Qadimgi Xorazm musiqa madaniyati


Xorazm dostonchilik maktabi


Download 35.79 Kb.
bet2/5
Sana07.10.2023
Hajmi35.79 Kb.
#1694872
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Xorazm musiqa madaniyati

Xorazm dostonchilik maktabi o‘z an’analariga ega bo‘lib, boshqa mahalliy dostonchilik maktablardan farqli jihatlarga ega. Bu farqlar asosan quydagilardan iborat.
A) Xorazm dostonlari «Bo‘g‘iq ovozda» emas, balki «Ochiq ovoz» uslubida kuylash xususiyatlari bilan ohanglanadi.
B) Ko‘pincha mahalliy dostonchilik maktablarida do‘mbra sozi jo‘rnavoz siyratida qo‘llanilsa, Xorazm dostonchiligida dutor, tor so‘zlaridan foydalaniladi. Shuningdek, doston aytishda ijrochilik ansambli qatnashadi. Bunda ustoz baxshi dutor, tor yoki rubobda, qolganlar esa g‘ijjak, bo‘lamon va bahzan doira sozlarida jo‘r bo‘lib turishadi.
V) Xorazm dostonlari repertuarini «Oshiq G‘arib va Shohsanam», «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish», «Bozirgon», «Oshiq Oydin» kabi dostonlar tashkil etadi. Biroq, Xorazm dostonchiligida qahramonlik dostoniga mansub «Alpomish» namunasi uchramaydi. Xorazm dostonchiligining yirik vakillari Ahmad baxshi, Bola baxshi, Ro‘zimbek Murodov, Qalandar baxshilar nomini aytish joizdir. O‘tmishda doston aytuvchilarni go‘yanda, ular ijro qiladigan yo‘llarini noma deb yuritilgan.
Ergash Jumanbulbulning quyidagi shehrida esa Nurota maktabi uslubiga oid dostonlar nomalari sanab o‘tiladi:
Yigirma xil ohang bilan so‘z aytib,
Yigirma xil noma do‘mbra chertib
Xoh katta, xoh kichik eshitsa,
Har qanday odamni balqitib, eritib
Sherobod maktabining mashhur baxshisi Umar shoir Safar o‘g‘li ijodiga mansub shehrda esa Surxondaryo-Qashqadaryo dostonchiligidagi nomalar soni keltiriladi.
Ey do‘mbiram kajakdor,
O‘ttiz ikki nomang bor,
Hammasi ham maftunkor,
Birin chalsam biri bor...
deb, 32 noma borligi tahriflanadi. Keyinchalik 60 ga yetkazilgan. Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinadiki, doston qo‘shiqlari qadimdan nomalar deb yuritilgan.
Xorazm nomalari yirik hajm, kuy yo‘nalishi, parda, lad va avjlari o‘ziga xos yorqin uslubi bilan ajralib turadi.
Maxsus til irodasi, musiqiy nuqtai nazardan Xorazmda ikkita yirik dostonchilik uslubi mavjud. Ular baxshilarning iboralari bilan Shirvoniy va Eroniy yoki Janubiy yoki Shimoliy xorazm uslublari deb yuritiladi. Shirvoniy uslub o‘z ichiga Hazarasp, Bog‘ot, Yangiariq, Qo‘shko‘pir, Urganch, Xonqa, Shovot, Toshhovuz viloyatining Ilonli, Ko‘hna Urganch, Qoraqolpog‘istonning To‘rtko‘l, Ellikqalha tumanlarini qamrab oladi. Uning markazini shartli ravishda Xiva shahri deb belgilash mumkin. Mazkur uslub nomalari 72 ta bo‘lib, ular doston shehrlarining vazni, bo‘g‘inlariga ijrochi baxshini ovoz imkoniyatlariga qarab o‘qiladi.
Eroniy uslub Gurlan tumanining bir qismini Qoraqolpog‘istonning Amudaryo, Xo‘jayli Toshhovuz viloyatining shimoliy tumanlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Uning markazini shartli ravishda Mang‘it shahri deb belgilash mumkin.
Ustoz baxshilarning fikricha musiqiy mohiyatga ko‘ra shirvoniy uslub 72, eroniy uslub 32, Surxondaryo, Qashqadaryo vohalarining Sherobod maktabi 64 nomadan iborat.
Xulosa qilib aytganda doston ijrochiligi o‘zbek musiqa san’atining ajralmas bo‘lagidir.

Download 35.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling