Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar
Download 22.2 Kb.
|
Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta\'limotlar
Qadimgi Yunonistondagi iqtisodiy ta'limotlar Ma’lumki qadimgi dunyo davlatlarida iqtisodiyot miloddan avvalgi davrlardayoq rivojlana boshlagan. Ilk sivilizatsiyalar Bobil, Mesopotamiya va Afina kabi madaniyat o’choqlarida paydo bo’lgan. Albatta bu davlatlarda, xususan Afinada iqtisodiyotning paydo bo’lishi va o’sha davr imkoniyatlariga nisbatan misli ko’rilmagan darajada tez sur’atlarda rivojlanishi qadimgi dunyo davlatlari uchun ma’lum bir ma’noda kashfiyot edi. Boshqa tomondan olib qaraganda uzoq muddat Usmonli imperiyasi mustamlakasida yashagan va ikkinchi jahon urushi davrida ham sezilarli aziyat chekgan Gretsiya (qadimgi Afina) ham boshqa Yevropa davlatlari singari jahon bozorida o’z import va eksport ulushiga ega . Albatta bu ikki davlat turli xil vaqt oralig’ida bo’lganligi sababli iqtisodiyotida ba’zi farqlar, lekin ma’lum bir joyda joylashganligi sababli qisman o’xshashliklari ham mavjud. Miloddan avvalgi V asr boshlarida Afina shahar-davlat bo'lgan. Bir necha shaharlar Delion ligasida forsiylar bilan bo'lgan munosabatlar tufayli birlashdilar. Miloddan avvalgi 478-yilda Delion ligasida Afinaning vakillari, admirallari va xazinachilari bor edi. Bu liganing xazinasiga Delion ligasi xazinasi deb nom berildi, chunki bu xazina Delosda joylashgan edi. Shu yili Fors istilosi mag'lub bo'lgandan so'ng Forslar bilan tinchlik aloqalari o'rnatildi. Delion ligasi xazinasi esa turli xil bahonalar bilan Afinaga ko'chirildi. Shu tariqa Afina imperiyaga aylandi. Delion ligasi xazinasi tufayli rivojlangan Afina imperiyasining iqtisodiyoti ishlab chiqarish va dengiz savdosiga asoslangan edi. Afinaning Pirey dengiz portiga yaqinligi uning iqtisodiyotiga juda ulkan hissa qo'shgan . Bu port orqali Afinaga boshqa davlat savdogarlari kirib kela olgan va Afina mahsulotlari eksport qilingan . Kirib kelayotgan tovarlarga 1% va hatto undan ham ortiq soliq belgilangani xazinaga juda katta foyda olib kelgan. Boshqa tomondan esa ishlab chiqarish ham ulkan darajada rivojlangan. Aholining 71-73% qismi 60-65% yerlarga egalik qilishgani, yalpi ichki mahsulotlarning 56% qismi ishlab chiqarishdan olingan degan ma'lumotlarni tasdiqlaydi. Afina davlatining iqtisodiyoti uchun eng asosiy manba Aristotelning "Afina siyosati" dir. Afina iqtisodiyotida esa 3 ta buyuk shaxs esga olinadi. Bular Ksenofont, Platon va Aristoteldir. Ksenofont quldorlar mafkurasini yoqlaydi. U dehqonchlik va qishloq xo'jaligini farovonlik manbayi deb hisoblaydi. U dehqonchilik rivojlantirish tarafdori bo'ladi, chunki dalada ishlash ham sog'liq uchun foydali, ham iqtisodiy naf keltiradi. Shuning uchun u "dehqonchilik-eng asosiy hunar" degan fikrni yoqlaydi. U uy xo'jaligini yuritish deganda pul jamg'arishni tushunganligi sababli "Shunday yashash kerakki, doimo ortiqcha mahsuloting bo'lsin" degan fikrni olg'a suradi. Uning fikricha ”Qishloq xo’jaligi rivojlansa , boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi . Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari ham rivojlanmaydi.’’ Platon esa "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday bo'lishi kerakligini ochib bermoqchi bo'ladi . U odamlarni toifaga 1.Faylasuflar 2.Harbiylar 3.Qora toifa kabi ajratadi. Bu fikr mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi o'rtasidagi aloqadorlik kabi g'oyalarning asosi va qaysidir ma'noda o'z davri uchun buyuk kashfiyot hisoblanadi Ammo Aristotelning fikrlari bu fikrlardan ko'ra anchagina aniqroq bo'ladi . "Nikomaxov ahloqi " va "Siyosat" kitoblarida turli xil fikrlar berib o'tadi. Uning fikricha "Qul-tirik qurol , qandaydir tirik mulkdir”. Uning eng asosiy fikri Afina iqtisodida olg'a suriladi. U "Nikomaxov ahloqi" asarida aytishicha " Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo'lmaydi, balki vrach va dehqondan , umuman, bir xil va teng bo'lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-biriga tenglashtirish zarur. Xullas, hamma narsa boshqa bir narsa bilan o'lchanishi kerak . Etikdo'z mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo'z mahsulotiga bo'lgan to'g'ri munosabati, to'g'ri tenglamasini topish kerak. Hamma narsa ayirboshlanishi kerak. Biz nima uchun almashamiz, chunki senga mening tovarim, menga sening tovaring kerak". Lekin umuman olganda, uchala shaxs ham iqtisodiyotning asosida dehqonchilik turishini aytishadi. Ammo Afinada qishloq xo'jaligi qanchalik rivojlanmasin, u yetarlicha mahsulot ishlab chiqarmasdi. Rivojlangan Afinada iste'molga bo'lgan talabni Afinaning ichki tovarlari yetarlicha qondirolmayotganligi tufayli chet eldan oziq-ovqat mahsuloti ichki bozorga kirib keladi. Yuqorida aytilganidek o'z o'rnida ulardan soliq olinib davlat xazinasiga topshirilgan va bu iqtisodiyotga foyda keltirgan. Yana Afinada tabaqalashtirish oqibatida boy fuqarolardan maxsus va shahar farovonligi uchun boshqa soliqlar ham doimiy tarzda olib turilgan . Bunga liturgiya tizimi deb nom berilgan. Boshqa kichik daromadlar bojxona to'lovlari va jarimalardan olingan. Xullas Delion ligasining ulkan xazinasi, Pirey dengiz porti, bojxona soliqlari, boy qatlam aholising ko'pligi, unumdor yerlarning katta qismi qishloq xo'jaligi uchun foydalanganligi, faylasuflarning iqtisod sohasida to'g'ri fikr yuritganligi Afina iqtisodiyotining juda tez va deyarli mukammal tarzda rivojganligi hamda ma'lum davrlarda yuqori darajaga chiqqanligining eng asosiy sabablari hisoblanadi. Albatta qadimgi Afinani yeri unumdor bo’lganligi uchun yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligining ulushi 16% ni tashkil etadi . Qishloq xo’jaligining eng asosiy tarmog’i esa dehqonchilik hisoblanib , bu soha qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 75% qismini tashkil etadi . Mamlakat maydonining 30% ga yaqini ekinzor bo’lganligi sababli yerlarni ijaraga berish keng tarqalgan. Gretsiyada zaytunning 31 turi o’sib, ular yiliga 2 marta gullab hosil beradi. Aholi jon boshiga 10 tupdan zaytun to’g’ri kelishi bu soha Gretsiyada yuqori darajada rivojlanganidan darak beradi. Gretsiya zaytun yog’i ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 3-o’rinda turadi. Ammo ekinzorlarning atigi 1.9% qismigina bog’dorchilikka tegishlidir. Ammo aksariyat daraxtlar yiliga 2 marta hosil beradi. bundan tashqari bug’doy, sholi va arpa yetishtirish ham rivojlangan. Chorvachilik sohasi esa anchagina zaif. Yaylovlar o’rnida ekin maydonlari borligi bunga o’z ta’sirini ko’rsatgan . Yuqorida aytib o’tilganidek Gretsiyada Pirey hamda Saloniki va Elefsis dengiz portlari mavjudligi iqtisodiyotga quyidagi ulkan ta’sirlarni ko’rsatadi : 1.Baliqchilar bu dengizlarda baliq tutish imkoniyatiga ega 2.Chet el sayyohlari dengiz kemalari orqali tashrif buyurishi mumkin 3.Gretsiya savdo flotining salmog’i jihatidan dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. 4.Gretsiyada 2579 ta kemaning 1000 ga yaqini boshqa davlat bayroqlari bilan suzadi. Umumiy hisobda 1 yilda 10 millionga yaqin sayyoh tashrif buyurishiga sabab Gretsiya qadimgi Afina o’rnida joylashgani hamda ko’plab dengiz kurortlariga ega bo’lganligidir. Gretsiyada zamonaviy sanoat ham anchagina rivojlangan . Yalpi ichki mahsulotning 18% qismini sanoatning ulushi tashkil etishi buning yaqqol misolidir. Gretsiyada yiliga o’rtacha 30,5 mlrd.kVt\soat elektr energiya hosil qilinadi va asosiy elektr stansiyalar yoqilg’ida ishlaydi. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash kabi yirik korxonalari mavjud. Asosan yengil va oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Gretsiya chetdan kelgan neftni qayta ishlash orqali ham sezilarli darajada foyda oladi. Gretsiyaning asosiy sanoat markazlari bu poytaxt Afina va Saloniki shaharlaridir. Yuqoridagi ma’lumotlar orqali shuni anglashimiz mumkinki, qadimgi Afinada rivojlangan dehqonchilik bugungi kunda Gretsiyada ham o’z so’zini aytmoqda. Xuddi o’tmishdagidek Pirey dengizi bugun ham Gretsiya iqtisodiyotining muhim bir bo’lagidir. Qadimgi Afina esa ayni davrda millionlab sayyohlarni chorlayotganligi ham ushbu davlatlarda qadim o’tmish va zamonaviy kelajak orasidagi ko’priklardan biridir. 21-asrga kelib zamonaviy sohalarni o’z ichiga olgan Gretsiya iqtisodiyoti esa vaqt va zamon o’z ta’sirini ko’rsatganini aytmoqda . Umuman olganda yuqorida keltirilgan ma’lumotlar orqali qadimgi Afina va hozirgi Gretsiya iqtisodiyoti orasida juda ko’p o’xshashliklar, ayrim bog’liqliklar va ulkan farqlar borligi ko’rishimiz mumkin.Yuqorida qayd etilganidek, antik dunyo mamlakatlarida quldorlik klassik shaklda rivoj topdi, m.a. II-I ming yilliklar davrida shakllandi. qadimgi Gretsiya (Yunoniston) da ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida quldorlik bevosita ishlab chiqaruvchilarni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakliga aylangan edi. Ishlab chiqarish asosan quldorlik munosabatlariga asoslanib olib borildi, qul asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblangan (Sharq bilan solishtiring). Dastlabki iqtisodiy g`oyalar Gomerning "Iliada" va "Odisseya" poemalarida aks ettirilgan bo`lib, iqtisodiyotning natural xo`jalik konsepsiyasi ilgari surilgan. Yunon shoiri Gesiod (m.a.VIII-VII asrlar) ning "Mehnat va qonunlar" asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug`laydi, bu sohada qisman qullar mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan. qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go`yoki ilgari hukm surgan "oltin asr", ijtimoiy jabr va og`ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo`lmagan davrni ham yoritgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib bo`lgach, qulchilik keng tus oladi, urug`chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan siqib chiqariladi, savdo, sudxo`rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.) islohotlari pul xo`jaligining afzalligini ko`rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. qurilish, hunarmandchilik, savdo o`sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo`lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi qo`yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo`jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi. Qulchilik o`z tabiatiga ko`ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g`oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo`jalikni yoqlash yo`lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga ega bo`la boradi. Bu yo`nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384- 322 yy.) larning iqtisodiy qarashlarida yaqqol namoyon bo`ldi. "Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va "nomos" - qonun, qoida) tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida mazmuniga ega bo`lib, Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo`lgan. Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy, obyektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo`jalikni ulug`laydi. U ayniqsa qishloq xo`jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbayi deb bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o`zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog`liq uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi. U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jismoniy mehnat bilan shug`ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar band bo`lishlari kerak. Xo`jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari yaratiladi. qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo`lib, mehnat taqsimotining ahamiyatini tushundi, ko`proq, ortiqcha foyda olish, "xo`jalikni boyitish" uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv qiymati orasida uzviy bog`lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg`arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa funksiyalari inkor etiladi). Platon (Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday bo`lishi kerakligini ochib bermoqchi bo`ldi. Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi o`rtasidagi aloqadorlik to`g`risidagi fikrini o`sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo, Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo`jalikni himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudxo`rlik operatsiyalarini inkor etdi va baholarni me'yorda saqlash yo`li bilan savdogarlarning foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi (demak, ular mulk egasi ham bo`lishi mumkin emas). qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to`la-to`kis qondirishlari kerak edi. Shunday qilib, Aflotun o`zining ideal, ya'ni bekamu ko`st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi. Aristotel qadimgi Gretsiyadagi quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni jahongir Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va o`qituvchisi ekanligini alohida ta'kidlab o`tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan olim, keyin Afinaga ko`chib o`tgan. Olimning iqtisodiy g`oyalari "Nikomaxov ahloqi" va "Siyosat" kitoblarida mavjud. U "qul tirik qurol, qandaydir tirik mulk", degan edi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo`linishi - bu tabiiy va qonuniy ahvol bo`lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. U "haqiqiy boylik" (tabiiy) ni tan olgan, uni is-te'mol qiymatlarining yig`indisi deb bilgan va bu bilan bog`liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli soha deb bilgan. Quldorlik xo`jaligini mustahkamlash uchun o`rtacha ta'minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat tomonidan odil almashinuvni ta'minlash zarur. Olim masalani axloqiy ravishda hal etishga urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning almashuv qiymati tovar bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib yetdi. K.Marksning formulalarini qo`llaydigan bo`lsak, T-T munosabati T-P-T ga aylanadi va 5 ta "loja" 1 uyga yoki ma'lum miqdordagi pulga tenglashtirilishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab yetdi. Ammo, u tovar ishlab chiqarishining rivojlanmaganligi va qiymatni to`la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli birbiri bilan solishtirilishi mumkin, degan xato xulosaga keldi. Natural xo`jalik tarafdori bo`lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni qondirishga mo`ljallangan holat), savdo va sudxo`rlik tabiatga zid bo`lib, bularni pul qilish san'atiga xos narsa deb bilgan va uni xrematistikaga tegishli, degan. Aristotel uchun ideal (bekamu ko`st) xo`jalik - bu uncha katta bo`lmagan dehqonchilik xo`jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo`lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo`jalik) bo`lishi shart edi. Ayrim yetishmagan narsalarni esa, qo`shnilardan "odil almashuv" asosida olish kerak. Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ayrim kategoriyalarini berdi va ma'lum darajada ular o`rtasidagi o`zaro bog`lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan A.Smitning "Xalqlar boyligi" asaridagi fikrlar hamohangligini ko`rish, qiymat qonunining hosil bo`lishi mexanizmini tushunish mumkin. Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Tarixan uni talqin etishda ikki yo`nalish bor. Birinchi yo`nalishda tovar qiymati obyektiv bo`lib, uning manbayi shu tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo`nalishda qiymat tushunchasi subyektiv narsa bo`lib, odamlar tomonidan tovarning foydaliligi boshqa biron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi. Aristotelning g`oyalarida ikkala yo`nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo`yadi, lekin unga to`la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko`radi. "Nikomaxov ahloqi" asarida u shunday fikr yuritadi: "Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo`lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir xil va teng bo`lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan o`lchanishi kerak. Etikdo`z mahsulotining dehqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo`z mahsulotiga bo`lgan to`g`ri munosabati, to`g`ri tenglamasi topilishi kerak". Lekin o`sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab, u o`z fikrini shunday davom ettiradi: "Biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak", degan oddiy xulosaga keladi. Tovarlarning tengligi pul tufayli amalga oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o`lchanishi kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani bog`lovchi asos. Ehtiyojni almashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa paydo bo`ldi. Aristotelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g`oyalari yotadi, ya'ni tovarlarning foydaliligi asosiy o`ringa chiqadi. Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qaramaqarshi qo`yishi xarakterlidir. U o`ylab topgan "xrematistika" matni "xrema" so`zidan olingan bo`lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo`lgan mahsulotlar (iste'mol qiymatlari)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tabiiy xo`jalik faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu almashuvni ham o`z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham tabiiy soha bo`lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida bo`lishi kerak. Xrematistika esa (amaliyotda kam qo`llaniladi) "mulk orttirish san'ati", ya'ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to`plashga yo`naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital qo`yish, sudxo`rlik va jamg`arish "san'ati"dir. Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va sudxo`rlik (pul) kapitali sezilarli rolni o`ynagan. Shularni hisobga olib, olim savdo bilan bog`liq bo`lgan mol-mulk orttirish san'atida maqsadga erishish borasida hech qachon chegara bo`lmaydi, chunki cheksiz boylik va pulga egalik asosiy maqsaddir, deydi. Pul oboroti bilan shug`ullanuvchilarning hammasi o`z kapitalini cheksiz o`stirishga intiladilar (notabiiy soha). Aristotel bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof "ekonomika" ham bo`lmasligini yetarli tushungan, ming afsuslar bo`lsinki, ekonomikadan doimo xrematistika o`sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiy holatga aylangan. Aristotelning bu g`oyasi tarix sinovidan o`tmadi. Olimlar qanchalik urinmasinlar (bu harakat o`rta asrda ham bo`lgan), xrematistikani qanchalik notabiiy deb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bilan u "tabiiy huquq"qa aylana boshladi. Hatto XVII-XVIII asrlarda iqtisodiy odam yetishib chiqdi, uning barcha xatti-harakatlari faqat boyish bilan bog`liq edi. "Ekonomiya" so`zi dastlab uy xo`jaligini yuritish san'ati sifatida yuzaga kelgan bo`lsa, keyingi davrda u ko`proq va asosan "ekonomika" ma'nosida qo`llaniladi va odatda harajatlarni qisqartirish, ma'lum resurslarni sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu matn ko`proq quyidagilarni anglatadi: 1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo`- jaligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, O`zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar); 2. Xalq xo`jaligining, to`la ishlab chiqarishning ayrim shartsharoitlari va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq xo`jaligi, chorvachilik, ta'lim va boshqalar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha;3. Ma'lum iqtisodiy tizimni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv, iste'mol jarayonidan tashkil topuvchi odamlar o`rtasidagi ma'lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi. Download 22.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling