Qadimgi xitoyda xan davrida davlatlar aro munosabatlar


Download 88.5 Kb.
bet1/7
Sana11.03.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1261189
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi Xitoy. Xan sulolasi davrida Xitoy


QADIMGI XITOYDA XAN DAVRIDA DAVLATLAR ARO MUNOSABATLAR
REJA:



  1. Xan davri

  2. Er. avv. II – I asrlarda dehqonlarni ahvoli

  3. Dehqon oilasini byudjeti. “Ilk Xan tarixi” dan parcha

  4. Qul savdosi. “Ilk Xan tarixi” dan parchalar

  5. Van Man islohotlari

  6. Lyu Syuan tarjimai holidan

  7. Lyu Pinszi tarjimai holidan

Qo`shiqlar kitobi” Xitoy tarixidan boy ma`lumotlar beradi. Qo`shiqlardan birida er. avv. 822-yilda Chjou podsholigi hududiga ko`chmanchi syunnu qabilalarini bostirib kirgani va poytaxtni bosib olgani tasvirlanadi.

Oltinchi oyda qanday gangish!


Jang aravalari turibdi tayyor,
Har biriga oq`shilgan to`rt kelishgan ot.
Ular shaylangan, bu odatda qilinganday.
Syunnular shiddatli yopirildilar,
Shuning uchun biz shoshilinch chiqishimiz kerak.
Podsho buyruq berdi yurishga,
Ozod qilish uchun poytaxtni…
Biz yengdik syunnu,
Ko`rsatib buyuk jasorat…
Syunnu yomon hisobladilar
Syao va Xunni egallab,
Szin daryosining shimol qismigacha borib,
Bizning bayroqlar, qushlar tasviri bilan bezalgan,
Hilpiradi o`zining oq qatlari bilan,
O`n jang aravasi yeldi oldinda…
Biz g`alaba qildik syunnu-
Bu misol o`n ming mamlakat uchun.
Xan davri
Xitoyda boshqa qadimgi sharq mamlakatlaridan farq qilgan holda xalq qo`zg`olonlari tez-tez bo`lib turgan. Xalq qo`zg`olonlari ijtimoiy tabaqalanishni kuchayishi, dehqonlarni ommaviy yersizlanishi, turli xil soliqlarni oshib ketishi, yerni sudxo`rlar, katta yer egalarini qo`lida to`planib qolishi, harbiy va mehnat majburiyatini o`sib ketishi dehqonlarni qo`zg`olonloariga sabab bo`ldi. Qadimgi Xitoydagi eng kuchli ikki qo`zg`olonni aytish mumkin “Qizilqoshlilar” (eramizning 18-25 yillari) va “Sariq peshonabog`lilar” (184-207 yillar).
Dehqonlarni xonavayron bo`lishi, ijtimoiy tabaqalar o`rtasida keskinlikni kuchayishi mamlakatda islohotlar o`tkazish orqali ularni yumshatish ko`zda tutiladi. Shunday islohotlardan birini ilk Xan sulolasi taxt vorisi shahzodaning regenti1 katta amaldor Van Man o`tkazdi u ilk Xan sulolasi hukmronligiga eramizning 8 asrida chek qo`ydi va 9 yilda o`zini imperator deb e`lon qilib yangi Sin sulolasiga asos soldi. Yangi imperator (eramizni 9-23 yillarida) qator islohotlarni e`lon qildi. Barcha yerlar imperatorni mulki deb e`lon qilindi, xususiy qullar – “xususiy qaram” deb ya`ni ular davlat qullariga aylantirildi, lekin xususiy kishilarga qaram bo`lib qoldilar. Yer va qul oldi-sottisi taqiqlandi. Van Man yersiz dehqonlarni yer bilan taminlashga hamma uchun teng yer ulushi ajratishga va`da berdi, lekin bu amalga oshmadi. U davlat daromadlarini oshirish uchun sudxo`rlikka qarshi kurash bahonasida sudxo`rlik operatsiyalarini davlat qo`l ostida to`plashga urindi, bir necha marta pul zarbini o`zgartirdi, soliqlarni oshirdi. Islohotlarga yirik yer egalari qattiq qarshilik ko`rsatdilar. Van Man 12 yilda yerni qayta bo`lishdan va xususiy qulchilikni bekor qilishga majbur qildi. U eramizning 17-yilida har bir qul uchun 3600 tanga hajmida bir yillik soliqni joriy qildi. Eramizning 18-yilida mamlakatda ochlik boshlandi. Eramizning 11-yilida Xuanxe oqimini o`zgartirdi. 14-yil mamlakatda qurg`oqchilik boshlanib, chigirtka bosdi. Hokimiyatdan chetlashtirilgan Xan sulolasi tarafdorlari Van Manni ochlikni aybdori deb aybladilar. G`alayonlar kuchli xalq qo`zg`oloniga aylanib ketdi. Eramizni 58-75 yillarida saroy tarixchisi Ban Gu uning otasi Ban Byao va singlisi Ban Chjao bilan birga yozgan “Ilk Xan tarixidan” parchalar keltirilgan. Hamda eramizni V asrida Fan. E. tomonidan yozilgan “So`ngi Xan tarixi” eramizni 25-220 yillaridagi voqealarni qamrab olgan asardan parchalar bu mavzuda keltirilgan.



Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling