Qadimgi Yunonistondagi Iqtisodiy


Download 95 Kb.
bet2/5
Sana06.11.2023
Hajmi95 Kb.
#1751310
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Yunonistondagi Iqtisodiy gʻoyalar

Qadimgi Yunoniston


Qadimgi yunon tarixining geografik joylashuvi doimiy bo‘lmagan. U tarixiy rivojlanishga ko‘ra o ‘zgarib va kengayib turgan. Qadimgi yunon sivilizatsiyasining asosiy hududi Egey havzasi, ya’ni, Egey dengizining Bolqon, Frakiya va Kichik Osiyo sohillari va ko‘p sonli orollar bo‘lgan. Mil. avv. VIII-VI asrlarga kelib, buyuk yunon kolonlashtirishidan so‘ng yunonlar Janubiy Italiya va Sitsiliya hududlari, shuningdek, Qora dengiz sohillarini o‘zlashtirganlar. Natijada Buyuk Yunoniston tushunchasi vujudga keldi. Mil. avv. IV asming oxirida Makedoniyalik Aleksandming g‘olibona yurishlari va Ahmoniylar davlati egallanganidan so‘ng Yaqin va 0 ‘rta Sharqda ellin davlatlari tashkil topdi va bu hududlar qadimgi yunon dunyosining bir qismiga aylandi. Ellinizm davrida yunon dunyosi g‘arbda Sitsiliyadan sharqda Hindistongacha, shimolda Shimoliy Qora dengiz sohillaridan janubda Nilning birinchi irmoqlarigacha bo" Igan ulkan hududlarni qamrab oldi. Biroq, butun qadimgi yunon tarixi davomida uning markaziy qismi Egey havzasi hisoblangan. Chunki, bu yerda yunon davlatchiligi va madaniyati paydo bo‘ldi va gullab yashnadi.
Qadimgi Sharq mamlakatlaridan farqli o‘Iaroq, qadimgi Yunonistonda etnik rang-baranglikni kuzatish mumkin.
Yunonistonning markaziy hududlari, ya’ni Egey havzasi va Bolqon yarim orolining janubiy qismlarida asosan yunon tilli xalqlar yashagan bo‘lib, ulami axeylar, doriylar, ioniy va zoliylar tashkil etgan. Bu qabila guruhlari o‘z dialektlarida gaplashganlar hamda diniy qarashlar va urf-odatlarida ham o‘ziga xoslikni kuzatish mumkin, biroq bu farqlar unchalik sezilarli bo'lmagan. Barcha yunonlar bir tilda gaplashgan, bir-birini yaxshi tushungan va o‘zlarini bitta xalqqa va bitta sivilizatsiyaga tegishli ekanligini his qilgan. Mazkur xalqlar orasida birmuncha qadimiyroq qabila guruhi axeylar bo‘lib, ular mil. 128 aw . Ill mingyillikning oxirida Bolqon Yunonistonining janubiy qismiga kelib o ‘mashganlar. Mil. avv. II mingyillikda zamonaviy Epir va Makedoniya hududlaridan harakatlangan doriy qabilalalari bosimi ostida axeylar qisman assimilyatsiyalashadi va bir qismi tog‘li hududlarga siqib chiqariladi. Doriylaming katta qismi Peleponnes (Lakonika Messeniya, Argolida, Elida), Egey dengizining janubidagi orollaming katta qismi, xususan, Krit va Rodos, Kariya va Kichik Osiyo hududlarining ba’zi qismlarida o‘mashganlar.
Qadimgi Yunoniston yodgorliklari asosan yer ostida joylashgan. Bir nechta tosh binolami hisobga olmaganda asosan ibodatxonalar yer ostidan qazib o‘rganilgan. Yunoniston tuprog‘i buyumlami saqlanishi uchun qulay bo‘lmaganligi sababli ko‘p topilmalarga zarar yetganligini kuzatish mumkin. Shu boisdan yog‘och, mato va teridan yasalgan eksponatlar juda kam uchraydi. Saqlanib qolgan metall buyumlar orasida: oltin va kumush buyumlar yaxshi darajada; bronza qisman, o‘z o‘mida, temir buyumlar esa korroziyaga uchragan holda topilgan. Yana bir turkumdagi yaxshi saqlangan moddiy buyumlar sirasiga yuqori olovda pishiriladigan sopol terrakotalar kiradi. Sopol qadimda ko‘plab maqsadlarda, xususan, haykallar va yodgorliklarda, lekin ko‘p hollarda xo‘jalikda ishlatilgan bo‘lib, asosan qabrlar va boshqa joylardan topilgan. Ushbu idishlar asosida arxeologlar Yunonistonnning siyosiy tarixigacha va uning ilk tarixi xronologiyasini tuzib chiqib, ulami tarixiy sanalarga aylantirish imkoniyatini yaratgan. Bu davrga oid moddiy yodgorliklar Knoss, Fest, Miken va Pilos hamda Peloponnesdagi saroy qazishmalari natijasida topilgan. Eng ko‘p m a’lumotlar Lema (Shimoliy Peloponnes) va Rafina (Attika) manzilgohlaridan qazib o‘rganilgan. Ushbu manzilgohlar miloddan avvalgi uchinchi ming yillik oxirlariga mansub bo‘lib, undan bronzadan yasalgan mehnat qurollari va xo‘jalik buYumlari topilgan. Shuningdek, Axey qabilalari yashagan qishloqlar qoldig‘i Koraka (Korinf) hamda Ziguries (Miken yaqinida) manzilgohlarini o‘rganishda ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, Attika va Spartadan qadimgi qabristonlami o‘rganilishi oqibatida miloddan avvalgi II ming yillik o ‘rtaIariga oid ashyoviy manbalar topildi. Yozma manbalar. Qadimgi yozuvlar sopol, tosh, metall, va papirus (mil av. II asrdan pergament) kabi turli materiallarga yozilgan. Bizgacha yetib kelgan asosiy yozma manbalar mil. avv. VIII asrda yaratilgan yunon alifbosi asosida yozilgan; lekin, shuningdek, qisqa davr mil. avv. II mingyillik davomida A va В chiziqli Krit yozuvlari ham bo‘lgan. Ushbu yozuv namunalari 1901-yilda A. Evans tomonidan topilgan bo‘lishiga qaramay, faqatgina 1953- yili ingliz olimi M. Ventris ba’zi qismlarini shifrovka qilishga muvaffaq bo'ldi. Afsuski, bulaming ko‘pchiligi yo‘qolib ketgan. Qadimgi Yunonistonning klassik hamda ellin davri tarixini yoritishda mazkur mintaqada yashab ijod qilgan tarixchilar asarlarini o‘mi beqiyos. Birinchi navbatda mil. avv. V asrda yashagan Galikamaslik Gerodot ( 485-425-yy)ni qayd etish maqsadga muvofiqdir. Uning mashhur asari “Tarix” deb nomlanib, 9 kitobdan iborat. Muallif asaming dastlabki 4 ta qismida Kichik Osiyo, Bobil, Midiya, Misr hamda Skif qabilalari tarixini bayon etadi. Qolgan 5 ta kitobda asosan yunon-fors urushi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar (mil. aw . 479 yilgacha) o ‘rin olgan. Shu davming yana bir yirik vakili afmalik tarixchi Fukidid (460-400- yy) boiib, uning asari Peloponnes urushlariga (431-404- yy) bag‘ishlangan. Shuningdek, tarixchi va publitsist Ksenofont (430-355- yy) ham o ‘z davrining mashhur kishilaridan bo‘lgan. U Fukidid ishlarini davom ettirib, “Yunon tarixi” asarini yaratgan. Qadimgi Yunoniston tarixida mil. avv. IX-VIII asrlarda chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. May da, bir-biridan ayro boMgan urug‘ va qishloq jamoalari yangi ijtimoiy-siyosiy institutlarga aylana boshlaydi. Bunda turli xil ijtimoiy guruhlar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib kelgan o‘tkir qaramaqarshiliklar paydo bo‘ladi, davlatchilik organlari tizimi shakllanadi, yuksak madaniyat yaratiladi. Bu yangi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar polis nomini olib, qadimgi yunon jamiyati, davlatchiligi va madaniyatining asosiy yacheykasiga aylandi. Polislar faqat urug‘ jamoalari negizidagina shakllanib qolmasdan Egey havzasi, Qora va 0 ‘rtayer dengizi sohillarida yangi manzilgohlar - koloniyalarga asos solinishi bilan ham ahamiyatlidir. Bu jarayon faqatgina mil. aw. VI asr oxiriga kelib yakuniga yetadi.
Attika jamiyati. Attikada davlatchilik institutlari Peleponnesning turli viloyatlariga nisbatan erta shakllana boshlagan bo‘lsa ham Afina faqatgina katta va qudratli davlat birlashmasi bo iib qolmasdan, polis Yunonistonining ramzi, klassik davrdagi Elladaning markaziga aylandi. Attikada polis tizimi urug‘ muassasalarining doimiy ichki transformatsiyasi orqali sodir boidi. Arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, Attikada neolit davridayoq aholi istiqomat qilgan. Uning hududida mil. aw. II ming yillik oxirida qadimgi podsholik shakllangan. Peleponnesda qabilalarning jiddiy ko‘chishlariga sabab boigan doriylar bosqini 158 Attikaga unchalik ta’sir o4kazmagan. Doriylar Attikaga suqilib kira olmaganlar, bu yerda asosan qadimgi aholi (ioniylar va pelasglar) yashagan. Shu bilan birga Attikada Peloponnesdan siqib chiqarilgan ba’zi axey qabilalari ham boshpana topgan. Bu elementlardan mil. aw. I ming yillik boshlarida yunon tilining ioniy lahjasida gaplashadigan Afina qabila guruhlari paydo bo‘ladi. Gomer davrida Attika hududida basileylar va oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilgan mustaqil urug‘jamoalar bo‘lgan. Aholi qonqarindoshchilik belgilari bo‘yicha 4 fila (qabila), u esa o‘z navbatida 3 ta fratriyadan tashkil topgan. Har bir fratriyada bir necha o‘nlab urug‘lar mavjud bo‘lgan. Attikada boshqa yunon viloyatlarida bo‘lganidek, mil. aw .IXVIII asrlarda urug‘ jam oa munosabatlari yemirilib, ilk davlatchilik belgilari paydo bo‘ladi. Attikada polis tizimini paydo bo‘lishi boshqa urug‘ manzilgohlar ichida Afinani yuksalishiga imkon beradi. Afinada sifatli gil tuproq bo‘lgan va u kulolchilikni rivojlanishi uchun katta turtki bergan. Mazkur tuproqlar Afmadagi Dipilon rayonidan topilgani uchun Dipilon ko‘zlari deb nomlanib, butun Yimonistonda mashhur bolgan. Afina dengizidan 5 km uzoqlikda joylashib, qaroqchilaming hujumidan pana bo‘lgan qoyali Akropolda joylashganligi Attikani boshqa manzilgohlariga nisbatan aholining xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan. Afina atrofida Attikadagi barcha urug‘ jamoalar, ulaming bir qismi ko‘ngilli, bir qismi majburiy ravishda qo‘shilish jarayoniga (sinoykizm) jalb qilinadi. Bunday birlashuvni rivoyatlarga ko‘ra Afina qahramoni Tesey oxiriga etkazadi. Tesey butun urug‘ manzilgohlaridagi boshqaniv organlarini yo‘q qiladi. Butun Attikada barcha ishlar bilan Afinada joylashgan basileylardan iborat oqsoqollar kengashi shug‘ullana boshlaydi. Mahalliy xudo Afina - shahar homiysi sifatida Attika xudosiga aylanadi. Uning sharafiga Panafiney diniy bayrami ta’sis qilinib, mahalliy aholi uni tantanali nishonlaydigan bo‘ldi. Afmaga boshqa manzilgohlardan ko‘plab urug‘ zodagonlarining ko‘chib kelishi shahar aholisining ko‘payishiga olib keladi. Mulkiy va xo'jalik jihatdan tabaqalanish Afina jamiyatini uchta ijtimoiy guruhga ajralishiga olib keladi: yevpatridlar nomini olgan urug‘ zodagonlari, aholining asosiy qismi bo‘lgan dehqon- geomorlar 159 va hunarmand - demiurglar. Siyosiy sohada basileylar qabila sardorlari o‘z o‘mini arxontlarga bo'shatib beradi. Oqsoqollar yig‘ini bo‘lsa o‘z muddatini bajarib boMgan arxontlardan iborat Areopag yig‘ini yoki Areopagga aylanadi. Garchi arxontlar va Areopag urug‘ zodagonlari orasidan shakllantirilgan bo‘lsa ham yangi lavozimlar va yangi yig‘in urug‘ tizimining an’anaviy organlariga zarba beradi.

  1. Download 95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling