Qadimgi yunoniston notiqligi


ARISTOTEL (miloddan avvalgi 384 - 322 yillar)


Download 49.32 Kb.
bet2/4
Sana04.01.2023
Hajmi49.32 Kb.
#1077701
1   2   3   4
Bog'liq
qadimgi yunoniston notiqligi

ARISTOTEL
(miloddan avvalgi 384 - 322 yillar)
Qadimgi yunon san’ati va falsafasining yuksak cho‘qqisini Aristotel ijodi tashkil etadi. Ayniqsa, uning “Poetika”, “Ritorika” kabi asarlaridagi adabiyot va san’at bilan bog‘liq bo‘lgan qimmatli fikr-mulohazalar hanuzgacha ilm olarnida dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Aristotel go‘zallik falsafasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Aristotel talqiniga ko‘ra, go‘zal san’at asarlari inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi, natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rguliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tush-ganlarga o ‘zida hamdardlik hissini tuyadi; ya’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega. Qadimgi dunyo ilm-fani, falsafiy qarashlarining buyuk donishmandi Aristotel miloddan awalgi 384-yilda Makedoniyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy tabibi bo‘lgan.
Aristotel 17 yoshidan 37 yoshigacha faylasuf Platon akademiyasida tahsil oladi. 342-yilda podshoh Filippning taklifi bilan Makedoniyaga qaytib, Aleksandrga murabbiylik qila boshlaydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronlik taxtiga o ‘tirgach, o‘z ustozi va do‘stiga atab haykal barpo ettiradi. Bu haykalning poyida shunday yozuvlar bor edi: “Aleksandr ushbu yodgorlikni Nikomaxning o‘g‘li, buyuk donishm and va avliyo Aristotel xotirasiga o‘rnatdi”. Aristotel Aleksandr taxtga chiqqach, yana Afinaga qaytib bu yerda “Litsey” nomi bilan shuhrat qozongan falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil etadi. Shu davrda Yunonistonda chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan, natijada qator notiqlik maktablari ochilgan edi. Bu maktablarda so‘z san’ati ustalari notiqlar yetishtirib chiqarilardi. Keyinchalik mazmundor va ta’sirchan so‘zlash haqida maxsus qollanmalar maydonga keladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli kitobidir. Buyuk olim uni miloddan awalgi 330 yillarda yozgan. Aristotelning ushbu asarigacha ham Anaksimen, Lampsak kabi fay-lasuflar “Ritorika” nomli qo‘llanmalar yaratgan edilar. Aristotelning “Ritorika”si notiqlik san’atining nazariy asoslarini yanada boyitdi. “Ritorika” uch kitobdan tashkil topgan bo‘lib, asarning birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish usullari haqidagi fikr-mulohazalardan iborat. Uchinchi kitobda esa, jumlalardagi izchillik va nutq mantiqiga alohida e’tibor qaratilgan. Olimning fikricha, notiq tilidagi turli “qorishmalar”, ya’ni so‘zlarning noto‘g‘ri va noo‘rin talaffiiz qilinishi, jumlalarning mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga qaratilishi lozimligini, tinglovchi tushunadigan darajada sodda va ravon bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulo-haza yuritayotgan fikrini tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, Aristotel notiqning auditori y’ani o‘ziga jalb etishi uchun turli hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil sifatlash, chog‘ishtirish va metaforalarni qo‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini uqtirib o‘tadi.
Aristotel notiqlik san’atini egallash uchun quyida keltirilgan beshta vazifani mukammal bajarishni tavsiya etadi:
Nutq matnini kashf qilish. Ya’ni og‘zaki ijro qilinadigan nutq matnini har tomondan chuqur o‘rganib chiqish.
Nutq matnini mantiqan va mazmunan to‘g‘ri rejalashtirish.
Matnni to‘liq eslab qolish.
Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
Nutq matnidagi so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish.
Notiqlik san’atining buyuk namoyandasi Mark Tulliy Sitseron ham ushbu beshta qoidaga alohida e’tibor beradi va o‘z asarlarida Aristotel qarashlarini yanada rivojlantiradi:
“Notiqning barcha kuch va qobiliyatlari ushbu besh vazifani bajarishga xizmat qiladi; birinchidan, u o‘z nutqi uchun mazmun topishi zarur; ikkinchidan, topilgan ma’lumotlarni tartib bilan joylashtirishi;
uchinchidan, bularning hammasini so‘z bilan o‘rashi va bezashi, kerak; to‘rtinchidan, nutqni xotirada mustahkamlab qo‘yish; beshinchidan, uni munosib ravishda va xush keladigan qilib so‘zlashdir”, -deydi Sitseron o‘zining “Notiqlik haqida” deb nomlangan asarida.
Nutqni ritorik ishlab chiqishda notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ushbu beshta qoida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 49.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling