Qadimgi yunoncha
Download 50.5 Kb.
|
Ashurbek Mustaqil ish
Nazariyaning turlari
Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko‘ra tasniflash (turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko‘ra nazariyalarni to‘rt turga ajratish mumkin: 1) tajriba bilan ish ko‘radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-deduktiv (yoki yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan nazariyalar. «Mazmundor» nazariyalarda ma‘lum bir sohaga oid faktlar tizimga solinadi, umumlashtiriladi va tushuntiriladi. Ular asosan tajriba natijalari, empirik materiallarga tayanadi, ularni tahlil qiladi, tartibga soladi va umumlashtiradi. Ana shuning uchun ham ularni «tajribaga tayanuvchi nazariyalar», deb atashadi. «Mazmundor» deb atalishiga sabab, ularni matematika va mantiqdagi formallashgan nazariyalardan farq qilishdir. Mazmundor nazariyalarni sof empirik nazariyalar deb bo‘lmaydi. Ular faqat empirik materiallargagina emas, balki nazariy qonunlarga ham tayanadi. Masalan, mazmundor, deb hisoblanadigan CH. Darvinning evolyustiya nazariyasi, I.P. Pavlovning oliy asab faoliyatining shartli reflektorlik nazariyasi va shu kabilar chuqur nazariy g‘oyalargasuyanadi, ular yordamida to‘plangan materiallarni rastional usulbilan anglaydi, qayta ishlaydi va tushuntiradi. Gipotetik deduktiv nazariyalar tabiatshunoslikda uchraydi. U turli xil mantiqiy kuchga ega gipotezalar tizimidan iborat bo‘lib, unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari dedukstiya qilinadi. Gipotetik deduktiv tizimni gipotezalar zanjiri (ierarxiyasi) tarzida olib qarash mumkin. Bunda empirikasosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib boradi, chunki har bir keltirilib chiqarilgan gipoteza o‘zidan avvalgi gipotezalarda mavjud bo‘lgan bilimlarni sintez qilish natijasi sifatida gavdalanadi. Gipotetik deduktiv nazariyalarning o‘ziga xos jihatlaridan biri undagi gipotezalarning darajalari bo‘yicha qat‘iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, xulosalarni mantiqiy yo‘l bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko‘p bo‘ladi. Nazariyaning gipotetik deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko‘p qulayliklarga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, boshlang‘ich gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, degan savolga haligacha aniq, qat‘iy holdagi javob yo‘q. Aksiomatik tizimlarda nazariya elementlarining katta qismi kichkina boshlang‘ich asosdan –asosiy aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan keltirilib chiqariladi. Aksiomatik nazariyalar asosan matematikada quriladi. Aksiomatik metod birinchi marta Yevklid tomonidan elementar geometriyani qurishda muvaffaqiyatli ishlatilgan. Mazkur geometriyaning asosiy aksiomatik tushunchalari «nuqta», «to‘g‘ri chiziq», «tekislik» bo‘lib, ular ideal fazoviy ob‘ektlar sifatida olib qaralgan; geometriyaning o‘zi esafizikaviy fazoning xususiyatlarini o‘rganuvchi ta‘limot sifatida talqin qilingan. Yevklid geometriyasining qolgan barcha tushunchalari ular yordamida hosil qilingan. Quyidagi misolga murojaat qilaylik: «Tekislikdagi bitta nuqtadan baravar uzoqlikda yotadigan nuqtalar to‘plamiga aylana deyiladi», unda «aylana» tushunchasi «nuqta va tekislik» tushunchalari yordamida hosil qilingan, ya‘ni ulardan dedukstiya qilingan. Matematikaning taraqqiyoti davomida aksiomatik metod takomillashib borgan, uni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalar doirasi kengaygan. Xususan, asta-sekin Yevklid aksiomalarining faqat geometrik ob‘ektlarnigina emas, balki boshqa matematik va hatto, fizik ob‘ektlarni ham tasvirlash uchun yaroqli ekanligi ma‘lum bo‘ldi. Masalan, nuqtani haqiqiy sonlarning uchtasining to‘plami to‘g‘ri chiziq va tekislikni, chiziqli tenglamalarni bildiradi, deb qabul qilinganda, mazkur nogeometrik ob‘ektlar xossalarining Yevklid geometriyasi aksiomalari talablariga javob berishi aniqlangan. Shuni aytish kerakki, aksiomatikaga bunday abstrakt tarzda yondashishga ma‘lum bir darajada N.I. Lobachevskiy, B. Riman va boshqalar noevklid geometriyalarining yaratilishi yaxshi imkoniyat yaratdi. Hozirgi zamon matematikasida abstrakt aksiomatik tizimlar keng qo‘llaniladi. Bunday tizimlarning muhim xususiyatlari ularning yopiq tizimdan iborat bo‘lishi, ya‘ni miqdor jihatidan cheklangan aksiomalar, tushunchalar, prinstiplardan tashkil topishi, ular qatoriga ixtiyoriy ravishda, asossiz Yangi aksiomalar, tushunchalarni qo‘shib bo‘lmaslik; tizimlarning mantiqan ziddiyatsiz va ma‘lum bir darajada to‘la bo‘lishi va shu kabilardan iborat. Ana shuning uchun ham ular uzoq vaqtdavomida o‘zining barqarorligini saqlaydi, Yangi bilim olishning ishonchli vositasi bo‘lib qoladi. Aksiomatika tabiatshunoslikda ham qo‘llaniladi. Tajriba bilan bog‘liq bo‘lganligi va shuning uchun ham zaruriy ravishda empirik talqinga muhtoj ekanligi sababli tabiatshunoslikning faqato‘zagini tashkil etadigan tushunchalarnigina aksiomalashtirish mumkin. Abstrakt matematik strukturalar faqat aksiomatik tizimlardagina emas, balki formallashgan nazariy tizimlarda ham tasvirlanishi va tushuntirilishi mumkin. Formallashgan nazariyalar mantiqda keng qo‘llaniladi. Bunga misol qilib mulohazalar mantig‘i, predikatlar mantig‘ini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, u matematikada ham uchraydi. Nazariyaning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlari va boshqalari nazariy bilishning muhim vositalari sifatida fanda nihoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini yaxshi bilib olishga imkon beradi. Shuni aytish kerakki, savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun hukmni ifoda qila olmaydi. Ular bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Xususan, hukmning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning Yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savol bir qancha muhim mantiqiy xususiyatlarga ega. Birinchidan, savolda ma‘lum bir boshlang‘ich bilim mujassamlangan bo‘ladi. Masalan, «Qanday sabablarga ko‘ra GFR va GDR yagona davlatga birlashdi?» degan savolda mustaqil Germaniya Federativ Respublikasi va GermaniyaDemokratik Respublikasining mavjud bo‘lganligi, ularning yagona davlatga birlashishidan avval qandaydir voqealarning sodir bo‘lganligi haqida ma‘lumot berilgan. Ikkinchidan, savolda mavjud bo‘lgan bilim noaniq bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan misolda yagona nemis davlati GFR haqida ma‘lum bir ma‘lumot mavjud bo‘lsa-da, u fikrlash predmetini tushunish uchun yetarli emas. Shuning uchun ham savol qo‘yish va unga javob qidirish yo‘li bilan yagona nemis davlatining paydo bo‘lish shartsharoitlari haqida bilim hosil qilinishi zarur. Uchinchidan, savolda predmet haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lish ehtiyoji o‘z ifodasini topadi. Ana shundan kelib chiqib, savol bilimlarimizdagi noaniqliklarni, shubhalarni yo‘qotish, hamda aniqroq va to‘laroq bilimlar hosil qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir, deb aytishimiz mumkin. Savol o‘zo‘zidan paydo bo‘lmaydi. U o‘zining asosiga (datum questioins), bazisiga ega. Savolning asosini unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi. Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo‘ladi. Xususan, savol o‘zining asosiga ko‘ra to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘yilgan savollarga bo‘linadi. Asosi chin va ziddiyatsiz bilimdan iborat bo‘lsa, savol to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. «Milliy g‘oya nima?» degan savol bunga misol bo‘la oladi. Xato va ziddiyatli asosga ega savol esa, noto‘g‘ri qo‘yilgan savol hisoblanadi. Masalan, «Arvoh qanday kun kechiradi?» desak, savol noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. Bilishdagi funkstiyasi savollarni bo‘yicha aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollarga ajratish mumkin. «I. Prigojin haqiqatan ham sinergetikaning asoschisimi?» degan savol aniqlovchi savol, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi qachon qabul qilingan?» to‘ldiruvchi savol hisoblanadi. Tarkibiga ko‘ra oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida boshqa savol bo‘lmasa,oddiy savol, bo‘lsa murakkab savol deb yuritiladi. Masalan, «Suv necha gradusda muzlaydi?» –oddiy savol, «Assimilyastiya va dissimilyastiyalar organizmning mavjud bo‘lishida qanday o‘rin tutadi?» – murakkab savoldir. Masala savolning alohida bir turi bo‘lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o‘zgartirishni, yetishmayotgan ma‘lumotlar bilan to‘ldirishni, muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo‘lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi. Savolni to‘g‘ri qo‘yish uchun ma‘lum bir qoidalarga rioya etish zarur: 1. Savol til talablariga javob berishi kerak. 2. Savol aniq, ravshan, qat‘iy holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak. 3. Savolning asosi (bazisi) chin hukmlardan iborat bo‘lishi kerak. Javob predmet haqidagi avvalgi bilimni qo‘yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan Yangi hukm (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda, Yangi bilim olishga imkon beradi. Javobning mohiyatini savolda mavjud bo‘lgan noaniqlikni kamaytirish (yoki yo‘qotish) tashkil etadi. Savolga javob qidirish davomida, odatda, bilimlarning konkret sohalariga murojaat qilinadi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qancha turlari: bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita javoblar, to‘liq va to‘liqsiz javoblar, chin va xato javoblar, qisqa va batafsil javoblar, aniq va noaniq javoblar ajratiladi. Bevosita (to‘g‘ri) javob savolda ko‘rsatilgan noma‘lum sohaga taalluqli mulohazalar to‘plamidan iborat. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi (Asosiy qonuni) qachon qabul qilingan?» degan savolga «O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi (Asosiy qonuni) 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan», deb berilgan javob bevosita javob hisoblanadi. Bilvosita javob – javobni qidirish sohasidan chetga chiqib, qo‘shimcha ma‘lumotlarga murojaat qilish asosida hosil qilinadigan mulohazalar to‘plamidan iborat bo‘lib, bevosita (to‘g‘ri) javob ulardan xulosa chiqarish yo‘li bilan hosil qilinadi. Masalan, «Mantiq falsafiy fanmi?» degan savolga «Mantiq tafakkurning shakllari va qonunlarini o‘rganuvchifan», deb beriladigan javob bilvosita javob bo‘ladi. To‘liq va to‘liqsiz javoblar javobda beriladigan ma‘lumotlar miqdori bo‘yicha farq qilinadi. To‘liq javob o‘zida savolning barcha elementlari (qismlari) haqida ma‘lumotlarni mujassamlashtirgan mulohazalar to‘plamidir, «O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasini kim yozgan?» degan savolga «O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matnini A. Oripov yozgan, uning musiqasini esa, M. Burxonov bastalagan», deb berilgan javob to‘liq javobbo‘ladi. To‘liqsiz javob savolni tashkil etuvchi elementlarning bir qismi haqidagina ma‘lumotni ifoda etgan mulohazalardan iborat. Masalan, «Jamiyatni demokratiyalashning mohiyati nimada?» deb qo‘yilgan savolga «Jamiyatni demokratiyalash xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishini taqozo etadi», deb berilgan javob to‘liqsiz bo‘ladi, chunki unda jamiyatni demokratiyalashtirishning boshqa mezonlari haqida ma‘lumotlar yo‘q. Mantiqiy qiymati bo‘yicha, ya‘ni borliqqa munosabatiga ko‘ra chin va xato javoblar farq qilinishi mumkin. Agar javobda ifodalangan fikr mulohazalar borliqqa muvofiq kelsa, uni adekvat holda aks ettirsa, u chin javob va aksincha, borliqqa muvofiq kelmasa, adekvat tarzda aks ettirmasa, u xato javob bo‘ladi. Masalan, «Tib qonunlari» asarining muallifi kim?» deb berilgan savolga «Tib qonunlari» asarining muallifi Ibn Sinodir»,deb berilgan javob – chin, «Tib qonunlari» asarining muallifi Ar Roziydir», deb berilgan javob esa, xato hisoblanadi. Grammatik shakliga ko‘ra, javoblar qisqa yoki batafsil bo‘ladi. Qisqa javob «ha» yoki «yo‘q» tarzida beriladigan tasdiq yoki inkor shaklidagi bitta so‘zdan iborat. Batafsil javob savolninghar bir elementi takrorlanadigan mulohazadir. Masalan, «Muhammad payg‘ambar tarixiy shaxsmi?» degan savolga «Ha», deb berilgan javob qisqa javob, «Ha, Muhammad payg‘ambar tarixiy shaxs», deb berilgan javob – batafsil javob bo‘ladi. Javobning aniq yoki noaniq bo‘lishi savolning sifatiga, uning mantiqiy tarkibiga bog‘liq. Ma‘lumki, savol va javob mantiqan bog‘langan bo‘ladi, ya‘ni javobning mazmuni qo‘yilgan savolning sifatiga bog‘liq. SHuning uchun ham bahs yuritish jarayonida «savoliga yarasha javob» degan qoida amal qiladi. Noaniq, ko‘p ma‘noli savollarga aniq javob olish qiyin. Aniq javob mantiqan to‘g‘ri qo‘yilgan savolga bildiriladigan mulohazadan iborat bo‘lib, unda ishlatilayotgan tushunchalar, so‘zlarning mazmuni va ma‘nosi konkret va ravshan bo‘ladi. Noaniq javobni ifoda etuvchi mulohazalar ikki xil ma‘noli tushunchalar, so‘zlarni ishlatish natijasida hosil bo‘ladi. U ko‘pincha sofizmlarda uchraydi. Masalan, «uyum» sofizmida sofistning «agar qum uyumidan bir dona qumni olib tashlansa, uyum saqlanadimi?» degan savoliga «ha»,deb javob berishadi. Uning «YAna bir qum donasini olib tashlasak-chi? Unda ham qum uyumi saqlanib qoladimi?» degan navbatdagi savoliga ham «Ha», javobi beriladi. Bu hol, ya‘ni tasdiqlovchi javob birorta ham qum donasi qolmaguncha berilaveradi. Bu yerda mantiqiy xato «uyum» tushunchasi mazmunining noaniqligidan kelib chiqadi. Mazkur tushuncha faqat uyumning ma‘lum bir miqdordagi qumlar to‘plamini ifoda qilishi, ya‘ni o‘zining hajmiga ega bo‘lishi bilangina emas, balki sifatiy tavsifiga: shakliga, ko‘lamiga va shu kabilarga ham, ya‘ni mazmuniga ham ega. Sofist esa urg‘uni uning miqdoriga beryapti. Ana shuning uchun ham javob oxir-oqibatda xato bo‘lib chiqadi. Beriladigan javob to‘g‘ri bo‘lishi uchun ma‘lum bir metodologik talablarga rioya qilish zarur. Ular quyidagilardir: 1. Javob aniq, ravshan va, iloji boricha, ixcham bo‘lishi shart. 2. Javob mantiqan ziddiyatsiz bo‘lishi zarur. 3. Javob yetarli darajada asoslangan bo‘lishi kerak. 4. Javob savoldagi noaniqlikni kamaytirishi, iloji boricha to‘la bo‘lishi zarur. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling