodgorliklari topiladi. Bu A.Seysga xettlar olimlar o`ylaganidek kam sonli SHimoliy Suriya qabilalari bo`lmay, katta xalq bo`lgan, degan xulosa chiqarishga yordam bergan. Suriyada arxeologik qazishlar o`tkazilgan vaqtda Hama toshlaridagidek Yozuvlar bitilgan xaykallar topilgan. Turkiyadagi Marasha shaxri darvozasini bezab turgan sherning yolkasiga va biqinlarga Shunday Yozuv buyurtma belgilar bilan yozilganligi aniqlangan. Anqaradan 150 km masofada qoyaga o`yilgan ibodatxonadan o`ziga xos Xudolar xaykallari topilgan bo`lib,xaykallarda bir belgi - ________ takror takror uchraydi. A.Seys uni xudo tushunchasini ifodalovchi ideogramma bo`lsa kerak deb taxmin qilindi. 1900 yil yuzlab nomni o`z ichiga olgan xett Yozuvlari ruyxati nashr etilgan.Qadimgi SHarqda uchinchi buyuk dalat bo`lganligi haqidagi fikrni tasdiqlovchi boshqa ishonchli dalillardan biri sifatida avvalo Misr fir`avnlari arxivlarida saqlayotgan maktubni ko`rsatish mumkin, bu xettlar podshosi Suppiluliumning maktubidir. Maktubda xettalar podshosi Misr fir`avini Amenxotopning taxtga o`tirganligini ma`lumot uchun qabul qilganligi aytilgan. Maktub xushmuomalalik va iftixor bilan yozilgan. Mavqei teng kishigina Shunday yozishi mumkin edi. Ramses II ning xettlar xukmdori ustidan “g`alaba” qozonishi munosabati bilan uning nomiga aytilgan madxiyalar ham Xettlar qudratli va daxshatli raqib bo`lganligidan darak beradi. Biroq bu qanday xalq bo`lgan? Qachon paydo bo`lgan, qaysi tilda so`zlashgan, qanday siyosiy va iqtisodiy tizimga ega bo`lgan? Bu savolarning hammasiga javob berish kerak edi. 1905 yil arxeologlar Bo`g`ozqoya tumanini qaziy boshladilar, va u erdan kutilmaganda xett podsholigining davlat arxivini topadilar! Ko`plab Xett Yozuvlari bitilgan sopol lavxalari topilgan.Topilgan lavxalarining bir qismidagi Yozuvlar akkad tilida ekan. Bu vaqtda akkad mixxatining siri ochilgan “akkad” Yozuvlari o`qilayotgandi. SHunda ekspeditsiya Xettlar davlatining qadimgi poytaxti yonida turganligi ma`lum bo`ladi. Xuddi shu erdan hammani hayajonga solgan narsa – Misr fir`avini bilan Xett podshosi o`rtasida tuzilgan “abadiy tinchlik va do`stlik to`g`risidagi”, Fivdagi Amoe qasrida Misr tilida o`yib yozilgan mashhur bitimning xett tilidagi varianti topiladi. Endi olimlar ixtiyorida etarli miqdorda yozma yodgorliklar bor edi, ularni o`qishga kirishilsa bo`lar edi. Xett Yozuvlari ikki xil belgilardan – mixat va ieroglifikaga nisbtan kengrok tarqalgan edi. O`rta asr Evropasida lotin alifbosi qanday rol o`ynagan bo`lsa, o`z davri uchun Xett Yozuvi ham Shunday rol o`ynagan va lotin alifbosi singari ko`pgina qadimiy tillarni yozishda foydalanilgan. Mixxatlarni, ierogliflarni o`qish printsipi ma`lum bo`lgani uchun deshifrovka muammosi Xett tilining xususiyatlarini aniqlashdangina iboratligi ko`rinib turardi. Xett tekstlarni tushunmoq uchun til tuzilishini va uning gramatik shakllarini aniqlashgina qolgan edi. Xett Yozuvining mixxat va ieroglifi variantlarini o`qishning boshlanishi chex olim B. Grozniy nomi bilan bog`liq. B. Grozniy 1 jaxon urushi oldidan Xett mixxatidan nusxa ko`chirish bilan shug`llanadi. Xett tekstlarini o`qishni birinchi navbatda, bilingva yo`qligi qiyinlashtirgan (bilingva keyin topilgan so`zlarning to`g`ri tushunilganligi tasdqilangan). Birgina yul qolgan edi, u ham bo`lsa mantiqiy xulosalar chiqarish va begilarni solishtirish vositasida tilning strukturasni aniqlash edi. Olim ishni xett qonunlari yozligan tekstlarni izoxlashdan boshlagan. Qonunlarning paragraflarida jumlalarning tuzilishi bir tartibda bo`lgan : “agar kimda – kim Shunday – Shunday qilsa, u Shunday to`laydi”. Olim tilning grammatik tuzilishini juda tez o`zlashtirgan. Uning Old Osiyodagi ko`pgina qadimiy tillar singari, somiy tili bo`lmay, xind-evropa tili bo`lib chiqishi olimni taajublantiradi,bir so`zning o`zgarib borishi, ya`ni turlovchi qo`shimchaning almashib turishi aniq bilinib turadi, so`zlar turlanishining butun sistemasi, garchi akkad so`zlari va so`z birliklari ko`p bo`lsada, buning xind – evropa tili ekanligidan dalolat beradi. Olim butun jumlalarning moxiyatiga tayanib turib, Xettcha ko`pgina so`zlarni, grammatik shakllar ma`nosini tez aniqlay oldi. Shunday qilib, Xind – evropa tillari haqida yaxshi ma`lumotga ega bo`lgan B.Grozniy bu oilaning eng qadimgisi bo`lmish - Xett mixxatining sirini ochishga muvaffaq bo`ldi. Agar ilgarilar Gomerning poemalari va miloddan avvalgi II ming yillikning o`rtalariga mansub bo`lgan xind eposi “Rigveda” xind –evropa tillaridagi eng qadimgi tekstlar deb xisoblanilgan bo`lsa, Xett tekstlarining o`qib chiqilishi olimlarga asrlar qariga ya`ni miloddan avvalgi XVIII asrgacha nigox tashlashga yordam beradi. Xettlarning dastlabki Yozuvi ieroglif bo`lganligi hozir isbotlangan. Xettlar uni o`zlari ya`ni rasmli Yozuvdan xosil qilib, Misrliklardan mustaqil ravishda yaratganlar. Xettlar keyinchalik mixxatni o`zlashtirganlar shunga qaramay ieroglif Yozuv keng tarqalgan edi. Mixxat davlat maxkamalarining Yozuvi bo`lib,davlat shartnomalari kumushli, temir yoki qo`rg`oshin taxtaga o`yib bitilar ekan. Xettlarning yana bir ajoyib Yozuvi bo`lgan; bu toshga o`yib yozish san`atidir. Bunda har bir belgi shu qadar zo`r hafsala va puxtalik bilan ojro etilganki, Yozuv chinakam san`at asariga aylangan. Xett Yozuvining eng qadimgi yodgorligi yigirma to`qqiz nafar xett podshosini ruyxatini o`z nomi bilan boshlab bergan shox Anittas Yozuvi ana Shunday imkoniyat tug`dirdi. Endilikda xettlarni mixxat Yozuvi – tili ko`pchilik olimlarni mexnati tufayli ikr-chikirigacha ochib berildi. Tadqiqotchilar xett tili jumboqlarini juda sekinlik bilan egallab bordilar. Tekstlardagi bir xil so`zning o`zi bir xolda ideogramma yordamida boshqa xolda fonetik usulda o`qilganligidan ularni qanday talaffuz etilishi aniq bo`la bordi. Ko`p qo`llanadigan so`zlarni doimo ideogramma bilan ifoldalanishi xett tilida urg`uni qanday talaffuz etilishi imkoniyatini bermaydi. Maslan, ugil, aka, xotin it so`zlari xett tilida qanday talaffuz etilishi hozirgacha ma`lum emas. Keyinchalik xalqning tarixi bayon etilgan mixxatli lavxa o`qib chiqildi. Avvalo shu narsa ma`lum bo`ldiki, xettlar kichik osiyoni tub axolisi emas ekan. Ular g`arbdan kelib Anatoliyada o`rnashib qolganlar. Bo`g`ozqoyadan topilgan mixxatli lavhalar orasidan ko`p bo`lmasada, xett tilidan farq qiladigan, lekin xind-evropacha ham somcha ham bo`lmagan tillarda yozilgan lavxalar chiqib qoldi. B.Grozniy tomonidan ochilgan bu yangi til yanada qadimiyroq va ibodat tili bo`lsa kerak. Uni Xattlar tili (Xettlar kichik osiyoga kirib kelganida bu erda Xatt degan qabila isteqomat qilgan,buni Xett Yozuvining eng qadimgi yodgorligi xisoblangan “SHoh Anittas” Yozuvi isbotlaydi) deb atadilar. Xettlar kichik Osiyoga kirib kelganlarida bu er cho`l emasdi, bu erda xett qabilalari yashardiki, xettlar keyinchalik bu nomni olishgan. Keyinchalik xettlar bilan xettlar aralashib ketganlar. Xudolari va madaniyati bilan birga ibodat tili sifatida qabul qilganlar. Biroq xett nessiy tiligina zodagonlar tili, umumiy til bo`lib qolgan. Xett podsholari o`sha arxividan xind evropaviy tilidan lavxalar ham topilgan edi. Ierogliflar monemental Yozuvlarda qo`llanilgan. Mashxur hamma toshlari Yozuvli qoyaga o`yib ishlangan xudolar shakli galereyasi va boshqa 69 joydan topilgan ko`plab yodgorliklar tilga kiritilmagan edi. Olimlar ushbu bitiklarni tilga kiritish uchun yana 60 yil kurashdilar. 30 yillarda o`g`il-ideogrammasi, qismoq fe`li va ko`pgina Yozuvlar oxiriga qo`yiladigan qarg`ish formulasi aniqlangan edi. 1947 yil kuzida nemis professori G.Bossert Turkiyaning janubi g`arbi tomonidagi Qoratepa deb ataluvchi tepalikdan qisman xett ieroglifidagi va qisman finikiyaliklar tilida yozilgan ancha uzun tekst topdi. Bu bilingva edi.Professor G.Bossert bu toshni turklarning “shertoshi” haqidagi afsonasini eshitib, uzoq izlanishlardan so`ng tog` tepasidan topgan. Olim finikiyacha Yozuvni o`qib chiqqanidan so`ng,belgilarni ierogliflarga ham solishtirsa bo`lardiyu, biroq buning uchun avval bilingva ekanligini aniqlab olish zarur edi. Toshga ikki xil xett ierogliflik testk bilan barobar uchta finikiycha Yozuv ham bitilgan edi. Lekin belgilar shu qadar tartibsiz xolda sochilib ketgan ediki, xettcha ieroglif tekstni boshini topib bo`lmas edi. Tekstlarda shox Azitovand haqida so`z borayotganini aniqlashga muvaffaq bo`lishdi. Lekin ikki tilda bitilgan tekstlarning bir xil mazmunda ekanligini butun bir jumlani o`qib chiqqandan keyingina isbotlash mumkin edi. Ierogliflar bilan yozilgan tekstlarni yanada batafsil o`rganish natijasida bu tekstlar lug`aviy tilga o`xshatildi, ya`ni Anatoliyadagi yana bir xind evropa tilida yozilganligi aniqlandi. Bunday Yozuvlar xett davlati arxivlarida ham bor edi. Tekstni o`qish o`zini ko`rsatib turgan inson tasviridan boshlandi, bu tasvir men degani. Hozirda xettlarning Yozuvi to`liq o`qib bo`lingani yo`q. Xettlar ikki yarim ming yil burun tarix sanasidan g`oyib bo`lganlar. Lekin xettlarning madaniy an`analarini ayniqsa janubiy rayonlarda yashaydigan xalqlarda uzoq vaqtgacha saqlangan. Ieroglif bilan yozilgan va miloddan oldingi X-VIII asrlarga oid Xett Yozuvlari ayni shu joylardan topilgan. Xettlardagi adabiy – epigrafik yodgorliklar. Xettlardan madaniyat yodgorliklari kam qolgan. Ular ham asosan fragmentlar-dan iborat. Lekin Xett Yozuvining o`qilishi natijasida bizga bu xalq uning tabiati urf odatlari tuzilishi to`g`risida juda ko`p narsalar ma`lum bo`ldi.. Xett xudolari sodda bo`lgan, ular donoliklari va idrokliligi bilan ham ajralib turgan. Xettlar o`z xudolaridan adolatsizlik uchun yordam so`raydilar. Ularga yolvorib, chiroyli so`zlar bilan iltijo qiladilar iltimoslarini izxor etadilar. Xettlar poeziyasi ta`sirchan va boy. Mana ularning kuyosh to`g`risidagi she`ri. “Senga salom aytaman, ko`kning Quyosh tangrisi! Hammaning yuragini ko`rib turasan o`zing, Ammo sening qalbingni ko`ra olmas xech odam, Kim agar jinoyat, badnom qilsa o`zini, Boshida sen turgansan, ko`kning quyosh tangrisi! To`g`ri yulda yuribman o`zing shoxidsan bunga, Kim boshimga g`am soldi o ko`kning kun tangrisi!” Toshdagi Yozuvlardan biz xett adiblaridan birining ismi Killas ekanligni bilib olamiz. U bizga hozrgacha ma`lum bo`lgan shoirlarning eng qadimiysidir. Gomerdan 500 yil ilgari yashagan bu shoir osmon saltanatida xudolarning xukmronlik uchun kurashi to`g`risida katta asar yozgan yoki qayta ishlagan. Xettlarning Momaqaldiroq xudosi to`xtovsiz o`sib xudo taxtini emirish havfini tug`dirayotgan ba`zalit qoya xakki tomon ukasi Tasmis bilan birga yul oladi: “Qo`lidan ushladiyu, yul oldi xakki tomon, SHitob bilan qaradi u daxshatli qoyaga, Bo`ldi daxshatli qoya ko`z oldida namoyon G`azabdan o`zgardiyu, yuzlaridan qochdi qon. CHaqmoq tangrisi mana, o`ltirdi erga, Va ko`zlaridan oqdi daryo-daryo yosh Dedi chaqmoq tangrisi nigoxlari nam bo`lib, Bu daxshatni kshrmoqqa kim toqat qila olar? Bu bilan kurashmoqqa kim jur`at qila olar? Ma`buda Ishtar va dedi CHaqmoq sotuvchi zotga: Jigarim, uchun kuchli ham, ojiz ham emas zinxor, Garchi bu (tosh) nodondir, uchun yigitcha kuchi bor…” Xett adabiyotida qisqa xikoyalar ham yaratilgan, tarixchilar ularga “davlat va nomaqulchilik tasvirlari” deb nom berishgan. Tashqi ko`rinishidan ular birovlarning chizilgan rasmiga o`xshab ketadi. Ishyoqmas, vijdonsiz amaldorlarni, byurokratlar sudyalarni tasvirlaydi. Xett aholisi matematika, geometriya sohasidagi bilimlarni Bobilliklardan o`zlashtirganlar, o`zlaridan xech qanday narsa qo`shmaganlar. Endi xettlarning qanday yozganliklari haqida qisqacha to`xtab o`tamiz. Bu rel`eflarning birida Targumpisa taxtining vorisi bo`lmish bola onasi bilan tasvirlangan. Bolaning yonida o`quvchilar daftari bilan siyohdon taxtadan bor. Xettlar yog`och taxtaga mato tortib, uning ustiga oxak qoplashar ekan. Ular qalam va tosh bilan yozishgan. Xat qo`rg`oshin “tasma” siga yozilgan “tasma”ni osonlikcha o`rab, qo`yish Yozuvini esa to`g`rilash va yana qaytadan yozish mumkin bo`lgan Asosan yog`och taxtalardan foydalanganliklari uchun yozma yodgorliklarning aksar qismi bizgacha etib kelmagan. Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling