Qadimgi Xitoy tabiati va aholisi


Download 124.5 Kb.
bet1/4
Sana28.03.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1301161
  1   2   3   4
Bog'liq
4 Chjou sulolasi davrida qadimgi xitoy


Chjou sulolasi davrida qadimgi xitoy


Reja:
1. Qadimgi Xitoy tabiati va aholisi.
2. Qadimgi Xitoy tarixi manbalari va tarixnavisligi.
3. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, Shan-In davlati.
4. Chjou podsholigi.
Qadimgi Xitoy tabiati va aholisi.
Qadimgi Xitoy geografik sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Xitoy xalqi Xuanxe daryosini o‘rta va quyi oqimidagi yerlarda, Sariq daryo suvlari sug‘oradigan vodiylarida va pasttekisliklarda joylashib, qulay iqlim, hosildor yerlar dexqonchilik xo‘jaligini erta rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Xitoyda yog‘ingarchilikning umumiy hajmi 500 - 600 mm yetadi. Xitoyning sharqiy qismida yomg‘ir ko‘p yog‘sa, markaziy va g‘arbiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kamroq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik vaqtida Xuanxe daryosi toshib, ko‘p qishloq, ekinzorlar va o‘tloqlar suv ostida qolib ketar edi. Shuning uchun xitoyliklar bu daryoni “Tentak daryo”, “Xitoyning sho‘ri” deb atashgan. Buning oqibatida yetishtirilgan hosil ko‘pincha barbod bo‘lardi. Shuning uchun qadimgi Xitoy aholisi sun’iy sug‘orish usulini qo‘llagan. Xuanxe sohillari sariq qumsimon unumdor tuproqdan iborat bo‘lgan. Undan suv yetarli bo‘lganida yaxshi hosil olish mumkin bo‘lgan. Yanszi daryosi sohilidagi yerlar ham unumdor edi. Qadimgi Xitoy aholisi sun’iy sug‘orish usullarini qo‘llashdan tashqari, Xuanxe daryosi toshqiniga qarshi kurashganlar. Bu toshqinlar mamlakat uchun katta halokatlar keltirar edi. Uy – joylarini va xo‘jaliklarini suv toshqinidan to‘g‘onlar qo‘rib, asraganlar1.
Qadim zamonlardan boshlab Xitoyni serhosil yerlarida, tog‘larda va keng dalalarda qadimgi qabilalar joylashgan. Ular asosan ko‘chmanchi bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.Hosildor yerlarda yashagan dehqonlar ko‘chmanchi qabilalarni bosqinidan zarar ko‘rgan. Miloddan avvalgi V - III ming yilliklarga kelib Xuanxe daryosining o‘rta oqimida dastlabki dehqonchilik vujudga kelib, aholi daryo bo‘yida kichik qishloqlarda turg‘un yashay boshlagan. Ular dastlab tariq, arpa va bug‘doy ekib, cho‘chqa va it boqqanlar, hunarmandlar kulolchilik bilan shug‘ullanib, ajoyib sopol idishlar yasaganlar. Miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Xuanxe sohillari o‘zlashtirilib, tariq, bug‘doy, sholi va sabzavot ko‘proq yetishtirilgan.
Chorvachilik ham rivoj topgan. Qadimgi xitoyliklar yirik qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa boqish bilan shug‘ullanganlar. Chorvachilik Xitoyning g‘arbiy viloyatlarida, xususan, Tibet yassi tog‘larida ayniqsa keng tarqalgan.
Shunday qilib, qadimgi davlatlar yaratilishi davrida xitoyliklar ko‘chmanchi qabilalar yerlari mustamlakaga aylantirildi. Bu yerlarda madaniyat rivoj topmagan va tabiiy sharoit noqulayligi uchun faqat chorvachilik taraqqiy etgan. Xitoyning etnik tarkibi turli – tuman bo‘lgan. Ulkan hududda butun yer sharining I/4 aholisi – turli elatlar tashkil topgan. Shimolda tunguslar, manchjurlar va mo‘g‘ullar va janubi – g‘arbda tibet qabilalari yashagan. Janubda Birma va Hindixitoy -xitoyliklarga yaqin qabilalar yashagan.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling