Qadimgi yunon madaniyati


Download 29.38 Kb.
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi29.38 Kb.
#1474204
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QADIMGI YUNON


QADIMGI YUNON MADANIYATI
Reja:

1. Qadimgi Yunoniston yozuvi va maktablari


2. Qadimgi yunon san`ati va dini
3. Yunonistonning qadimgi Olimpiya o`yinlari
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
1. Qadimgi Yunoniston yozuvi va maktablari.
Qadimgi Yunoniston o`zining ko`p asrlik madaniyatiga ega. Miloddan avvalgi III–II mingyilliklardayoq Krit-Miken madaniyati ravnaq topgan edi. Ular o`zlarining chiziqli yozuvlariga ega bo`lganlar. Lekin bu yozuv keyinchalik unutilgan, Gomer davrida yunonlar finikiyaliklarning yozuvlari bilan tanishganlar. Shu asosda ular 24 harfdan iborat o`z yozuvlarini yaratganlar.Yunonlar xat va yozuvni papirus o`simligi bargidan tayyorlangan varaqqa, sopol parchalarga va ustiga mum surtilgan taxtachalarga yozganlar. Yunonlar xat yozishda metalldan tayyorlangan qalamcha – stilda yozganlar. Stilning bir uchi ingichka bo`lib u yozishga mo`ljallangan. Ikkinchi tomoni to`mtoq bo`lib, u o`chir-g`ich vazifasini o`tagan. Qadimgi yunonlar kitobni sevishgan va ularni ehtiyot qilib saqlaganlar. Shu tufayli bo`lsa kerak Yunonistondan juda ko`p faylasuf, olim, adiblar yetishib chiqqanlar.
Yunonlar o`qishga ishtiyoqmand bo`lib, erkin yunonlarning o`g`illari yetti yoshdan maktabga borganlar.Dehqon va hunarmandlarning bolalari maktabni bitirib, ota-onalari yordam berganlar. Badavlat va o`ziga to`q kishilarning bolalari 18 yoshgacha gimnaziyalarda o`qishni davom ettirganlar.Yunon maktablarida bolalar chiroyli yozishga, aniq va ravon so`zlashga o`rgatilgan. O`qituvchilar bolalarga Gesiod, Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofan kabi adiblarning asarlarini o`qitganlar.
Yunon bolalari Gomerning «Odisseya» va «Iliada» dostonlarini sevib o`qiganlar va yod olganlar.Maktabda o`quvchilarga rasm chizish, raqs tushish, ashula aytish va lira chalish o`rgatilgan. Maktabda bolalarga har turli jismoniy va harbiy ta`lim ham berilgan. Maktabda intizom qattiq bo`lib, yalqov, dangasa, intizomsiz va so`zga kirmaydigan bolalar kaltakiangan.
2. Qadimgi Yunon adabiyoti.
Qadimgi yunon adabiyotining kelib chiqishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Yunon adiblari ajoyib afsona, rivoyat, she`r, qo`shiq, doston, tragediya va komediyalar yaratishgan. Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og`zaki tarzda ijro etib avloddan-avlodga yetkazganlar.
«Gerakl», «Didalva Ikar», «Argonavtlar», «Iliada» va «Odisseya» kabi afsona, doston va rivoyatlar Yunon adabiyotining eng nodir asarlaridan hisoblanadi. Yunon adabiyotining eng mashhur namoyandalaridan biri Gomer bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asrda, boshqa ma`lumotlarga qaraganda XII asrda yashagan ekan. Gomer «Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifidir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari, qahramonlarning kurashlari va boshlaridan o`tkazgan sarguzashtlari hikoya qilingan. Yunon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Gesiod bo`lib, u miloddan avvalgi VIII asr oxiri – VII asr boshlarida yashagan. Uning «Mehnat va kunlar» poemasi yunon mehnatkashlariga mehr-muhabbat, tekinxo`r aslzodalarga nafrat ruhida yaratilgan. Gesiod o`z asarida mehnat ahlini ulug`lagan. Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur shoir-dramaturglar ijod etganlar. Ularning har biri o`lmas qo`shiq, she`r va tragediyalar yozib qoldirganlar. Ularning eng mashhuri Esxil bo`lib, u miloddan avvalgi 525–456-yillarda yashagan. U 90 dan ortiq tragediya yozgan. U «Tragediya otasi» hisoblanadi. Uning eng mashhur tragediyalari «Zanjirband Prometey» va « Forslar» dir. «Zanjirband Prometey» asarida pahlavon Prometeyning xudo Zevs irodasiga qarshi borib, odamlarga qamish poyasida osmondan olov keltirib beradi. Rivoyatga ko`ra u odamlarga uy-joy qurishni, hayvonlarni qo`lga o`rgatishni, kema yasashni, «hisob ilmi» va xat-savodni o`rgatgan ekan. Bu ishlar Zevsni g`azablantirib Prometeyni tog` qoyasiga zanjirband qilishni buyuradi. Zevs temir tumshuqli qushga Prometeyning jigarini cho`qib yeyishni buyuradi. Prometey kelajakda kimlar Zevsni hokimiyatdan mahrum qilajagini biladi. Ammo u bu sirni Zevs yuborgan Germesga aytmaydi. Shunda Zevs Prometeyga shunday g`azab qiladiki, zanjirband Prometey qoya bilan yer qa`riga tushib ketadi.
Esxilning «Forslar» tragediyasi miloddan avvalgi 492–449-yillardagi Yunon-Eron urushlari voqeasiga bag`ishlangan. Yunonistonning yana bir shoir dramaturgi Sofokldir. U miloddan avvalgi 496–406-yillarda yashab ijod etgan tragik shoirdir. U 120 dan ortiq tragediyayozgan bo`lib, uning «Shoh Edip» va «Antigona» tragediyalari mashhurdir. Yunon adiblari komediya sohasida ham shuhrat qozonganlar. Yunon komediyasining yirik namoyanda-laridan biri Aristofan bo`lib, u miloddan avvalgi 480–388-yillarda yashab ijod etgan. U «Tinchlik», «Ayollarxalqyig`inida» va «Suvoriylar» kabi komik – kulgili pyesalar yaratgan. Yunoniston tarixini o`rganishda yunon adabiyotining hissasi beqiyos darajada kattadir.

Download 29.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling