Qadimgi Xitoy falsafasi


Markaziy Osiyoda buddaviylik


Download 96.5 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1288491
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Markaziy Osiyoda buddaviylik
 ham o`z o`rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidxarta urug‘idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo`lgan. Buddaviylik islomga qadar O`rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o`rin tutadi. Bu ta’limot O`rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko`ra, uni Toxaristonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Xalqchil bo`lganligi uchun O`rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O`rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to`rt bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga to`g‘ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha yetib kelmagan.

Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O`rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning axloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga da’vat etuvchi g‘oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan.

Uchinchi bosqich. Bu davrda O`rta Osiyoda buddaviylik ta’limotining manbalari yoyilgan.

To`rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O`rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan.
Buddaviylikning O`zbekiston va Hindiston xalqi o`rtasida o`z davrida ma’naviy ko`prik bo`lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz orasidagi do`stlik va birodarlikning ildizlari ham o`sha davrga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqishi tasodifiy emas.



Moniy ta’limoti


 yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo`shtiylik va xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Moniy hatto «Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda dastavval nur dunyosi - yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo`lgan. Ular o`rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo`lgani sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan.
Markaziy Osiyoda vujudga kelgan qadimgi falsafiy ta’limotlar, ular ilgari surgan g‘oyalar bugungi kunda ham muhim ahamiyatiga ega. Sanab o`tilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni zardo`shtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo`lida jon fido etgan Muqanna boshchiligidagi harakat nafaqat O`rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o`lkalarida ham aks-sado bergan. Vatanimizning o`sha davrda shakllangan va rivojlangan boy madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko`rsatgan.
Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib kelgan davrdan boshlanmaydi. U islomga qadar ham ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu davr tarixi nihoyatda kam o`rganilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yo`q qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida miloddan avval makedoniyalik Aleksandr turgan bo`lsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana shu yo`ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to`g‘risidagi maqsad-muddaolarni butunlay yo`qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi. Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof etgan. Ammo uning bosqinchilik g‘oyalariga mos kelmaydigan juda ko`p namunalarini ayovsiz yo`q qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy boyliklarni shafqatsizlarcha g‘orat qilish asosiy o`rinda turgan. Yurtimizda arablar istilosiga qadar ustuvor bo`lgan ma’naviy va madaniy durdonalar qadrini yaxshi anglaydigan va ularning ahamiyatini to`g‘ri tushunadigan kishilar birinchi navbatda yo`q qilib yuborilgan. Bu to`g‘rida Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o`rgangan va bilimini boshqalarga o`rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo`q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib bo`lmaydigan darajada yashirin qoldi». Ushbu asarning boshqa sahifasida ulug‘ vatanparvar olim yuqoridagiga o`xshash yana bir fikrni quyidagicha ifoda etgan: «Qutayba xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o`ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz bo`lib, o`z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo`ldilar».
Beruniy zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bo`lib turganini e’tiborga olsak, zikr etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday o`ktamlik bilan aytish g‘oyat ulkan jasoratni talab etgani ayon bo`ladi. Istilochilarning bunday vayronkor siyosati keyin ham davom etgan. Xususan, mustabid sho`rolar mafkurasi hukmronlik qilgan davrda ham ana shunday hol ro`y bergan. Nihoyatda boy qadriyatlarimiz, falsafiy ta’limotlarimiz, umuman o`z merosimizdan bebahra bo`lib qoldik.
Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o`lmas madaniy merosni o`rganish imkoni tug‘ildi. Tarixiy xotirani tiklash, xalqimiz qalbida milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish hozirgi kunda ma’naviy hayotning ustuvor yo`nalishiga aylandi.
Mazkur mavzuga asos bo`lgan davr falsafasi arab istilosi va mamlakatimizda islom dinining taraqqiy etishi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu falsafa, ba’zi chet ellik mutaxassislar aytgani kabi, faqat arablar madaniyatining bir qismi emas. Balki bizning Vatanimiz farzandlari ulug‘ bobokalonlarimizning islom diniga, islom falsafasiga, butun arab dunyosi va jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko`rsatgan ta’limotlari dunyoga kelgan davr falsafasi hamdir.
Shu bilan birga, bu ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi kurashini aks ettirgan, xalqimiz madaniyati va ma’naviyati nihoyat darajada rivojlanganini butun jahonga yaqqol namoyon qilgan davr falsafasidir.

Bu Muqanna kabi milliy qahramonlarimiz keng xalq ommasiga bosh bo`lib ozodlik kurashi olib borgan paytlarda elning ruhini ko`tarib, ilhomlantiruvchi ezgu g‘oyalar shakllangan davr falsafasidir.



Bu Amu va Sirdaryo bo`ylarida yashagan xalqning dahosi eng yuksak darajaga ko`tarilgan, uning atoqli namoyandalari jahon madaniyati sahifalariga o`zlarining o`chmas nomlarini muhrlab ketgan davr falsafasidir. Bu falsafaning xususiyatlari o`sha davrda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning o`ziga xosligi bilan belgilanadi.
Mazkur mavzuni o`rganishdan maqsad, Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, yosh avlod qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantrish, «Yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash. Ularning tafakkurida o`zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish»dan iborat.



Arab bosqini va islom dini


Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog‘onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz to`qnashuvlar ro`y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog‘onoti bilan sosoniylar Eroni o`rtasidagi to`qnashuvlar o`ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu hudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi halqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo`qligi, o`zaro qirg‘in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so`zi arabcha tangriga o`zini topshirish, itoat, bo`ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi. Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo`yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan.
Qur’on va hadislarda islomiy ta’limotning asosi bayon qilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari, iymon-e’tiqod talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlar o`z ifodasini topgan. U 114 sura va ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo`lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to`g‘ri yo`l, ilohiy yo`l demakdir) — islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo`nalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy me’yorlarga oid masalalarda o`zaro farqlanib turadi.
Xorijiylar yo`nalishi o`rta asrlar davrida ko`pgina oqimlarga bo`linib, keyinchalik yo`qolib ketgan. Faqat ibodiylar (abodiylar) oqimi saqlanib qolgan.


Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda bir-biridan farq qiladi.
Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan ajralib turadigan diniy guruhlardir. Shialikdan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan.
Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo`yicha yuzaga kelgan o`zaro kelishmovchiliklar natijasidir.

Islomda hanafiylik, ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniy-aqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan.




Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling