a) Ta’lim muassasasi hududida: -
maktabga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, toza va orasta kiyingan holda kelish; -
-
ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish; -
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik; -
ta’lim muassasasi mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; -
-
maktabga «Ustav»da belgilangan o‘quvchilar formasida kelish (o‘quvchilarning kiyim boshi toza va ozoda bo‘lishi, o‘quvchi qizlarning sochlari tekis turmaklangan, kalta yubka va oldi haddan tashqari ochiq ko‘ylak kiymasligi, o‘g‘il bolalarning sochlari tekislangan, maktabga shortik va maykada, «zamonaviy moda» deb tizzasi yirtilgan shim, g‘arbning jangari fil’m qahramonlari aks ettirilgan kiyimlarda kelmasligi); -
maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan o‘quv darsliklari bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, darsga to‘liq o‘quv darsliklari bilan qatnashishi, ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmasligi); -
narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. b) Dars vaqti (sinf xonalari)da: -
dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish; -
uyali aloqa vositalariniolib kelmaslik; -
dars vaqtida o‘rinsiz gaplashmaslik; -
-
qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik; -
-
Navbatchi o‘quvchi tomonidan o‘quvchilar davomatini aniqlash va darsga kelmagan o‘quvchilar haqida o‘qituvchiga ma’lumot berish. v) Tanaffusda: -
tanaffusdan unumli foydalanish; -
o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga solish; -
navbatdagi dars bo‘ladigan xonaga ko‘chish; -
-
sinf navbatchisi tanaffus vaqtida sinfda bo‘ladi, sinf xonasida tozalik va tartib saqlaydi, mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng sinf xonasini toza holatga keltiradi va kelgusi kun mashg‘ulotlariga tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |