Qadimgi Xitoy tabiati va aholisi
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, Shan-In davlati
Download 124.5 Kb.
|
4 Chjou sulolasi davrida qadimgi xitoy
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, Shan-In davlati.
Shan - In davlati davri. Xitoy xronologiyasiga ko‘ra bu davr odatda miloddan avvalgi XVIII - XII asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Xitoy tarixiy an’anasiga ko‘ra, Shan qabila boshlig‘i Pan Gen miloddan avvalgi taxminan 1400 yillarda qabilani Anyanga olib kelib, Xuanxe daryosi bo‘yida “Katta Shan shahri” ni qurdirib, davlati hukmdorlar sulolasini ham o‘z nomi bilan ataydi. Miloddan avvalgi I124 yilda Vey daryosi havzasida yashagan Chjou qabilalari Shan shohligining so‘nggi poytaxtini vayron qilib, davlatni “In” deb nomlaganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, qabila boshlig‘i Pan Gen istilochilik siyosatini yuritmay, o‘z hukmronligidagi qabilalarni tinch idora qilgan. Bu davr tarixini o‘rganishda Xenan viloyatining Syaotun qishlog‘i yaqinidan topilgan buyumlar katta ahamiyatga ega. Bunda Shan - In davriga oid yodgorliklar, saroy, ibodatxona, to‘rt burchak shaklida qurilgan ko‘pgina uy qoldiqlari topilgan. 300 maqbara, bular orasida bahaybat va serhasham shoh sag‘anasi ham topilgan (4 ta). Maqbaralar o‘sha davrda sinflarga bo‘linish mavjud bo‘lganligini tasavvur qilish imkonini beradi. Zodagonlarning hashamatli dahmlari bilan birga oddiy amaldorlarning nisbatan oddiy va kambag‘allarning haroba qabrlari bo‘lgan. Bu qazilmalarda bronzadan yasalgan ko‘pgina marosim buyumlari, idishlar, marmar haykallar va juda ko‘p qur’a yozuvlari topilgan. Shoh xazinasidan oltin, bronza, nefrit, toshbaqa kosasi va sadafdan yasalgan olti mingga yaqin qimmatli buyumlar topilgan. Yodgorliklarni o‘rganish tarix fani oldiga bir qancha yangi, jumladan, Xitoy madaniyatining kelib chiqish muammosini qo‘ydi. Yevropa va xatto Xitoy tarixshunoslari In davri aholisini g‘arbdan kelib, Xuanxe daryosining o‘rta va qo‘yi oqimida joylashgan istilochi qabilalar deb hisoblar edilar. Biroq bu fikr noto‘g‘ri. Neolit davri madaniyati In davri moddiy madaniyati bilan uzviy bog‘liq. Neolit davriga xos uch oyoqli idishlarning o‘ziga xos shakli, katta shaharning paxsa devorlari, uy hayvonlari (ot), kaolindan yasalgan oq keramika, nihoyat suyak qur’alar Shan - In davrida ham mavjud bo‘lgan. Antropologiya ma’lumotlariga ham neolit davri bilan Shan davri odamlari o‘rtasida o‘xshashlik mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Shan – In davri madaniyatini Xitoyning azaliy tub aholisi yaratib, ular qadim zamonlardan bo‘yon shu yerda yashab kelganlar va Shimoliy Xitoy xududida neolit davrining madaniy yutuqlarini saqlab kelgan deb faraz qilish uchun barcha asos bor. Moddiy madaniyat yodgorliklari, san’at asarlari, qadimgi yozuvlar, jumladan, qadimgi Xitoy klassik adabiyoti asarlarining suyak va bronza idishlariga bitilgan namunalar Shan - In davrining xo‘jalik, ijtimoiy va davlat tuzumini, garchi umumiy tarzda bo‘lsa ham, tasvirlab beradi. Afsuski, eng qadimgi Shan - In yozuv parchalari o‘sha davrdagi davlat tuzilishi to‘g‘risida faqat umumiy tarzda xulosa qilish imkonini beradi. Bu davrda Xitoyda yer davlat qo‘lida markazlashib, hokimiyat ham shu asosda tashkil topgan. “Qo‘shiqlar kitobi” da barcha yerlar shohga tegishli ekanligi aytiladi. Davlat mamlakatning asosiy boyligiga va xo‘jalik asosi – yerga tayanib “markazlashgan ko‘rinish” ola borgan. Din hukmdor obro‘yini mustahkamlashga xizmat qilgan. Shoh buyuk shaxs, ulug‘ zot deb ko‘rsatilib, xudoga tenglashtiriladi. Afsonalarda sulolalar asoschisi bo‘lgan hukmdor ataladi. Rivoyatlarga ko‘ra Se avlodidan bo‘lgan Chen Tan Sya sulolasining so‘nggi shohini ag‘darib, In sulolasiga asos solgan. Eng qadimgi quldorlik jamiyati tashkil topish davrida shoh ayni vaqtda kohin ham hisoblangan. Asta - sekin amaldorlar sinfi yuzaga kelib, bular qatoriga dastlabki urug‘ zodagonlari, so‘ngra quldorlar vakillari kirgan. Mamlakatni boshqarishda shoh yordamchilaridan iborat oliy darajali amaldorlar ishtirok etganlar. Bular orasida shohning bosh vaziri, “ulug‘ amirlar va shoh farmonlari ” boshlig‘i, o‘z yordamchilari shtati bilan, shoh farmonlarini bituvchi bosh mirza, shoh arxivi va shoh xazinasining boshlig‘i muhim o‘rin tutganlar. Hukmdor huzurida urug‘ zodagonlari va qabila boshliqlarining avlodlaridan iborat zodagonlar kengashi bo‘lgan. Qur’alardagi yozuvlarda bu kengash “Katta va kichiklar kengashi” deb ataladi. Qadimgi shohlik davrida Misrdagi kabi shoh urug‘i yirik bir shoh qavmi bo‘lib, unga mansub odamlar davlatni idora qilish va harbiy ishlarda qatnashib, yirik mansablarni egallaganlar. Bu esa davlat hamda shu sulola hukmronligining mustahkamligini ta’minlagan3. “Shoh (van)” so‘zini anglatgan ibora In davri yozuvlarida ko‘p uchraydi. Xitoy tarixchisi Majo so‘ziga ko‘ra, iyeroglif belgilarda “van” va “szu” (nasab) alomatlarining qur’a yozuvlaridagi arxaik shakllarining aynan biriga o‘xshaydi. Ba’zi yozuvlarda urushlar to‘g‘risida aytiladi. Xitoy shohi Xitoyning gullab yashnagan yerlari, dehqonchilik qiladigan serunum o‘lkalarini qo‘riqlab, ko‘chmanchi qabilalar bilan hamisha urushganlar. Xitoy shohlari Shan - In davlatiga tez – tez hujum qilgan g‘arbiy tog‘liklarga qarshi bilan ayniqsa qattiq kurashgan. Hukmdor shu tog‘lik qabilalar bilan urush boshlash va uning muvaffaqiyatli tugashi xususida doim kohin bilan maslahatlashgan. Qadimgi yozuvlarda mamlakat chegaralarini ajnabiylar tinchlik bermayotganligidan shikoyatlar bayon qilingan. Shoh xudodan maslahat va yordam so‘rab ko‘chmanchilarga qarshi urush olib borish zarurligini aytadi. Ko‘pincha urushlar ochiqdan - ochiq talonchilik harakteriga ega bo‘lib, o‘ljaga ega bo‘lish, asirlar olish maqsadida boshlanib, asirlar keyinchalik qul qilingan. In sulolasi hukmdorligi davri o‘rtasi va oxirida ko‘chmanchilar yashab turgan tog‘li tumanlarni shuningdek, Vey va Fen vodiysi, ya’ni Shensi viloyatining markaziy qismini va Shansi viloyatining janubi-g‘arbiy qismini xitoyliklar egallab, mustamlaka qiladilar. Ko‘chmanchilardan himoyalanish zarurligi kuchli qushin tuzishni talab qilardi. In davri yozuvlarida jang aravalari va otliq qo‘shinlar tilga olinadi. Anyandagi qazishmalar qo‘shinlar bronza qurollar bilan qurollanganidan dalolat beradi. In davlatining sinfiy xususiati qo‘shinlar tuzilishida ko‘rinadi. Piyodalar oddiy dehqonlardan, jang aravalari egalari esa zodagonlar bo‘lgan. Ko‘chmanchilar bilan bo‘lgan urushlar In davlatini zaiflashtiradi, natijada jangovar Chjou qabilalari In shohligini tugatib, yangi Chjou shohligini barpo etadilar. Download 124.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling